Abdukadirov Abdulla Mamasaatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Strategik taraqqiyot maqsadlariga muvofiq makroiqtisodiy boshqaruv metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt780.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bozorboy Berkinvich - iqtisodiyot fanlari doktori,, Mustafoqulov Sherzod Igamberdievich - iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Azimov Rustam Sodiqovich - iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Strategik taraqqiyot maqsadlarini belgilash va ularga erishish uchun tanlangan makroiqtisodiy, institutsional, hamda ma’muriy uslubiyatlarning mohiyatini o‘rgangan holda, O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotini sifat jihatdan keyingi darajaga ko‘taruvchi taraqqiyot strategiyasining makroiqtisodiy asoslarini, amalga oshirishning metodologik omillarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neoliberalizm hamda yangi keynschilik iqtisodiy boshqaruv modellarining O‘zbekistonning tarixiy iqtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hosiyatlariga belgilovchi ta’siri makroiqtisodiy boshqaruv metodlari tizimi tanlovi bilan bog‘liq holda ochib berilgan;
makroiqtisodiy siyosatda neoliberalizm g‘oyalarining kuchli markazlashtirilgan boshqaruv tizimi, hamda xususiy mulkka asoslangan ishlab chiqarish kuchlarining yalpi ichki mahsulotni yaratishdagi hal qiluvchi roli bo‘lmagan sharoitda davlat paternalismiga evolyusiyasi va uning makroiqtisodiy oqibatlari ilmiy asoslab berilgan;
makroiqtisodiy cheklovlar doirasida (inflyasiya darajasini targ‘ib qilish, asosiy stavkani, almashuv kursini ma’lum darajada saqlash, tijorat banklari faoliyatini kuchli nazorat qilish kabi) iqtisodiy boshqaruv amaliyoti yuritish modelidan iqtisodiy stimullar yaratish boshqaruv modeliga o‘tishning makroiqtisodiy, institutsional, hamda ma’muriy asoslari ishlab chiqilgan va ilmiy-amaliy asoslab berilgan;
makroiqtisodiy cheklovlar doirasida (inflyasiya darajasini targ‘ib qilish, asosiy stavkani, almashuv kursini ma’lum darajada saqlash, tijorat banklari faoliyatini kuchli nazorat qilish kabi) iqtisodiy boshqaruv amaliyoti yuritish modelidan iqtisodiy stimullar yaratish boshqaruv modeliga o‘tishning makroiqtisodiy, institutsional, hamda ma’muriy asoslari ishlab chiqilgan va ilmiy-amaliy asoslab berilgan;
amaliyotda mavjud strategik boshqaruv xujjatlari mantiqiy va mohiyatan tahlil qilingan, tasniflangan va ularning asosiy kamchiliklari yoritib berilgan va shu asnoda strategik boshqaruv metodologiyasi va institutsional asoslarini takomillashtirish sohasida takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inflyasiyani cheklash, makroiqtisodiy mo‘tadillikni ta’minlash ko‘rsatkichlari ularning jamiyat hayotiga iqtisodiy-siyosiy ta’sirini baholovchi (kambag‘allik darajasini kamaytirish, jamiyatda segregatsiyani oldini olish, tadbirkorlarning faollik darajasini oshirish, iqtisodiy jadallikni stimullash kabi) tavsiyalar ishlab chiqilgan. Natijada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar doirasida qo‘llanishga imkonini beradi;
mamlakat yalpi ichki mahsulot salohiyatini (potensialini) aniqlashda ko‘p omilli modellarning ko‘rsatkichlarining vazni borasidagi ishlab chiqilgan takliflar, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tarkibiy qismi sifatida o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini ishlab chiqishda foydalaniladi;
mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘zga xosligidan kelib chiqib, makroiqtisodiy siyosatni olib borish bilan bir qatorda tarkibiy va sohaviy islohotlar, xususan tadbirkorlik muhitini yaxshilashda mulk munosabatlarini rivojlantirish, xususiylashtirish, tarmoq va sohalarni erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarni kompleks amalga oshirish yo‘nalishidagi takliflar ishlab chiqilgan. Bu esa, har yili ishlab chiqiladigan davlat dasturlar doirasida takliflarni shakllantirishda foydalanish mumkin;
davlat tasarrufidagi korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonida ularda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartini joriy etish, korxona boshqaruvini dunyodagi eng maqbul amaliyotlar asosida korporativ boshqaruv (ESG) standartlari qo‘llashni kengaytirish, korxonada xatarlarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda biznes jarayonlarining har bir bo‘g‘inini raqamlashtirish takliflari o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
inflyasiyani cheklash, makroiqtisodiy mo‘tadillikni  ta’minlash ko‘rsatkichlari ularning jamiyat hayotiga iqtisodiy-siyosiy ta’sirini baholovchi kambag‘allik darajasini kamaytirish, jamiyatda segregatsiyani oldini olish, tadbirkorlarning faollik darajasini oshirish, iqtisodiy jadallikni stimullash kabi) muallim tomonidan tavsiya etilgan me’yorlar harakatning “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining bugungi holati va imkoniyatlarini tahlilliy o‘rganish” loyihasi doirasida keng qo‘llanilmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish