Yozieva Umida Lutfullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Pedagogik profilaktika asosida axborot madaniyatini shakllantirish nazariyasi va metodikasi. 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.3.DSc/Ped628.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Bahrom, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik profilaktika asosida o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirishning psixologik-pedagogik aspektlari  pedagogik profilaktikaning motivatsion, muhitga moslashish, refleksivlik, ong-idrok-hissiyotning ratsionallik bilan uyg‘unligini ta’minlash, yaqin kattalar (ota-ona, aka-uka, opa-singil, o‘qituvchi) va sotsium (muhit, o‘rtoqlar, qiziqish, ehtiyoj) bilan muloqot omillari orqali aniqlashtirilgan;
pedagogik profilaktikani amalga oshirish orqali o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish konsepsiyasi mazmuni virtual addiksiyadan profilaktika qilish shakllarini mediata’lim (axborot vositalari va Internet tarmog‘i bilan ishlash) va virtual nazorat (o‘quvchining axborot vositalari bilan ishlash jarayonini nazorat qilish, bola xulq-atvorini tuzatish) mexanizmlari bilan integratsiyalashning muntazamlilik, izchillik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali ochib berilgan;
o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish jarayoni modelining profilaktik komponenti zararli axborotlarga qarshi mafkuraviy immunitetni tarkib toptirish orqali, natijaviylik komponenti milliy ongni shakllantirishda interfaol texnologiyalar («Bir tahdidga besh zarba», «Axborotni so‘zsiz uzatish»)ni adaptivlik, variativlik, mobillik tamoyillariga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish metodikasi o‘quv materiallari bilan ishlash (chaqiruv, anglash, fikrlash) va amaliy faoliyat (tushunish, anglash, tahlil, baholash) tajribalarini amaliy vektorga ustuvorlik berish orqali gorizontal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik profilaktika asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot madaniyatini shakllantirish metodikasining samaradorligi axborot texnologiyalaridan foydalana bilish, axborotlarni to‘g‘ri talqin qilish va obektiv munosabat bildirish, kommunikativlik kabi mezonlariga muvofiq diagnostik metodikalar asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik profilaktika asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot madaniyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirishning psixologik-pedagogik aspektlari  pedagogik profilaktikaning motivatsion, muhitga moslashish, refleksivlik, ong-idrok-hissiyotning ratsionallik bilan uyg‘unligini ta’minlash, yaqin kattalar (ota-ona, aka-uka, opa-singil, o‘qituvchi) va sotsium (muhit, o‘rtoqlar, qiziqish, ehtiyoj) bilan muloqot omillari orqali aniqlashtirilgan ma’lumotlardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 391201-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili o‘qitish jarayoni o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirishga doir nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
pedagogik profilaktikani amalga oshirish orqali o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish konsepsiyasi mazmuni virtual addiksiyadan profilaktika qilish shakllarini mediata’lim (axborot vositalari va Internet tarmog‘i bilan ishlash) va virtual nazorat (o‘quvchining axborot vositalari bilan ishlash jarayonini nazorat qilish, bola xulq-atvorini tuzatish) mexanizmlari bilan integratsiyalashning muntazamlilik, izchillik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali ochib berilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan AIF-2/17 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023 yil 5-dekabrdagi 03/4656-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligi jarayoni axborot ta’minoti takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish jarayoni modelining profilaktik komponenti zararli axborotlarga qarshi mafkuraviy immunitetni tarkib toptirish orqali, natijaviylik komponenti milliy ongni shakllantirishda interfaol texnologiyalar («Bir tahdidga besh zarba», «Axborotni so‘zsiz uzatish»)ni adaptivlik, variativlik, mobillik tamoyillariga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga hamda o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish metodikasi o‘quv materiallari bilan ishlash (chaqiruv, anglash, fikrlash) va amaliy faoliyat (tushunish, anglash, tahlil, baholash) tajribalarini amaliy vektorga ustuvorlik berish orqali gorizontal integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 538-124-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligi oshirilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish