Urimbetov Axmet Abdirazakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari va seleksion usullari”, 06.02.01-Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Qx207
Ilmiy rahbar: Gaziev Adxam, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Soli Raxmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Soatov Oʻtkir Rajabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Seleksion usullarni takomillashtirish orqali qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari biologik va mahsuldorlik salohiyatidan maksimal foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qoraqalpoq sur qo‘ylari irsiy salohiyatidan foydalanish usullarini qo‘llash asosida ularda mahsuldorlikning namoyon bo‘lish darajalari va chegaralari aniqlangan;
qoraqalpoq suri rangbarangliklari avlodlarga berilishining o‘rtacha populyasion darajalarini tadqiq etish asosida ularni 11-16 foizga oshirish mumkinligi genetik va seleksion usullar asosida ilmiy isbotlangan;
qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari nasl imkoniyatlaridan samarali foydalanishning seleksion usullari takomillashtirilib, bunda elita va 1-sinfli avlodlar salmog‘ini 88,0 foizga yetkazish mumkinligi aniqlangan;
    qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari gul, rang va rangbaranglik xususiyatlarini yaxshilashning seleksion va ilmiy jihatlari takomillashtirilgan. Bunda qimmatli rangbarangliklar salmog‘ining 8-38 foizga ortishi mumkinligi asoslangan;
    shimoliy Qoraqalpog‘iston sharoitida qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligining irsiy va paratipik omillar ta’sirida shakllanishi ayrim biologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha  asoslangan. Ushbu holatda davrlar miqyosida tirik vaznning etologik tiplar bo‘yicha 3,73  3,58 va 3,07 kilogrammga farqlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari va seleksion usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Yangi «qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini etologik tiplar bo‘yicha juftlash usuli» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani «Qorako‘lchilik ilmiy naslchilik tajriba stansiyasi»  unitar korxonasida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 15 avgustdagi 33/02-05-730-son, Qoraqalpog‘iston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 02/06-3247-son ma’lumotnomalari). Natijada qorako‘l terilarining sifati 8,0% ga yaxshilanib, 1 dona qorako‘l terisini sotishdan olingan daromad 9,5 ming so‘mga ko‘payib,  rentabellik darajasi 48,4 foizni tashkil etgan;
sur qo‘chqorlardan seleksiyada foydalanishning «birinchi etologik tipli qoraqalpoq sur qo‘chqorlaridan seleksion juftlashda foydalanish usuli» Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Yusup Axmet” chorvachilik fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 15 avgustdagi 33/02-05-730-son, Qoraqalpog‘iston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 02/06-3247-son ma’lumotnomalari). Natijada qorako‘l terilarining sifati 9,2% ga yaxshilanib, 1 dona qorako‘l terisini sotishdan olingan daromad 11,0 ming so‘mga ko‘payib,  rentabellik darajasi 51,2 foizni tashkil etgan;
     irsiyatni baxolash borasidagi «shamchiroq rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘chqorlarining irsiyatini turli juftlash variantlari bo‘yicha baholash usuli» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Jeti nura” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 15 avgustdagi 33/02-05-730-son, Qoraqalpog‘iston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 02/06-3247-son ma’lumotnomalari). Natijada qorako‘l terilarining sifati 7,8% ga yaxshilanib, 1 dona qorako‘l terisini sotishdan olingan daromad  9,1 ming so‘mga ko‘payib,  rentabellik darajasi 47,8 foizni tashkil etgan;
«Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini etologik tiplar bo‘yicha juftlash usuli» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Qorako‘l Nukus” fermer  xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 15 avgustdagi 33/02-05-730-son, Qoraqalpog‘iston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 02/06-3247-son ma’lumotnomalari). Natijada qorako‘l terilarining sifati 12,0% ga yaxshilanib, 1 dona qorako‘l terisini sotishdan olingan daromad 10,8 ming so‘mga ko‘payib,  rentabellik darajasi 49,8 foizni tashkil etgan;
«Shamchiroq rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘chqorlarining irsiyatini turli juftlash variantlari bo‘yicha baholash usuli» Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Qorako‘l chorva nasl” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 15 avgustdagi 33/02-05-730-son, Qoraqalpog‘iston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 02/06-3247-son ma’lumotnomalari). Natijada qorako‘l terilarining sifati 8,3% ga yaxshilanib, 1 dona qorako‘l terisini sotishdan olingan daromad  9,7 ming so‘mga ko‘payib,  rentabellik darajasi 48,3 foizni tashkil etgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish