Kasimov Botir Sadriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida Afrika tarig‘i hosildorligiga va uning sifatiga mineral va organik o‘g‘itlarning ta’siri”, 06.01.04 – Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1249
Ilmiy rahbar: Namozov Normamat Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Akmal lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Ismayilov Jumanazar Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida Afrika tarig‘i navlaridan yuqori va sifatli hosil olishda mineral va organik o‘g‘itlar maqbul me’yorlarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qo‘llanilgan mineral va organik o‘g‘itlar me’yorining tuproqdagi nitrat azoti, harakatchan fosfor va kaliy dinamikasiga ta’siri aniqlangan;
Afrika tarig‘ini “NNVVS tall” va “EEVS” navlarining poyasi va donning kimyoviy tarkibiga, o‘simlik quruq massasiga mineral va organik o‘g‘itlarning ta’siri aniqlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida mineral va organik o‘g‘itlardan N-90, P-65, K-45 kg/ga +20 t/ga me’yorida qo‘llash Afrika tarig‘ini navlarining o‘sishi, rivojlanishi, “NNVVS tall” va “EEVS” navlari NPK ni o‘zgarishi va don hosili uchun sarflanishiga ta’siri aniqlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida mineral va organik o‘g‘itlardan N-90, P-65, K-45 kg/ga +20 t/ga me’yorida qo‘llash afrika tarig‘ini navlarining o‘sishi, rivojlanishi, don va ko‘k massa hosildorligi va donning kimyoviy tarkibiga o‘g‘itlarining ta’siri asoslangan;
Afrika tarig‘ining “NNVVS tall” va “EEVS” navlari etishtirishda mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlangan;
Afrika tarig‘i navlarining don va ko‘k massa don hosilini oshirish va don sifati yaxshilashda mineral va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy -amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarining unumdorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
afrika tarig‘i navlarining don va ko‘k massa hosili va don sifatini ko‘tarish bo‘yicha «Afrika tarig‘i hosildorligiga va uning sifatiga mineral va organik o‘g‘itlarning ta’siri bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilib, fermerlar xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-155-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyanoma fermerlar xo‘jaliklarida Afrika tarig‘i etishtirishda xizmat qilmoqda;
afrika tarig‘i navlarining maqbul me’yorlarida oziqlantirish natijasida yuqori don hosildorlikka erishish va don sifatini yaxshilanishi agrotexnolgiyasi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida 12 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-155-son ma’lumotnomasi). Natijada Afrika tarig‘i navlari unib chiqishi, tuplanishi, hosilning shakllanishi, 1000 dona massasi, protein, yog‘, kletchatka miqdorlari yaxshilangan va “NNVVS tall” va navidan qo‘shimcha 7,84 s/ga, “EEVS” navidan esa 5,77 s/ga don hosili olishga erishilgan;
afrika tarig‘i navlaridan yuqori ko‘k massa miqdoriga mineral va organik o‘g‘itlarning maqbul N90P65K45+20 t/ga go‘ng fonida oziqlantirish fermerlar xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-155-son ma’lumotnomasi). Natijada “NNVVS tall” navidan 93,9 s/ga, “EEVS” navidan esa 87,9 s/ga qo‘shimcha ko‘k massa hosil olishga erishilgan.