Toshmatov Xikmat O‘rozali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘q otuvchilarning mashg‘ulot vosita va yuklamalar hajmini optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.1.PhD/Ped5237.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Arzikulov Mukum Uralovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘q otuvchilarning mashg‘ulot vosita va yuklama hajmini optimalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘q otuvchilarning jismoniy tayyorgarligini tizimli rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilib, bu o‘zgaruvchan va qayta takrorlash usullarini qo‘llash, mashqlarni izchil bajarish, dam olish intervallarini optimallashtirish hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan yuklamalarni normalash va tartibga solish orqali ta’minlangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘q otuvchilarning jismoniy vosita va yuklamalar shiddati hamda hajmi, ishlab chiqilgan to‘rtda blokga (1-blok - umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, 2-blok sport va harakatli o‘yinlar, engil atletika mashqlari, 3-blok - siklik mashqlar, 4-blok - kuch mashqlari) optimal tarzda taqsimlash hisobiga yosh sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida otuvchilarning statik bardoshliligini rivojlantirish maqsadida quyi va yuqori tana qismlari mushaklarini uzoq muddatli zo‘riqishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasi ishlab chiqilgani hisobiga mushaklarni yuklamalarga moslashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘q otuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun koordinatsiya va muvozanat kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan vositalarni maxsus mashqlar majmuasiga kiritish hisobiga o‘q otuvchilarning aniqlik qobiliyati rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘q otuvchilarning mashg‘ulot vosita va yuklamalar hajmini tadqiqotlar hamda pedagogik tajriba yordamida o‘rganish asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘q otuvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun bo‘gimlar harakatchanligini oshirishga qaratilgan mashqlarni bajarish ketma-ketligi, dam olish oralig‘i, yuklamani me’yorlash hamda tartibga solish orqali o‘zgaruvchan va takroriy usuldan foydalanish taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti o‘q otish mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 03-16-12493-son ma’lumotnomasi). Natijada 1500 metr masofaga yugurishda o‘q otuvchilari tadqiqot oldi 8.05 daqiqa yugurgan bo‘lsa tadqiqotdan keyin 7.40 daqiqaga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘q otuvchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun to‘rt (1-blok - umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, 2-blok sport va harakatli o‘yinlar, engil atletika mashqlari, 3-blok - siklik mashqlar, 4-blok - kuch mashqlari) blokllarini mashg‘ulotlarga singdirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining o‘q otish mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 03-16-12493-son ma’lumotnomasi). Natijada shay holatda pistoletni ushlab turish testini tadqiqot boshida 90.4 soniya bo‘lsa tadqiqotdan keyin 120.4 soniyaga yaxshilangan;
o‘q otuvchilarning statik chidamkorligini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish ketma-ketligi, dam olish oralig‘i, yuklamani me’yorlash hamda tartibga solish orqali o‘zgaruvchan va takroriy usuldan foydalanish hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar  “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati texnik va amaliy sport turlari markazining o‘q otish mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 03-16-12493-son ma’lumotnomasi). Natijada 5 metr masofadan nishonga aniq otish testini sinaluvchilari tadqiqot oldi o‘rtacha 4,5 ball tadqiqotdan keyin o‘rtacha 7.2 ball aniq nishonga otishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish