To‘raxonova Barno Tursunboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.2.PhD/Ped7550.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalimova Mashrabxon Voxidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashning algoritmik bosqichlari intellektual, irodaviy va emotsional rivojlanish sohalariga muvofiq ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarning namoyon bo‘lish darajalari validligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashning didaktik mexanizmi refleksiv omillarning ta’sir darajasi bilan differensial-psixologik kompetentlikning internal va eksternal motivlar bilan organik aloqadorligi produktogenligini empirik asoslash orqali takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash modelining amaliy komponenti mazmunli, tashkiliy, psixologik-pedagogik shart-sharoitlarning o‘zaro shartlanganligi va aloqadorligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash jarayoningi baholash mezonlari tarbiyaviy faoliyat natijalarini kvalimetrik tahlili, individual-shaxsiy rivojlanish traektoriyasini kasbiy-ijtimoiy moslashuvning formal dinamik tuzilmasi bilan optimal adekvatligi korrelyasiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashning algoritmik bosqichlarini intellektual, irodaviy va emotsional rivojlanish sohalariga muvofiq ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarning namoyon bo‘lish darajalari validligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishga tayyorlashning pedagogik mexanizmi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-35 raqamli guvohnoma). Natijada, “Tarbiya” fani mazmunini yangi yondashuvlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashning didaktik mexanizmini refleksiv omillarning ta’sir darajasi bilan differensial-psixologik kompetentlikning internal va eksternal motivlar bilan organik aloqadorligi produktogenligini empirik asoslash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialida bajarilgan №Al-XT-0-929917 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadryatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy axloqiy tarbiyalashning muammolari” amaliy loyihaning bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2023-yil 27-dekabrdagi 649-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashning aksiopedagogik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash modelining amaliy komponentini mazmunli, tashkiliy, psixologik-pedagogik shart-sharoitlarning o‘zaro shartlanganligi va aloqadorligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirish, bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash jarayoningi baholash mezonlarini tarbiyaviy faoliyat natijalarini kvalimetrik tahlili, individual-shaxsiy rivojlanish traektoriyasini kasbiy-ijtimoiy moslashuvning formal dinamik tuzilmasi bilan optimal adekvatligi korrelyasiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishga tayyorlashning pedagogik mexanizmi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-35 raqamli guvohnoma). Natijada, “Milliy tarbiya asoslari” fanini o‘qitishda tarbiya diagnostikasi va kvalimetriyasiga doir innovatsion yondashuvlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.