Mamatqulov Oybek Xolikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Displastik koksartrozni kompleks davolashning samaradorligi”, 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1957.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Pavlov Vitaliy Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shorustamov Muxammadjon Tadjialievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi son suyagi boshchasining bir tomonlama tug‘ma chiqishi va to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda jarroxlik davolash usullarini takomillashtirish yo‘li bilan chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir tomonlama sonning tug‘ma chiqishi va bir tomonlama to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda ixtiro qilingan qurilmada dozali traksiya berish son boshchasini quymich kosasining anatomik to‘g‘risigacha pastga tushirishga imkon berishi isbotlangan;
ixtiro qilingan qurilma bilan bir tomonlama sonning tug‘ma chiqishi va bir tomonlama to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda sonni pastga tushirish samaradorligi hamda o‘tirg‘ich nervi va qon-tomirlar traksion shikastlanishining oldi olinishi isbotlangan;
bir tomonlama sonning tug‘ma chiqishi va bir tomonlama to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda ixtiro qilingan ikki bosqichli kompleks davolash usuli bilan yumshoq to‘qimali regeneratni xosil qilish orqali son boshchasini quymich kosasining anatomik to‘g‘risigacha pastga tushirish birinchi bosqichda va chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash esa ikkinchi bosqichda bajarilishi samarasi isbotlangan;
bir tomonlama sonning tug‘ma chiqishi va bir tomonlama to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda ishlab chiqilgan jarrohlik davolash usuli qo‘llanilganda chanoq-son bo‘g‘imining funksiyasini tiklanishi, endoprotez komponentlari mustahkamligining ta’minlashi, jarrohlik amaliyoti vaqti xam qisqartirishi, Xarris shkalasining baholash natijalari asosiga ko‘ra bemorlarning davolanish sifatini yaxshilanishi, chanoq-son bo‘g‘imini birlamchi total endoprotezni oldini olishi va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya erta boshlanishi imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2024 yil 25-sentyabrdagi №06/06-sonli xulosasiga muvofiq ilmiy ishlanmalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy qilish masalalari bo‘yicha:
birinchi ilmiy yangilik: bir tomonlama sonning tug‘ma chiqishi va bir tomonlama to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda ixtiro qilingan qurilmada dozali traksiya berish son boshchasini quymich kosasining anatomik to‘g‘risigacha pastga tushirishga imkon berishi isbotlangan. Dissertatsiya tadqiqoti natijalari sog‘liqni saqlash sohasining amaliy faoliyatiga, xususan, usul Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2023 yil 10 may, 146-son) va Samarqand viloyati Nogironlarni reabilitatsiya markazida (2023 yil 1 iyul, 29-A son) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan oldingi bosqichda individual xarakterga ega bo‘lgan displastik chanoq-son bo‘g‘imi ining anatomik va funksional shikastlanishlarining xususiyatlarini va osteoporozni aniqlash chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlashni o‘tkazishni adekvat rejalashtirish imkonini beradi, endoprotezni o‘rnatish vaqtida sinishni jarrohlikdan keyingi asoratlar va revizion aralashuvni oldini oladi va 35% dan 3.5 % gacha kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: son suyagining yuqori tug‘ma chiqishida chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va displastik koksartrozning yuqori chastotasi operatsiyadan oldingi davrni puxta rejalashtirishni talab qiladi, chunki kompleks shikastlanishlar va chanoq-son bo‘g‘imining funksiyasini yo‘qolishi kuzatilgan holatlarda endoprotezlashni amalga oshirish texnik jihatdan murakkab hisoblanadi. Bemorlarni har tomonlama batafsil tekshirish jarrohlik davolashning samarali taktikasini ishlab chiqishga individual yondoshuv, chanoq-son bo‘g‘imining tarkibiy va funksional jihatdan normadan ortda qolishini baholash, operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish, endoprotezning davomiyligini va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini beradi, shu sababli bemorlarni statsionar sharoitida davolanishini qisqartirib, davlat byudjet mablag‘larini 967000 so‘mga iqtisod qiladi. Xulosa: quymich kosachasi va son suyagining to‘liq shikastlanishini hisobga olgan holda bemorlarning chanoq-son bo‘g‘imini operatsiyasidan oldin har tomonlama tekshiruviga asoslangan yondashuvlar operatsiyadan oldin rejalashtirish va chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlashni amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun muhim hisoblanadi va davlat byudjet mablag‘larini 967000 so‘mga iqtisod qilishga imkon bo‘ladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ixtiro qilingan qurilma bilan bir tomonlama sonning tug‘ma chiqishi va bir tomonlama to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda sonni pastga tushirish samaradorligi hamda o‘tirg‘ich nervi va qon-tomirlar traksion shikastlanishining oldi olinishi isbotlangan. Dissertatsiya tadqiqotlarining natijalari sog‘liqni saqlash, xususan bu usul Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2023 yil 10 may, 146-son) va Samarqand viloyati Nogironlarni reabilitatsiya markazida (2023 yil 1 iyul, 29-A son) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: displastik koksartroz bilan og‘rigan bemorlarda nogironlikning yuqori darajasi bu bemorlarni yillar davomida konservativ davolashning samarasiz kechayotganligi tufayli, jarrohlik davolash amaliyotida yangi yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Yoshlar to‘liq ishlay olmaydi, hayot sifati yomonlashadi. Biz tomondan ishlab chiqilgan usullar asosida chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlashning qo‘llanilishi asoratlar xavfini kamaytiradi, bu esa ishlash qobiliyatini to‘liq tiklashga imkon beradi noigironlikning 35 % dan 3.5 %gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: son suyagini anatomik quymich sohasigacha tushirish uchun ishlab chiqilgan qurilmaning qo‘llanilishi natijasida, oyoqlar uzunligining teng bo‘lishiga erishiladi, jarrohlik aralashuvi vaqti qisqaradi va qoniqarsiz natijalar ulushi kamayadi, bu esa o‘z navbatida davlat byudjet mablag‘larini 967000 so‘mga tejashni ta’minlaydi. Xulosa: displastik koksartroz displastik shikastlanishlarning butun majmuasi va jarrohlik amaliyotidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan chanoq-son bo‘g‘imining eng og‘ir patologiyalaridan biri hisoblanadi. Shu tufayli mavjud jarrohlik davolash usullari doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Biz ishlab chiqqan qurilma dozalangan traksiyaga asoslangan bo‘lib, uni jarrohlik davolash amaliyotining samaradorligini ta’minlash maqsadida bir tomonlama yuqori son suyagining yuqori tug‘ma chiqishida va bir tomonlama uchinchi-to‘rtinchi darajali displastik koksartrozni davolashda qo‘llash mumkin, bu esa o‘z navbatida davlat byudjet mablag‘larini 967000 so‘mga tejashni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: bir tomonlama sonlarning tug‘ma chiqishi va bir tomonlama to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda ixtiro qilingan ikki bosqichli kompleks davolash usuli bilan yumshoq to‘qimali regeneratni hosil qilish orqali son boshchasini quymich kosasining anatomik to‘g‘risigacha pastga tushirish va birinchi bosqichda va chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash esa ikkinchi bosqichda bajarilishi samarasi isbotlangan. Usul Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2023 yil 10 may, 146-son) va Samarqand viloyati Nogironlarni reabilitatsiya markazida (2023 yil 1 iyul, 29-A son) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Son suyagining yuqori tug‘ma chiqishi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda son suyagi boshchasini pastga tushirish uchun ishlab chiqilgan jarrohlik usulidan foydalanish markazlashtirish va boshchasini endoprotez kosachasiga kiritish uchun sharoit yaratish bilan operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olish imkonini beradi, ularning ijtimoiy moslashuvini oshiradi. Ishlab chiqilgan qurilma yordamida amalga oshirilgan jarrohlik taktikasi endoprotezning barqarorligini ta’minlaydi va endoprotezning dislokatsiyasi kabi og‘ir asoratlar xavfini kamaytiradi va birlamchi endoprotezlashning yaxshi natijalarini 96.5% gacha oshishini imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: son suyagining boshchasini proksimal bo‘limiga tushirish uchun yaratilgan qurilma xavfsiz jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun zamin yaratadi, asoratlar xavfini va bemorning kasalxonada qolish muddatini sezilarli darajada kamaytiradi, 967000 so‘mga byudjet xarajatlarini tejashni ta’minlaydi. Xulosa: son suyagining yuqori tug‘ma chiqishida son suyagi boshchasini pastga tushirish uchun ishlab chiqilgan qurilma displastik koksartrozning og‘ir asorati ya’ni nogironlikni oldini olish imkonini beradi, hamda juda murakkab va bir qancha asoratlar bilan bog‘liq son suyagi osteomiyasida tavsiya qilinadigan muqobil hisoblanadi, shu sababli davlat byudjet mablag‘larini 967000 so‘mga tejaladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bir tomonlama sonlarning tug‘ma chiqishi va bir tomonlama to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda ishlab chiqilgan jarrohlik davolash usuli qo‘llanilganda chanoq-son bo‘g‘imining funksiyasi tiklanishi, endoprotez komponentlarining mustahkamligining ta’minlanishi, jarrohlik amaliyoti vaqti xam qisqaririshi, Xarris shkalasining baholash natijalari asosiga ko‘ra bemorlarning davolanish sifatini yaxshilanishi, chanoq-son bo‘g‘imini birlamchi total revizion endoprotezlashni oldini olishi va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya erta boshlanishi imkonini berishi isbotlangan. Usul Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2023 yil 10 may, 146-son) va Samarqand viloyati Nogironlarni reabilitatsiya markazida (2023 yil 1 iyul, 29-A son) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: to‘rtinchi darajali displastik koksartrozi bo‘lgan bemorlarda chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlashdan keyingi operatsion asoratlarining yuqori chastotasini (22 dan 33% gacha), shu jumladan revizion endoprotezlashni (33%), ikki bosqichli murakkab jarrohlik davolash amaliyoti yordamida oldini olish mumkin. Bu bemorlarni erta mobilizatsiya qilish, og‘riqni sindromini kamaytirish hisobiga funksional imkoniyatlarni kengaytirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyati, harakat faoliyati va ish qobiliyatini oshirish imkonini beradi, bemorlarning statsionarda qolish vaqtini qisqartiradi, to‘qimalarning intraoperatsion shikastlanish xavfini kamaytiradi, endoprotezning tarkibiy qismlari chidamliligini saqlash imkonini beradi va hanoq-son bo‘g‘imining funksional tiklanish vaqtini qisqartirishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ikki bosqichli chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash natijasida bemor faol mehnat faoliyatiga qaytadi, davlat byudjetidan 967000 so‘m mablag‘ tejaladi. Xulosa: Ikki bosqichli chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash chanoq-son bo‘g‘imining og‘ir shakllari, son suyagining tug‘ma chiqishi, uchinchi-to‘rtinchi darajali displastik koksartrozning bo‘lgan bemorlar oyoqlarining anatomik uzunligini tiklash uchun samarali davolash usuli bo‘lib, operatsiyadan keyingi asoratlarning yuzaga kelishini oldini oladi, ish qobiliyatini tiklanishini va bemorni faol mehnatga qaytishini ta’minlaydi, hamda davlat byudjet mablag‘laridan 967000 so‘m iqtisod qilinadi. Ishlab chiqilgan usuldan foydalanib, ijobiy natijalar ulushini 96,5%gacha oshirishga erishilgan.