Xaydarova Laylo Olimdjonzodaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin oldingi devori churralarida birga keladigan abdominoptoz bilan og‘rigan bemorlarda qorin old devori plastikasini tanlashda differensial yondashuv», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3914.
Ilmiy rahbar: Sherbekov Ulugbek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nazarov Shoxin Kuvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Ventral churra va abdominoptoz bilan bemorlarda qorin old devori plastika usulini differensial tanlash orqali jarrohlik davolash natijalarini yashxilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiyadan oldin qorin old devoridagi nuqsonlar topografiyasini va churra hajmini qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatini aniqlash, hamda plastikaning eng maqbul usulini tanlash imkonini beruvchi kompyutertomografiyali gernioabdominometriyaning yuqori informativligi isbotlangan;
ventral churralar va abdominoptozda gernioalloplastikaning taranglashmagan usullarini dermatolipektomiya bilan birga bajarish orqali qorin oldingi devorini korreksiya qilish usullari ishlab chiqilgan;
bemorlarda churra o‘lchamlari va abdominoptoz darajasiga bog‘liq holda qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiya usulini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan;
operatsiyadan keyingi erta va kechki davrlardagi davolash natijalariga ko‘ra qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiyaning zarurati klinik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin oldingi devori churralarida birga keladigan abdominoptoz bilan og‘rigan bemorlarda qorin old devori plastikasini tanlashda differensial yondashuv bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 08.07.2024 y. 02/40-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan oldin qorin old devoridagi nuqsonlar topografiyasini va churra hajmini qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatini aniqlash, hamda plastikaning eng maqbul usulini tanlash imkonini beruvchi kompyutertomografiyali gernioabdominometriyaning yuqori informativligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: operatsiyadan oldin qorin old devoridagi nuqsonlar topografiyasini va churra hajmini qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatini aniqlash, hamda plastikaning eng maqbul usulini tanlash imkonini beruvchi kompyutertomografiyali gernioabdominometriyaning yuqori informativligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 apreldagi 73-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Plastika peredney bryushnoy stenki u bol`nix ventral`noy grijey i soputstvuyushhim abdominoptozom» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 18.05.2024 y. 81-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 27.04.2024 y. 421-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: abdominoptoz bilan bemorlarda gernioalloplastikadan keyin teri – yog‘ fartugining saqlab qolinishi implantning siljishi, yoki uning bujmayishi hisobiga protez atrofidan churralarning hosil bo‘lishi va kasallik qaytalanishining asosiy sababi hisoblanadi, bu esa dermatolipektomiya bajarish muhimligini taqozo etdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ventral churra va abdominoptoz bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4576480 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855300 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1810900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: ventral churra va abdominoptoz bilan kasallangan bemorlarga tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 1510800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 453240 so‘m budjet mablag‘lari, 1057560 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin old devori ventral churralarining abdominoptoz asorati bilan og‘rigan bemorlar plastikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 22-iyundagi 6109-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ventral churralar va abdominoptozda gernioalloplastikaning taranglashmagan usullarini dermatolipektomiya bilan birga bajarish orqali qorin oldingi devorini korreksiya qilish usullari ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ventral churralar va abdominoptozda gernioalloplastikaning taranglashmagan usullarini dermatolipektomiya bilan birga bajarish orqali qorin oldingi devorini korreksiya qilish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 apreldagi 73-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Plastika peredney bryushnoy stenki u bol`nix ventral`noy grijey i soputstvuyushhim abdominoptozom» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 18.05.2024 y. 81-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 27.04.2024 y. 421-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ventral churra va abdominoptoz bilan bemorlarda implantni mushak – aponevrotik laxtakning barcha qavatlaridan o‘tkazilgan P – simon choklar yordamida «onlay» va «onlay+sublay» fiksatsiya qilish orqali qorin oldingi devorini korreksiyalovchi operatsiyalar ko‘rsatma hisoblanadi, chunki bunda protezning pastga siljishi, yoki uning bujmayishining oldi olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ventral churralar va abdominoptozda gernioalloplastikaning taranglashmagan usullarini dermatolipektomiya bilan birga bajarish orqali umumiy o‘rtacha 1280600 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3821500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ventral churralar va abdominoptozda gernioalloplastikaning taranglashmagan usullarini dermatolipektomiya bilan birga bajarish orqali aralashuvlar qo‘llanilishi 1 yilda 5721600 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1416480 so‘m budjet mablag‘lari, 3355130 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin old devori ventral churralarining abdominoptoz asorati bilan og‘rigan bemorlar plastikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 22-iyundagi 6109-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarda churra o‘lchamlari va abdominoptoz darajasiga bog‘liq holda qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiya usulini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarda churra o‘lchamlari va abdominoptoz darajasiga bog‘liq holda qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiya usulini tanlash algoritmi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 apreldagi 73-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Plastika peredney bryushnoy stenki u bol`nix ventral`noy grijey i soputstvuyushhim abdominoptozom» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 18.05.2024 y. 81-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 27.04.2024 y. 421-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda churra o‘lchamlari va abdominoptoz darajasiga bog‘liq holda qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiya usulini tanlash algoritmi yordamida bemorlarning operativ davo natijasida estetik jixatdan xayot tarzi yaxshilanishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: churra o‘lchamlari va abdominoptoz darajasiga bog‘liq holda qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiya usulini tanlash algoritmi bilan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan mikroxolesistektomiya jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: churra o‘lchamlari va abdominoptoz darajasiga bog‘liq holda qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiya usulini tanlash algoritmi qo‘llanilishi 1 yilda 5311800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1593540 so‘m budjet mablag‘lari, 3718260 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin old devori ventral churralarining abdominoptoz asorati bilan og‘rigan bemorlar plastikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 22-iyundagi 6109-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi erta va kechki davrlardagi davolash natijalariga ko‘ra qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiyaning zarurati klinik asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: operatsiyadan keyingi erta va kechki davrlardagi davolash natijalariga ko‘ra qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiyaning zarurati bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 apreldagi 73-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan «Plastika peredney bryushnoy stenki u bol`nix ventral`noy grijey i soputstvuyushhim abdominoptozom» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 18.05.2024 y. 81-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 27.04.2024 y. 421-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: dermatolipektomiya semizlik darajasining yaqqol kamayishi, tashqi nafas, yurak – qon tomir tizimi ko‘rsatkichlarining me’yorlashishi hisobiga jismoniy, hamda ijtimoiy reabilitatsiyaning ob’ektiv va sub’ektiv belgilarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi erta va kechki davrlardagi davolash natijalariga ko‘ra qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiyaning zarurati bilan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 6 893 350 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 6648800 so‘mni (2 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: operatsiyadan keyingi erta va kechki davrlardagi davolash natijalariga ko‘ra qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiyaning qo‘llanilishi 1 yilda 6674800 so‘mni, shundan 2196940 so‘m budjet mablag‘lari, 3451810 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin old devori ventral churralarining abdominoptoz asorati bilan og‘rigan bemorlar plastikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 22-iyundagi 6109-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish