Raxmonov Zafar Mamadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t pufagi mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilarda fater so‘rg‘ichi va jigarning qiyosiy morfologiyasi», 03.00.11 – Gistologiya, sitologiya va hujayra biologiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib1132.
Ilmiy rahbar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Il`yasov Aziz Saidmurodovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston davlat tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t yo‘llari tizimi tuzilishining mumkin bo‘lgan variantlarini va uning moslashish imkoniyatlarini aniqlash uchun o‘t pufagi mavjud va mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilar jigari va Fater so‘rg‘ichining morfofunksional xususiyatlarini qiyosiy-turga xos nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t pufagi mavjud bo‘lgan hayvonlarda o‘t yo‘li o‘n ikki barmoqli ichak devoriga o‘tkir burchak ostida kirishi va o‘t yo‘lining intramural qismi uzunligi natijasida o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatida bo‘ylama burma hosil bulishi, Fater so‘rg‘ichi va ampulasining yaxshi rivojlanganligi, o‘t pufagi mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilarda esa umumiy o‘t yo‘li ichak devorini deyarli vertikal yo‘nalishda kesib o‘tishi va intramural qismining kaltaligi natijasida bu burma zaif rivojlanganligi, Fater so‘rg‘ichi og‘zi nay shaklida bo‘lib, Fater so‘rg‘ichining ampulasi yo‘qligi isbotlangan;
ilk bor Fater so‘rg‘ichi ampulasining shilliq qavati proksimal-distal yo‘nalishga ega har xil o‘lchamdagi va shakldagi burmalarni hosil qilishi, distal burmalarning erkin uchlari qalinlashib ichakka ochilish sohasida zichlashganligi, natijada ular ichak tarkibidagi moddalarning umumiy o‘t yo‘li va oshqozon osti bezi yo‘llariga retrograd harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan maxsus tuzilmani hosil qilishi aniqlangan;
Fater so‘rg‘ichining ampulasida burmalarning ular orasidagi bo‘shliqlarga nisbati proksimal-distal yo‘nalishda ortib borishi hamda bu ularning shu yo‘nalishda zichlashishi natijasida ampula og‘zining yopilishidagi rolining oshishidagi ishtiroki aniqlangan;
Fater so‘rg‘ichi ampulasi va o‘n ikki barmoqli ichak mushak qavatlarining yagona kompleks hosil qilishi Fater so‘rg‘ichini ovqat hazm qilish jarayonidagi funksional faoliyati (“raqsi”) ning morfologik asosini tashkil qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t pufagi mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘lmagan hayvonlarda Fater so‘rg‘ichi va uning ampulasining morfologiyasini o‘rganish metodologiyasining xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘t pufagi mavjud bo‘lgan hayvonlarda o‘t yo‘li o‘n ikki barmoqli ichak devoriga o‘tkir burchak ostida kirishi va o‘t yo‘lining intramural qismi uzunligi natijasida o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatida bo‘ylama burma hosil bulishi, Fater so‘rg‘ichi va ampulasining yaxshi rivojlanganligi, o‘t pufagi mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilarda esa umumiy o‘t yo‘li ichak devorini deyarli vertikal yo‘nalishda kesib o‘tishi va intramural qismining kaltaligi natijasida bu burma zaif rivojlanganligi, Fater so‘rg‘ichi og‘zi nay shaklida bo‘lib, Fater so‘rg‘ichining ampulasi yo‘qligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 10 iyunda 8n-r/628-son bilan tasdiqlangan «Morfologik tadqiqotlarda gistotopografik usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.07.2024 yildagi 287-U-son, Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 08.07.2024 yildagi 186-son hamda Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 17.07.2024 yildagi 196-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq etish natijalari o‘t-tosh va o‘t pufagi kasalliklarida o‘tkazilgan ezofagogastroduodenoskopiya tekshirish usullari paytida fater so‘rg‘ichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar va asoratlar rivojlanish chastotalarini kamaytiradi. Bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi va erta tashhislash hamda asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 3100000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari ilmiy natijalarga asoslangan holda postxolesistektomik sindromni erta tashhislash orqali yotoq kunlarining qisqarishi natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Fater so‘rg‘ichi ampulasining shilliq qavati proksimal-distal yo‘nalishga ega har xil o‘lchamdagi va shakldagi burmalarni hosil qilishi, distal burmalarning erkin uchlari qalinlashib ichakka ochilish sohasida zichlashganligi, natijada ular ichak tarkibidagi moddalarning umumiy o‘t yo‘li va oshqozon osti bezi yo‘llariga retrograd harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan maxsus tuzilmani hosil qilishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 10 iyunda 8n-r/628-son bilan tasdiqlangan «Morfologik tadqiqotlarda gistotopografik usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.07.2024 yildagi 287-U-son, Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 08.07.2024 yildagi 186-son hamda Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 17.07.2024 yildagi 196-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq etish natijalari o‘t-tosh va o‘t pufagi kasalliklarida o‘tkazilgan ezofagogastroduodenoskopiya tekshirish usullari paytida fater so‘rg‘ichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar va asoratlar rivojlanish chastotalarini kamaytiradi. Bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi va erta tashhislash hamda asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 3100000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari ilmiy natijalarga asoslangan holda postxolesistektomik sindromni erta tashhislash orqali yotoq kunlarining qisqarishi natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: fater so‘rg‘ichining ampulasida burmalarning ular orasidagi bo‘shliqlarga nisbati proksimal-distal yo‘nalishda ortib borishi hamda bu ularning shu yo‘nalishda zichlashishi natijasida ampula og‘zining yopilishidagi rolining oshishidagi ishtiroki aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 10 iyunda 8n-r/628-son bilan tasdiqlangan «Morfologik tadqiqotlarda gistotopografik usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.07.2024 yildagi 287-U-son, Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 08.07.2024 yildagi 186-son hamda Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 17.07.2024 yildagi 196-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq etish natijalari o‘t-tosh va o‘t pufagi kasalliklarida o‘tkazilgan ezofagogastroduodenoskopiya tekshirish usullari paytida fater so‘rg‘ichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar va asoratlar rivojlanish chastotalarini kamaytiradi. Bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi va erta tashhislash hamda asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 3100000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari ilmiy natijalarga asoslangan holda postxolesistektomik sindromni erta tashhislash orqali yotoq kunlarining qisqarishi natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Fater so‘rg‘ichi ampulasi va o‘n ikki barmoqli ichak mushak qavatlarining yagona kompleks hosil qilishi Fater so‘rg‘ichini ovqat hazm qilish jarayonidagi funksional faoliyati (“raqsi”) ning morfologik asosini tashkil qilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 10 iyunda 8n-r/628-son bilan tasdiqlangan «Morfologik tadqiqotlarda gistotopografik usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.07.2024 yildagi 287-U-son, Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 08.07.2024 yildagi 186-son hamda Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 17.07.2024 yildagi 196-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq etish natijalari o‘t-tosh va o‘t pufagi kasalliklarida o‘tkazilgan ezofagogastroduodenoskopiya tekshirish usullari paytida fater so‘rg‘ichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar va asoratlar rivojlanish chastotalarini kamaytiradi. Bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi va erta tashhislash hamda asoratlarning oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 3100000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari ilmiy natijalarga asoslangan holda postxolesistektomik sindromni erta tashhislash orqali yotoq kunlarining qisqarishi natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish