Babadjanova Nodira Tairovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 bo‘lgan bollarda gingivit profilaktikasi va terapiyasini takomillashtirish” 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4792.
Ilmiy rahbar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universtiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universtiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Gilyova Ol`ga Sergeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SARS-CoV-2 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarda gingivit profilaktikasi va kompleks davolash samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqurlashtirilgan tekshiruvlar asosida COVID – 19 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarda gingivitning uchrash chastotasi, og‘irlik darajasi hamda gingival milk qonash tarqalganlik darajasi soni ortib borayotganligi aniqlangan;
COVID – 19 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarda gingivitning zo‘rayishi jarayonlarida endogen intoksikatsiya jarayonlari ishtirok etishi, aralash so‘lakda al`buminning sorbsion va detoksikatsion xususiyatlari kamayishi isbotlangan;
COVID – 19 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarda gingivit rivojlanishida qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi IL – 4 va IL – 10 yallig‘lanishga qarshi markerlar konsentratsiyasining kamayishi fonida IL – 6, IL – 1β va TNF – α yallig‘lanish oldi sitokinlari mahsuloti ortib borishidan iborat bo‘lgan yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar disbalansining patogenetik roli ko‘rsatilgan, va postkovid davrda bolalarda gingivit rivojlanishi ustuvor xavf omillarining prognostik qiymati aniqlangan;
COVID – 19 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarda gingivit rivojlanishida umumqabul qilingan terapiya tarkibida enterosorbenti hamda immunitet rag‘batlantiruvchisini qo‘llash orqali kompleks terapiya samaradorligini oshirish zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasiga asosan quyidagilar taqdim etildi:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarda birlamchi stomatologik qabulda gingivitning chastotasi va og‘irligi hamda milk qon ketishining tarqalishi oshganligi aniqlangan. Bu Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 24 maydagi 9-sonli "COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarda gingivitning oldini olish va kompleks davolash usuli" uslubiy tavsiyanomasida aks ettirilgan. Mazkur yangilik 2023 yil 8 iyuldagi 63-sonli buyruq bilan Toshkent shahar stomatologiya instituti poliklinikasi va Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: so‘nggi 3 oy ichida COVID-19 ni boshdan kechirgan kichik maktab yoshidagi bolalarda gingivitni kompleks davolashning ishlab chiqilgan usuli parodontning klinik holatiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatdi: og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi va parodont holati yaxshilandi, qon ketish indeksi pasaydi, shuningdek bemorlarning shikoyatlari chastotasi 35% ga kamaydi. "Kichik maktab yoshidagi bolalarda koviddan keyingi davrda parodont yallig‘lanish patologiyasi rivojlanish xavfini shaxsiy baholash" dasturi ishlab chiqildi va 2023 yil 17 noyabrda DGU 31914 raqamli patent olindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kompleks terapiyadan foydalanish davolash va profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazishga yordam beradi. Bir bemor uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: COVID-19 ni boshdan kechirgan bolalarda gingivit belgilarini aniqlash uchun bemorni stomatolog ko‘rigidan o‘tkazish talab etiladi (Toshkent davlat stomatologiya instituti terapevtik stomatologiya poliklinikasi preyskurantiga ko‘ra, stomatolog maslahati narxi 65000 so‘m). Shunday qilib, umumiy iqtisodiy samaradorlik 65000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu joriy etish bir bemor hisobiga 65000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: O‘rganilayotgan bemorlarda al`bumin darajasi va aralash so‘lakning endogen intoksikatsiyasi darajasining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari buzilishining patogenetik roli aniqlangan. Bu Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 24 maydagi 9-sonli qarori hamda "COVID-19 ni boshdan kechirgan bolalarda gingivit rivojlanish xavfini prognozlash usuli va profilaktika usullari" uslubiy tavsiyanomasida tasdiqlangan. Mazkur yangilik 2023 yil 8 iyuldagi 63-sonli buyruq bilan Toshkent shahar stomatologiya instituti poliklinikasi va Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ni boshdan kechirgan kichik maktab yoshidagi bolalarda al`bumin faolligi va aralash so‘lakning endogen intoksikatsiyasi darajasini baholash kerak, chunki bu ushbu kasallik keltirib chiqaradigan asoratlarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Kasallik natijasida yuzaga keladigan al`buminning detoksikatsion faolligi va so‘lakdagi endogen intoksikatsiya darajasidagi fizik-kimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash bir bemor hisobiga 180000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Bu tashriflar soni va davolanish vaqtini 2-3 barobarga qisqartirish va har bir bemor hisobiga 180000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘rganilayotgan bemorlarda aralash so‘lak sitokin profilining buzilishlari patogenetik roli, shuningdek, koviddan keyingi davrda bolalarda gingivit rivojlanishining ustuvor xavf omillarining prognostik ahamiyati aniqlandi. Bu natijalar " COVID-19 o‘tkazgan bolalarda gingivit rivojlanishi xavfini prognozlash va profilaktika usullari" nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan. Mazkur tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 24.05.2024 yilda 9-son bilan tasdiqlangan. Ushbu usul Toshkent stomatologiya instituti poliklinikasi va Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ni boshdan kechirgan kichik maktab yoshidagi bolalarda aralash so‘lakning sitokin profilini baholash kerak, chunki bu ushbu kasallik keltirib chiqaradigan asoratlarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Kasallik natijasida yuzaga keladigan aralash so‘lakdagi sitokin profilining fizik-kimyoviy o‘zgarishlarini aniqlash bir bemor hisobiga 200000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Bu tashriflar soni va davolanish vaqtini 2-3 barobarga qisqartirish va har bir bemor hisobiga 200000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tasdiqlangan davolash sxemasi an’anaviy davolashga nisbatan yuqori klinik samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan. Bu Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 24.05.2024 yildagi 9-sonli "COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarda gingivitning oldini olish va kompleks davolash usuli" uslubiy tavsiyanomasida o‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu usul Toshkent shahridagi Toshkent stomatologiya instituti poliklinikasi va Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan kichik maktab yoshidagi bolalarda gingivitni davolash sifati 30,05% ga oshdi. Tadqiq qilingan davrda (3, 6, 12 oy) asosiy guruhdagi bemorlarning 20 foizida davolash natijalari qoniqarli deb topilgan bo‘lsa, taqqoslash guruhida bu ko‘rsatkich 18 foizni tashkil etdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Gingivitning og‘irlik darajasiga qarab quyidagi dori vositalari qo‘llanildi: immunostimulyator (300000 so‘m), enterosorbent (135000 so‘m), milk uchun yallig‘lanishga qarshi gel` (22000 so‘m), og‘iz chayish uchun antiseptik eritma (3500 so‘m). Ushbu preparatlar davolash kursi davomida ishlatildi. Xarajatlarning umumiy miqdori 490000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: O‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Bu tashriflar soni va davolanish vaqtini 2-3 barobar qisqartirish imkonini berdi.