Alidjanova Durdona Abdullajonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar va o‘smirlarda qandli diabet kasalligida   shakillanuvchi serebral buzilishlarining klinik va patogenetik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2DSc/Tib694.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc. 04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuradovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi:  Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1-toifa qandli diabetli bolalar va o‘smirlarda miya kasalliklarining klinik, nevrologik va patogenetik jihatlarini aniklash asosida erta tashxislash, davolash taktikasini va   prognozlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 1-toifa qandli diabetga chalingan bolalarda kasallikning dastlabki bosqichlarida optimal va suboptimal glikemik nazoratdagi bemorlarda limbik-retukulyar kompleksga kiruvchi strukturalarda metabolik o‘zgarishlar sababli serebral asoratlarning shakllanishi  isbotlangan;
   ilk bor 1-toifa qandli diabetga chalingan bolalarda kognitiv va emotsional buzilishlar patogenezida neyrospesifik oqsillar (S -100 va NSE) darajasining oshishi bilan birga astrositik va neyronlarning shikastlanish jarayonlari yetakchi o‘rinni egallashi aniqlangan;
   ilk bor 1-toifa qandli diabetga chalingan bolalarda kasallik mudati va kognitiv buzilishlar mavjudligini inobatga olgan xolda, miyaning asosiy Cho, Cr, NAA metabolitlari va ularning nisbati o‘rtasida o‘zgarishlar xamda glikirlangan gemoglobin darajasi va neyropsikologik test natijalari bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
dunyoda ilk bor 1-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarda miya asosiy metabolitlari (NAA, Cho, Cr) va ularning nisbati holatining siljishlari bilan serebral asoratlar shakillanishi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
 1-toifa qandli diabetda kognitiv va emotsional disfunksiyalarni erta tashxislashga qaratilgan prognistik yondoshuv neyrospesefik oqsillar (S -100 va NSE) konsenratsiyasi va miya asosiy metabolitlarini (NAA, Cho, Cr) siljishlarini  aniqlash yuli bn takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                    
1-toifa qandli diabetda bolalar va o‘smirlarda serebral buzilishlar shakllanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 1-toifa qandli diabetda bolalar va o‘smirlarda, hatto glikemiyani optimal va suboptimal nazorat qilganda ham, kasallikning eng erta bosqichlarida miya buzilishlari shakllanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Opredelenie sostoyaniya kognitivnoy deyatel`nosti u patsientov detskogo i podrostkovogo vozrasta stradayushhix saxarnim diabetom 1-tipa» va 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Markeri ranney diagnostiki narusheniy kognitivnoy deyatel`nosti u detey i podrostkov s saxarnim diabetom 1-tipa» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining  2024 yil 03 yanvardagi  2-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 2024 yil 05 yanvardagi 06-05- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/92-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kasallikning dastlabki bosqichlarida kognitiv va emotsional buzilishlarni aniqlash va o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yish, asossiz tekshiruvlarning oldini olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bu 1-toifa diabetda miya kasalliklarini o‘z vaqtida tashxislash, shuningdek, bitta bemorga diagnostika usullari uchun byudjetdan 500 000 so‘m tejash imkonini berdi. 1-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarda miya kasalliklarini erta tashxislashni optimallashtirish individuallashtirilgan terapevtik va profilaktika choralarini ishlab chiqishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: 1 – toifa qandli diabetga chalingan bolalar va o‘smirlarda kognitiv va emotsional buzilishlarning shakllanish patogenezida astrositik va neyronlarning shikastlanish jarayonlari yetakchi o‘rinni egallashi aniqlanganligi buyicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Opredelenie sostoyaniya kognitivnoy deyatel`nosti u patsientov detskogo i podrostkovogo vozrasta stradayushhix saxarnim diabetom 1-tipa» va 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Markeri ranney diagnostiki narusheniy kognitivnoy deyatel`nosti u detey i podrostkov s saxarnim diabetom 1-tipa» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining  2024 yil 03 yanvardagi  2-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 2024 yil 05 yanvardagi 06-05- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/92-sonli xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: 1-toifa diabetga chalingan bolalar va o‘smirlarni o‘z vaqtida taklif kilingan etiopatogenetik taktikadan foydalanib davolashga yondashuv, statsionar davolanish muddatini qisqartiradi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kutilayotgan iqtisodiy samaradorlikni "taxminiy xarajatlar va ularning samaradorligi" ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblanganda, muqobil davolash usulini tanlash qo‘shimcha statsionar yotoq kunlarini 10,2 dan 8,1 kungacha qisqartiradi va har bir bemor uchun kuniga 235 000 so‘mni tejashga imkon beradi. 1-toifa qandli diabetda kognitiv va emotsional buzilishlarni shakllanishida patogenetik aloqalarni aniqlash diagnostika jarayonini optimallashtirishga va ushbu kasalliklarga chalingan bemorlarni to‘g‘ri tashxislash xamda davolash uchun asossiz xarajatlarning oldini olishga imkonini beradi.
 uchinchi ilmiy yangilik:   1-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarda miya asosiy metabolitlari (NAA, Cho, Cr) va ularning nisbati batafsil o‘rganish asosida aniqlangan biokimyoviy siljishlarni serebral asoratlar shakillanishi patogenezining asosiy bo‘g‘inlari sifatida ko‘rib chiqish kerakligi buyicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Opredelenie sostoyaniya kognitivnoy deyatel`nosti u patsientov detskogo i podrostkovogo vozrasta stradayushhix saxarnim diabetom 1-tipa» va 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Markeri ranney diagnostiki narusheniy kognitivnoy deyatel`nosti u detey i podrostkov s saxarnim diabetom 1-tipa» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining  2024 yil 03 yanvardagi  2-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 2024 yil 05 yanvardagi 06-05- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/92-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: 1-toifa diabetda Markaziy asab tizimining asoratlari yuzaga kelishidagi jarayonlar patogenezning asosiy mexanizmlarini aniqlash va tushunish mavjud bo‘lgan fundamental tushunchalarni kengaytiradi, shuningdek, ushbu patologiyada miya kasalliklarini tashxislash, oldini olish, tuzatish va reabilitatsiya qilishning yangi usullarini joriy etishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kasallikning patogenetik xususiyatlarini hisobga olgan holda davolanishga individual yondashuv dori vositalaridan asossiz foydalanish xarajatlarini kamaytirishga va shu bilan har bir bemor uchun 1 000 000 so‘mni tejashga imkon beradi. Miyaning asosiy metabolitlarida aniqlangan biokimyoviy siljishlarni 1-toifa qandli diabetga chalingan bolalar va o‘smirlardagi kognitiv va emotsional buzilishlar patogenezining asosiy bo‘g‘inlari sifatida ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidlashga asos bo‘ldi.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: 1-toifa qandli diabetga chalingan bolalar va o‘smirlarda kognitiv etishmovchilik shakllanishini erta boskichlarida bashorat qilishda  proton magnit-rezonans spektroskopiyasi yordamida miya hujayralarining neyrometabolizm holatini baholashning ahamiyati va asosliligi isbotlanganligi buyicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Opredelenie sostoyaniya kognitivnoy deyatel`nosti u patsientov detskogo i podrostkovogo vozrasta stradayushhix saxarnim diabetom 1-tipa» va 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Markeri ranney diagnostiki narusheniy kognitivnoy deyatel`nosti u detey i podrostkov s saxarnim diabetom 1-tipa» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining  2024 yil 03 yanvardagi  2-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 2024 yil 05 yanvardagi 06-05- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/92-sonli xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qandli diabetning dastlabki bosqichlarida  proton magnit-rezonans spektroskopiyasi usuli kognitiv nuqsonlarning rivojlanishning preklinik bosqichida taxmin qilish imkonini beradi, bu serebral asoratlar shakllanishining oldini olishga va bemorlarning hayot sifatini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kasallikning patogenetik xususiyatlarini hisobga olgan holda davolanishga individual yondashuv dori vositalaridan asossiz foydalanish xarajatlarini kamaytirishga va shu bilan har bir bemor uchun 1 000 000 so‘mni tejashga imkon beradi. Proton magnitno-rezonans spektroskopiyasi usuli  1-toifa qandli diabet kasalligining eng erta bosqichlarida miya buzilishlarini prognoz qilish, shuningdek, bir bemor uchun diagnostik usullar bo‘yicha 800 000 so‘m tejash imkonini beradi.
 beshinchi ilmiy yangilik:   keng qamrovli neyropsikologik, biokimyoviy va neyrovizualisatsion tekshiruvlar asosida 1-toifa qandli diabetga chalingan bolalar va o‘smirlarda kognitiv va emotsional buzilishlarni erta tashxislash uchun prognostik modellar ishlab chiqildi va ushbu patologiyada miya kasalliklari bo‘lgan bemorlarni erta tashxislash va boshqarish algoritmi buyicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Opredelenie sostoyaniya kognitivnoy deyatel`nosti u patsientov detskogo i podrostkovogo vozrasta stradayushhix saxarnim diabetom 1-tipa» va 2024 yil 3 yanvarda 03/154-son bilan tasdiqlangan «Markeri ranney diagnostiki narusheniy kognitivnoy deyatel`nosti u detey i podrostkov s saxarnim diabetom 1-tipa» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining  2024 yil 03 yanvardagi  2-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining 2024 yil 05 yanvardagi 06-05- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr 06/92-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan prognostik modellardan foydalanish oson xamda nevrologlar va endokrinologlar tomonidan 1-toifa diabet bilan og‘rigan bemorlarni davolashning ambulatoriya va statsionar bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi serebral kasalliklarining prognostik modellaridan foydalanish 1-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda serebral asoratlarni erta tashxislash va boshqarish taktikasiga yondashuvlarni optimallashtirdi va xar bir bemor uchun 125 million so‘m tejashga imkon beradi.  Taklif qilingan prognostik modellardan foydalanish kognitiv buzilishlarni rivojlanishida  yuqori xavf guruhni aniqlashga va 1-toifa qandli diabetga chalingan bolalar va o‘smirlarda terapevtik va profilaktika choralarini aniqlashga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish