Pulatova Rayxon Saidumarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infisirlangan bemorlarda kompleks stomatologik yordamni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. DSc/Tib916.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunnatullo Amrulloevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Komilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abubekir Eltas, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: «Tyumen` Davlat Tibbiyot Universiteti» (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi OIV infisirlangan bemorlarda stomatologik yordam kursatish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OIV infisirlangan bemorlarda kompleks stomatologik tekshirishlar asosida ogiz bushligi patologiyalarining klinik kechishidagi uziga xos diagnostik va klinik xususiyatlar aniklangan, intensivligi va tarkalishini yukoriligi sababli tish protezlashni xavfsizligini va samaradorligini oshirish zarurati asoslangan;
ilk bor, OIV infisirlangan bemorlarda klinik-funksional tadkikotlar asosida yuqori va pastki jag tishlarda guruhlar bo‘yicha faoliyati davomidagi vertikal va gorizontal bosimga chidamlilik darajalari pasayishi aniqlangan;
ilk bor, rentgenologik va klinik-laborator tadqiqotlar asosida ushbu toifa bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qarshiligi pasayishining patogenetik mexanizmlarining asosi hisoblangan, OIV infeksiyasi bilan og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari va to‘qimalaridagi gistomorfologik, antropometrik, immunologik o‘zgarishlar kompleksining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor,OIV infisirlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati protez osti va chegara sohasi yumshoq to‘qimalari gistomorfologiyasi va tish protezlari ichki yuzasining morfologik jihatlari va tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosda tish protezlari konstruksiyalari hamda qo‘llaniladigan materialning biomexanik xususiyatlarini yaxshilash orqali ixtisoslashgan ortopedik stomatologik yordam samaradorligiga erishish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor, OIV infisirlangan bemorlarda patogenetik jihatdan asoslangan ixtisoslashtirilgan ortopedik stomatologik yordam algoritmi ishlab chiqilgan, termoplastik va akril materialdan tayyorlangan tish protezlarini ichki yuzasiga “GC- gradiya” qurilmasida adgeziv tizimni singdirish yordamida biomexanik, morfostruktura va klinik-funksional xususiyatlarini yaxshilanishi stomatologik ortopedik ixtisoslashgan yordamning samaradorligi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 26 avgustdagi 05/55- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: OIV infisirlangan bemorlarda kompleks stomatologik tekshirishlar asosida OB patologiyalarining klinik kechishidagi o‘ziga xos diagnostik va klinik xususiyatlar aniqlangan, stomatologik kasalliklar uchrash chastotasi yuqoriligi va o‘ziga xos og‘ir klinik ko‘rinishda kechishini inobatga olib, terapevtik va ortopedik stomatologik yordam ko‘rsatishni tish protezlarini konstruksiyasini yaxshilash orqali samaradorligi yaxshilangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: OIV infisirlangan bemorlarda kompleks stomatologik tekshirishlar asosida OB patologiyalarining klinik kechishidagi uziga xos xususiyatlar aniklanib, uchrash chastotasidagi tavsifiga tayanib, davolash samarasi yaxshilanishi imkoniyati TP materialini va konstruksiyasini uzgartirish orkali asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (10.01.2024 y.; №12) hamda Xorazm viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (12.01.2024 y.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: OIV infisirlangan bemorlarda kompleks stomatologik tekshirishlar asosida OB patologiyalarining klinik kechishidagi uziga xos xususiyatlari va uchrash chastotasining yukoriligi, ushbu kategoriyadagi bemorlarning umumiy axvoli bilan boglikligini inobatga olishning axamiyati, davo-profilaktikani samarali bulishiga erishilgan.     Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV infisirlangan bemorlarda kompleks stomatologik tekshirishlar asosida OB patologiyalarining klinik kechishidagi o‘ziga xos xususiyatlari va uchrash chastotasining yuqoriligini inobatga olib tayyorlangan TP qo‘llanilishi orqali har bir nafar bemor uchun davolash xarajatlarini 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: OIV infisirlangan bemorlarga QOQP va TOQPni tayyorlash va xom ashyo biomexanik xususiyatlarini inobatga olib, tish qatori nuqsonlarini bartaraf etishga asoslangan ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosida: “OIV infisirlangan bemorlarga tayyorlangan olib qo‘yiladigan protezlarning sifatini va davolash samaradorligini baholash usullari” (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 23-m/156-sonli ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma OIV infisirlangan bemorlarda to‘liq tishsizlik holatini erta tashxislash, QOQP va TOQP bilan ortopedik davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.    Xulosa: OIV infisirlangan bemorlarda kompleks stomatologik tadikikot natijalari asosida, taklif kilingan davolash usulini amaliyotiga joriy etilgan, asoratlar oldi olinishi xisobiga xar-bir bemor hisobiga byudjet mablag‘lari 500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘ 320000 so‘mgacha tejalgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: OIV infisirlangan bemorlarda klinik-funksional tadkikotlar asosida yu/j va p/j tishlarda vertikal va gorizontal bosimga chidamlilik darajalari pasayishi, umumiy va mahalliy immunologik, biokimyoviy va morfofunksional ko‘rsatkichlarning salbiy uzgarishiga bevosita bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: OIV infisirlangan bemorlarda klinik-funksional tadkikotlar asosida yu/j va p/j tishlarda vertikal va gorizontal bosimga chidamlilik darajalari pasayishi, umumiy va mahalliy immunologik, biokimyoviy va morfofunksional ko‘rsatkichlarning salbiy o‘zgarishini inobatga olib patologik ko‘rsatkichlarning tarqalganlik chastotasi va o‘ziga xos klinikasini baholash orqali yondoshish kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (10.01.2024 y.; №12) hamda Xorazm viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (12.01.2024 y.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV infisirlangan bemorlarda klinik-funksional tadqiqot natijalariga tayanib stomatologik kasalliklarni diagnostikasi, klinikasi va davolashga erishilgan samaralar amaliyotdagi sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga davolash-profilaktik yondoshuv taktikasi imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi OIV infisirlangan bemorlarda klinik-funksional tadqiqot yu/j va p/j tishlarning V/B va G/B chidamlilik darajalarini, parodont to‘qimasidagi patologiyaning uziga xos klinikasini ilmiy jixatdan ochib bergan, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlar uchun davolash taktikasini tugri tanlashi shifoxonaga murojaat va katnashi muddatini qisqartirishga, iktisodiy - to‘lov miqdori 200000 so‘mgacha kamaytirishga dori-darmonni tejashga (1 kunga o‘rtacha 85000 so‘m dori vositalari sarflanadi) erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “OIV infisirlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalarini tashxislash va davolashni optimallashtirish usullari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 23 dekabrdagi 23-m/157-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning bajarilishi OBda protez osti maydoni OBShKning og‘riq sezuvchanligi darajasini aniqlash va suyakning o‘tkir bo‘rtgan qismlarini izolyasiya qilish orqali QOQP va TOQPni tayyorlash bemorlarni ortopedik davolash sifatini yaxshilash imkonini beradi. Xulosa: OIV infisirlangan bemorlarda kompleks stomatologik tekshirishlar asosida OB patologiyalarining klinik kechishidagi uziga xos xususiyatlari va uchrash chastotasining yukoriligi, ushbu kategoriyadagi bemorlarning umumiy axvoli bilan boglikligini inobatga olish, bemorlarning yaxshi va qoniqarli davolash natijalariga erishishi, qoniqarsiz natijalarni kamaytirish bilan, asoratlar oldini olish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: OIV infisirlangan bemorlarda klinik-stomatologik, laborator va funksional tadqiqotlar asosida aniqlangan stomatologik patologiyalarni bartaraf etish uchun kasallik etiopatogenetik mexanizmlarini inobatga olishning ahamiyati, taklif qilingan davo-profilaktika usullari shu mexanizmlarni bartaraf etilishiga qaratilgan bo‘lishi zarurligini, gistomorfologik, antropometrik, immunologik, biokimyoviy va funksional tadqiqot natijalari bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: OIV infisirlangan bemorlarda YuJS a’zo va to‘qimalaridagi gistomorfologik, antropometrik, immunologik, funksional va klinik-laborator ma’lumotlar asosida, kasalliklarning kechishidagi etiopatogenetik mexanizmlari asoslanganligi, bemorlarni davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (10.01.2024 y.; №12) hamda Xorazm viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (12.01.2024 y.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV infisirlangan bemorlarda klinik-stomatologik, laborator va funksional tadqiqotlar asosida stomatologik kasalliklari – OBShQ qarshiligi pasayishi etiopatogenetik mexanizmlari asoslanganligi, bashoratlanayotgan kasalliklarning asoratlari oldi olingan, ijobiy natijalar - davolash sifatida aks etgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV infisirlangan bemorlarda klinik-stomatologik, laborator va funksional tadqiqotlar asosida stomatologik kasalliklari – OBShQ qarshiligi pasayishi etiopatogenetik mexanizmlari asoslanganligi, bashoratlanayotgan kasalliklarning asoratlari oldi olingan, ijobiy natijalar davolash sifatini yaxshilashi hisobidan iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “OIV infisirlangan bemorlarning stomatologik holatini optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 23-m/158-sonli ma’lumotnomasi) OIV infisirlangan bemorlar OBning yarali yallig‘lanish patologiyalarini davolash va TJT tiklash orqali stomatologik yordam ko‘rsatish davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Xulosa: OIV infisirlangan bemorlarda YuJS a’zo va to‘qimalaridagi gistomorfologik, antropometrik, immunologik, funksional va biokimyoviy o‘zgarishlar asosida o‘rganilib, ayni guruh bemorlar uchun kasallikning etiopatogenetik mexanizmlari asoslanganligini amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: OIV infisirlangan bemorlarda OBShK TP chegarasi va osti sohasi to‘qimalari va TPning ichki yuzasining morfologiyasidagi uzgarishlar asosida TP konstruksiyalari va materiallarining biomexanik, biofizik va dizaynida ijobiy uzgartirishlar kilinib, ixtisoslashgan ortopedik stomatologik yordam samaradorligiga erishish mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: OIV infisirlangan bemorlarda TP osti va chegara sohasi yumshoq to‘qimalari gistomorfologiyasi va TP yuzasining morfologik jihatlarini yaxshilash orkali ixtisoslashgan ortopedik stomatologik yordam ko‘rsatish samaradorligiga erishish mumkinligi isbotlangan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (10.01.2024 y.; №12) hamda Xorazm viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (12.01.2024 y.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV infisirlangan bemorlarda tish protezlari konstruksiyalari hamda qo‘llaniladigan xom-ashyo mahsulotlarining biomexanik xususiyatlari inobatga olinishi, ixtisoslashgan ortopedik stomatologik yordam kursatish samaradorligini oshirib, davolash natijalarini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIV infisirlangan bemorlar OBShK, protez osti va chegara sohasi yumshoq to‘qimalari gistomorfologiyasi va TP yuzasining aksi morfologik jihatlari va tuzilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shu asosda TP konstruksiyalari hamda qo‘llaniladigan xom-ashyo mahsulotlarining biomexanik xususiyatlari inobatga olinib, ixtisoslashgan ortopedik stomatologik yordam kursatish samaradorligiga erishish mumkinligi isbotlanib, bemorlarning davolanish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqarishiga zamin yaratib, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “OIV infisirlangan bemorlarning stomatologik holatini optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 23-m/158-sonli ma’lumotnomasi) OIV infisirlangan bemorlar OBning yarali yallig‘lanish patologiyalarini davolash va TJT tiklash orqali stomatologik yordam ko‘rsatish davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Xulosa: OIV infisirlangan bemorlar OBShK, protez osti va chegara sohasi yumshoq to‘qimalari gistomorfologiyasi va TP yuzasining aksi morfologik jihatlari va tuzilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shu asosda TP konstruksiyalari hamda qo‘llaniladigan xom ashyo mahsulotlarining biomexanik xususiyatlari inobatga olinishi, kompleks davolanish samaradorligini oshirish olish imkonini berib, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish orqali, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: patogenetik jihatdan asoslangan ixtisoslashtirilgan ortopedik stomatologik yordam algoritmi ishlab chiqilgan, termoplastik va akril materialdan tayyorlangan tish protezlarini ichki yuzasiga “GC- gradiya” qurilmasida adgeziv tizimni singdirish yordamida biomexanik, morfostruktura va klinik-funksional xususiyatlarini yaxshilanishi stomatologik ortopedik ixtisoslashgan yordamning samaradorligi bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: patogenetik jihatdan asoslangan ixtisoslashtirilgan ortopedik stomatologik yordam algoritmi ishlab chiqilgan, termoplastik va akril materialdan tayyorlangan tish protezlarini ichki yuzasiga “GC- gradiya” qurilmasida adgeziv tizimni singdirish yordamida biomexanik, morfostruktura va klinik-funksional xususiyatlarini yaxshilanishi stomatologik ortopedik ixtisoslashgan yordam kursatish samaradorligiga erishish mumkinligi isbotlangan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (10.01.2024 y.; №12) hamda Xorazm viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi bo‘yicha buyruq (12.01.2024 y.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ixtisoslashtirilgan ortopedik stomatologik yordam algoritmi ishlab chiqilgan, termoplastik va akril materialdan tayyorlangan tish protezlarini ichki yuzasiga “GC- gradiya” qurilmasida adgeziv tizimni singdirish yordamida biomexanik, morfostruktura va klinik-funksional xususiyatlarini me’yorlashtirib, stomatologik ortopedik ixtisoslashgan yordamning samaradorligini oshirib, davolash natijalari yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Termoplastik va akril materialdan tayyorlangan tish protezlarini ichki yuzasiga “GC- gradiya” qurilmasida adgeziv tizimni singdirish yordamida biomexanik, morfostruktura va klinik-funksional xususiyatlarini yaxshilanishi mumkinligi isbotlanib, bemorlar katnovi qisqarishiga davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: OIV infisirlangan bemorlarga QOQP va TOQPni tayyorlash va xom ashyo biomexanik xususiyatlarini inobatga olib, tish qatori nuqsonlarini bartaraf etishga asoslangan ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosida: “OIV infisirlangan bemorlarga tayyorlangan olib qo‘yiladigan protezlarning sifatini va davolash samaradorligini baholash usullari” (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 23-m/156-sonli ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma OIV infisirlangan bemorlarda to‘liq tishsizlik holatini erta tashxislash, KOKTP va TOKTP bilan ortopedik davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Xulosa: Termoplastik va akril materialdan tayyorlangan tish protezlarini “GC” gradiya qurilmasida “Gluma Comfort Bond” adgezivini protez yuzasiga singdirish yordamida biomexanik, morfostrukturaviy va klinik-funksional xususiyatlarini yaxshilanishi mumkinligi isbotlanib, kompleks davolanish samaradorligini oshirish imkonini berishi, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish orqali, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish