Ablazova Kamola Saxibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi): “Normal taqsimot va nazorat kartalar asosida texnologik jarayonlarni stabilligini modellashtirish”, 05.01.07- Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T.3646
Ilmiy rahbar: Axmedov Soxibjon Akbarovich f-m.,f.n., dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti. Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Zafar Ravshanovich - O‘zbekiston Milliy universiteti, “Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar” fakul`teti dekani, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Muradov Farrux Abdukaxarovich - Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, doktorant, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Normal taqsimot bilan modellashtirilgan texnologik jarayonlarning stabilligini aniqlovchi matematik modellar ishlab chiqish, sonli algoritmlar hamda dasturiy majmua yaratish va amalda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asimmetriya va eksess, Kolmogorov hamda Smirnov kriteriylari yordamida texnologik jarayonning stabilligini bitta ko‘rsatkich bilan aniqlovchi nazorat kartalariga asoslangan matematik modellar ishlab chiqilgan;
Smirnov va Styudent kriteriylari yordamida texnologik jarayonning stabilligini ikkita ko‘rsatkich bilan aniqlovchi nazorat kartalariga asoslangan matematik modellar ishlab chiqilgan;
Smirnov va Fisher kriteriylari yordamida texnologik jarayonning stabilligini uchta ko‘rsatkich bilan aniqlovchi nazorat kartalariga asoslangan matematik modellar ishlab chiqilgan;
texnologik jarayonning stabilligini bitta va ikki-uchta ko‘rsatkich bilan aniqlovchi nazorat kartalarga asoslangan matematik modellarga asosan sonli algoritmlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: «UZ Auto Motors» AJdagi payvandlash va bo‘yash sexlarida texnologik jarayonlarning stabilligini ta’minlash natijalari asosida quyidagi natijalarga erishilgan:
texnologik jarayonning stabilligini aniqlash ishlab chiqilgan asimmetriya va eksess, Kolmogorov hamda Smirnov nazorat karta matematik modellari payvandlash sexi ob’ektida qo‘llanilgan. Sexdagi o‘lchash ma’lumotlaridan ilmiy natijalar asosida texnologik jarayonning stabilligi tekshirilgan va baholangan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati hokimligining 2023 yil 28-apreldagi №11/37-238-sonli ma’lumotnomasi). Natijada payvandlash sexida nuqsonlar ulushi hisoblanganda 19,8% ya’ni 80,2% maqsad bilan ish topshirilgan. Zavoddagi G.S.I.P dasturi bo‘yicha payvandlash sexidan olingan 80% maqsad bilan taqqoslaganda bizning natijalarimiz bilan deyarli ustma-ust tushganligi imkonini bergan;
texnologik jarayonning stabilligini aniqlash ishlab chiqilgan asimmetriya va eksess, Kolmogorov hamda Smirnov nazorat karta matematik modellari bo‘yash sexi ob’ektida qo‘llanilgan. Sexidagi o‘lchash ma’lumotlaridan ilmiy natijalar asosida texnologik jarayonning stabilligi tekshirilgan va baholangan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati hokimligining 2024 yil 12-dekabrdagi №06/20-101-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘yash sexida nuqsonlar ulushi hisoblanganda 13,7% ya’ni 86,3% maqsad bilan ish topshirilgan. Zavoddagi G.S.I.P dasturi bo‘yicha bo‘yash sexidan olingan 86% maqsad bilan taqqoslaganda bizning natijalarimiz bilan deyarli ustma-ust tushganligi imkonini bergan.