Xalilov Muzaffar Nurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ko‘p qavatli tikilgan polimerlarni ishlab chiqish va ularni burg‘ilash eritmalarining termik barqarorligini oshirish uchun qo‘llash», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5007.
Ilmiy rahbar: Buxarov Shuhrat Burievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Urinov Sobir Nasrullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p qavatli tikilgan polimerlarni ishlab chiqish va ularni burg‘ilash eritmalarining termik barqarorligini oshirish uchun qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reaksiya aralashmasida akrilonitril (AN) miqdorining monomerlar massasining 20% gacha oshirilishi sistema qovushqoqligini oshirib, biroq AA:AN:AK:GEAA = 60:10:10:1 nisbatida 10% miqdoriga nisbatan past bo‘lib qolishi, bu esa akrilonitril va akril kislotasi guruhlarining yondosh ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ular polimer zanjirlarining o‘sishiga to‘sqinlik qilishi va molekulyar massani pasaytirishi aniqlangan;
haroratni 75°C gacha oshirish polimerlanish reaksiyasini tezlashtirish va polimerlar molekulyar massasini oshirish hisobiga qovushqoqlikning maksimal darajada oshishiga olib kelib, haroratni yanada oshirish esa molekulyar massani kamayttirish va oligomerlar ulushini oshirish orqali tikilgan polimerlarning stabillovchi xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
sintez qilingan tarmoqlangan polimerlar past va o‘rtacha siljish tezliklarida emulsion qovushoqlikni sezilarli darajada oshirgan, bu tarmoqlangan struktura hosil bo‘lishi va molekulalararo o‘zaro ta’sirlarning kuchayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
KMS, gipan va sintez qilingan ANKGK 2% konsentratsiyasida nisbiy qovushoqlik 63; 78 va 75 s ga etishi, shu konsentratsiyada gipan va ANKGK mavjud bo‘lgan suspenziyalarning plastik qovushoqligi 400 ob/min tezlikda 85 dan 23 va 34 sP gacha pasayishi ANKGK tikilgan polimerning yuqori struktura hosil qilish qobiliyatiga bog‘liqligi aniqlangan;
burg‘ilash eritmalarining reologik va filtrlash xususiyatlarini yaxshilash uchun tarmoqlangan polimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarmoqlangan polimerlar burg‘ilash eritmalari stabilizatorlarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burg‘ilash eritmalari uchun stabilizatorlar olish texnologiyasi “Gazli neft va gaz qazib olish boshqarmasi”ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Gazli neft va gaz qazib olish boshqarmasi”ning 2024 yil 7 iyuldagi 01/2-07-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan texnologiya bo'yicha tarkibida 14,0 % quruq modda bo‘lgan burg‘ulash eritmasini olishni imkonini beradi;
issiqlikka chidamli qo‘shimchalar sifatida tikilgan polimer (ANGKK) – burg‘ilash eritmalari stabilizator sifatida qo‘llash usili “Gazli neft va gaz qazib olish boshqarmasi”ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Gazli neft va gaz qazib olish boshqarmasi”ning 2024 yil 7 iyuldagi 01/2-07-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu stabilizatorlardan foydalanish yuqori haroratlarda burg‘ilash eritmalarining qovushoqlik xususiyatlarini yaxshilash va suv ajralishini 2 sm3/30 daqiqa ga kamaytirish imkonini beradi.