Jumanazarov Hasanboy O‘ktamboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm vohasi piyoz agrosenozi entomofaunasi, morfologiyasi va ekologik xususiyatlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B818.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Doschanov Jalol Saparboevich, biologiya fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi piyoz agrosenozlarida tarqalgan hasharotlarning tur tarkibini aniqlash, ularning ekologik-faunistik xususiyatlarini ochib berish va fitofaglar sonini boshqarishning zamonaviy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi piyoz agrosenozida uchrovchi hasharotlar entomofaunasi ilk marotaba o‘rganilib, 9 turkum, 39 oila, 73 avlodga mansub 106 turdan iborat ekanligi asoslangan;
Xorazm vohasi hududida piyoz agrosenozi fitofaglarning 8 turkum, 29 oila, 49 avlodga mansub 63 ta turi va ularning zarari ochib berilgan;
O‘zbekiston hududida oldin qayd qilinmagan 1 ta oila 1 ta avlodga mansub Acrolepia sapporensis Matsumura, 1931 turi aniqlangan;
Xorazm vohasi piyoz agrosenozida entomofaglarning 5 turkum, 10 oila, 24 avlodga mansub 43 ta turi piyoz zararkunandalar bilan oziqlanish - trofik aloqalari baholangan;
Ilk bor Orius laevigatus qandalasi yordamida piyoz tripsi miqdorini boshqarilishining biologik samaradorligi ochib berilgan;
piyoz agrosenozida fitofaglarning zararini oldindan bashorat qiluvchi qurilma va unga dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi piyoz agrosenozi entomofaunasi, morfologiyasi va ekologik xususiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm vohasi (shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l tumanlari) piyoz agrotsenozlarida dominant fitofaglarga qarshi kurashda, shuningdek piyoz dalasini monitoringini olib borish uchun zararkunanda va kasalliklar rivojlanishini GIS texnologiyasi asosida bashorat qilish usullari hamda piyoz zararini oldindan bashorat qiluvchi qurilma moslamasi va unga dasturi Qoraqalpog‘iaton Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligining 2024 yil 30 maydagi 01/18-2-1718-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda piyoz entomofaunasi tur tarkibini ro‘yxatga olish, entomofag hasharotlar yordamida zararkunandalarga qarshi kurashish asosida foydali hasharotlarni saqlab qolish va atrof-muhitni zaharlanishini oldini olish hamda doimiy ravishda piyoz dalasi monitoringini olib borish imkonini bergan;
Xorazm vohasi hududida tarqalgan piyoz entomofaunasiga oid 12 avlod 23 ta turga mansub 63 nusxadagi hasharotlar O‘zRFA Zoologiya institutining Zoologiya kolleksiyasiga topshirtirilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 16 maydagi 4/1255-1075-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalari Shimoliy-g‘arbiy O‘zbekiston hududlarida tarqalgan piyoz entomofaunasi tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlil o‘tkazishda, ularning morfo-biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganishda va foydali turlarni farqlashda hamda biologik rolini baholashda, shuningdek shu sohaga oid atlas tayyorlashda foydalanish imkoniyatini bergan.