Abduazimov Sabirjan Utkurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarni jismoniy va harbiy–amaliy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6714.
Ilmiy rahbar: Ishtaev Dilshod Ravshanbekovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xasanov Axadjon Tursunovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining harbiy-amaliy tayyorgarligini oshirish uchun talab etiladigan jismoniy tayyorgarlik nazorat mashqlarni darajasi bo‘yicha vositalar (qo‘l jangi amallarini maxsus kompleksi – brusda qo‘llarni bukib yozish va turnikda ko‘tarilib aylanish kabi) klasterini ishlab chiqish hisobiga maxsus harakat ko‘rsatkichlari oshirilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining funksional holatini nazorat qilish uchun jismoniy tayyorgarlik jarayonida to‘siqlar tagidan emaklab, suniy va tabiiy to‘siqlarni engib o‘tish hamda tog‘ tayyorgarligini oshirishga qaratilgan mashqlar (tevarak atrof ko‘rinishi cheklangan sharoitlarda tugunlarni bog‘lash kabi) kompleksini qo‘llash hisobiga jismoniy va maxsus tayyorgarliklarini oshiruvchi mashg‘ulot yuklamalar optimalashtirilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining psixologik holatini aniqlash uchun ruhiy holati bo‘yicha rivojlantirishga qaratilgan yetakchi sifatlarni (suvga sakrashda jasorat va juratlilik-qatiyatlilik Erdola testi kabi) rivojlantirish hisobiga murakkab vaziyatlarda o‘zini boshqara olish imkoniyatlari oshirilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining jangovar tayyorgarligini oshirish uchun jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini oshirishga qaratilgan “Harbiy majmuaviy mashqlar” mashg‘ulot kompleksi turli vaziyatlarda jangovar harakatlarni (to‘siqlar yo‘lagini engib o‘tish va ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish kabi) o‘zlashtirish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarning jismoniy va harbiy – amaliy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining harbiy-amaliy tayyorgarligini oshirish uchun talab etiladigan jismoniy tayyorgarlik nazorat mashqlarni darajasi bo‘yicha vositalar (qo‘l jangi amallarini maxsus kompleksi – brusda qo‘llarni bukib yozish va turnikda ko‘tarilib aylanish kabi) klasterini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini shakllantirishda jismoniy mashqlardan tuzilgan harakatlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan dasturi ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 268 - son dalolatnomasi). Natijada tadqiqot yakunida tajriba guruhi kursantlarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 15% ga yaxshilangan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining funksional holatini nazorat qilish uchun jismoniy tayyorgarlik jarayonida to‘siqlar tagidan emaklab, suniy va tabiiy to‘siqlarni engib o‘tish hamda tog‘ tayyorgarligini oshirishga qaratilgan mashqlar (tevarak atrof ko‘rinishi cheklangan sharoitlarda tugunlarni bog‘lash kabi) kompleksini qo‘llash hisobiga jismoniy va maxsus tayyorgarliklarini oshiruvchi mashg‘ulot yuklamalar optimalashtiri bo‘yicha takliflar Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarning jismoniy va harbiy-amaliy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 268-son dalolatnomasi). Natijada kursantlarning harbiy-amaliy tayyorgarligi 14% ga oshganligi aniqlangan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining psixologik holatini aniqlash uchun ruhiy holati bo‘yicha rivojlantirishga qaratilgan yetakchi sifatlarni (suvga sakrashda jasorat va juratlilik-qatiyatlilik Erdola testi kabi) rivojlantirish hisobiga murakkab vaziyatlarda o‘zini boshqara olish imkoniyatlari tayyorgarlik mashg‘ulotlarida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 268 - son dalolatnomasi). Natijada tajriba guruhi kursantlarining bajariladigan harakatlarini bajarish uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichlari 16 % ga oshganligi aniqlangan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining jangovar tayyorgarligini oshirish uchun jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini oshirishga qaratilgan “Harbiy majmuaviy mashqlar” mashg‘ulot kompleksi turli vaziyatlarda jangovar harakatlarni (to‘siqlar yo‘lagini engib o‘tish va ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish kabi) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirishda mashg‘ulotlar jarayoni tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 268-son dalolatnomasi). Natijada kursantlarning jismoniy tayyorgarligi 19 % ga jangovar tayyorgarligi 17 % ga, harbiy-amaliy tayyorgarligi 16 % ga oshgan.