Yaxshieva Zebo Rashidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek adabiyotida Amir Temur obrazi talqinlari: tarixiy haqiqat hamda badiiy voqelik uyg‘unligi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil495.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali.
Ilmiy maslahatchi: Damin Turaev, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Xalilova Dilbar Jalilovna, filologiya fanlari doktori; Karshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o’zbek adabiyotida Amir Temur obrazi badiiy talqin etilgan asarlardagi tarixiy haqiqat hamda badiiy voqelik uyg‘unligini ochib berish asosida jahon va o’zbek adabiyotining tadrijiy taraqqiyot tendensiyalarini tayin etish hamda ularning milliy adabiyotimizdagi istiqbolli tamoyillarini aniq belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek ilmiy va badiiy adabiyotida Amir Temur obrazi talqinining tadrijiy taraqqiyoti kuzatilib, bu obrazning mumtoz va zamonaviy adabiyotdagi talqinlari ochib berilgan;
turli janrlardagi asarlarda ijodkor ijtimoiy-estetik ideali hamda, tarixiy shaxs konsepsiyasi aniqlanib,  Amir Temur va temuriylarga bag‘ishlangan romanlarda tarixiy haqiqatning badiiy voqelikka aylanish prinsiplari belgilangan;
ingliz va o‘zbek tarixiy romanlari genezisi tadqiq etilib, Amir Temur va temuriylarga bag‘ishlangan asarlar konsepsiyasi, arxitektonikasi aniqlangan;
Amir Temur obrazining dramatik talqinlari tadqiqi amalga oshirilib, ingliz va o’zbek dramaturgiyasida Temur obrazini badiiy talqin qilishdagi o’ziga xosliklar dalillangan;
ingliz va o’zbek lirikasida Sohibqiron Amir Temur siymosi talqinida individual ijodiy uslub hamda badiiy mahorati, Amir Temurga bag‘ishlangan she’rlarning poetik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ingliz va o‘zbek adabiyotshunosligida Amir Temurga bag‘ishlangan asarlar tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek ilmiy va badiiy adabiyotida Amir Temur obrazi talqinining tadrijiy taraqqiyoti kuzatilib, bu obrazning mumtoz va zamonaviy adabiyotdagi talqinlari haqidagi xulosalardan AR08855741 “Rukopisnoe nasledie Kazaxstana kak paradigma “Duxovnogo vozrojdeniya” natsii: sbor, xranenie, sifrovizatsiya, sistematizatsiya, sozdanie elektronnogo kataloga, publikatsiya i issledovanie” nomli fundamental loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi M.O.Auezov nomidagi nomidagi Adabiyot va san’at institutining 2024-yil 8 iyuldagi 056/258-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining muhim ilmiy yangiliklar bilan boyitilishiga erishilgan;
turli janrlardagi asarlarda ijodkor ijtimoiy-estetik ideali hamda, tarixiy shaxs konsepsiyasi aniqlanib,  Amir Temur va temuriylarga bag‘ishlangan romanlarda tarixiy haqiqatning badiiy voqelikka aylanish prinsiplariga oid xulosalardan 2021-2023-yillarga mo’ljallangan PF-201912258 “O’zbek adabiyotining ko’p tilli (o’zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 22-avgustdagi  04/1-2146-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy asoslarini boyitishda muhim manba vazifasini o‘tagan;
ingliz va o‘zbek tarixiy romanlari genezisi tadqiq etilib, Amir Temur va temuriylarga bag‘ishlangan asarlar konsepsiyasi, arxitektonikasi borasidagi qarashlaridan “Mitti yulduz” jilolari yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi 54-10/104 raqamli loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo’limining 2023-yil 23-dekabrdagi 37/6-son ma’lumotnomasi) Natijada loyihaning nazariy asoslarini Amir Temurga oid qarashlar bilan boyitishda va amalga joriy qilishda yozuvchining ijtimoiy-estetik qarashlarini takomillashtirish va mahoratini oshirish uchun ingliz va o‘zbek adabiyoti namunalari tahlillaridan foydalanishda muhim manba sifatida foydalanilgan;
Amir Temur obrazining dramatik talqinlari tadqiqi amalga oshirilib, ingliz va o’zbek dramaturgiyasida Temur obrazini badiiy talqin qilishdagi o’ziga xosliklar to‘g‘risidagi xulosalardan 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan FZ-201912099 “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb sayti va multimediya mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 29-avgustdagi  1003/4-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha ishining an’anaviylik va retrospektivlikni yuzaga chiqarishdagi badiiy mahoratga xos ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
ingliz va o’zbek lirikasida Sohibqiron Amir Temur siymosi talqinida individual ijodiy uslub hamda badiiy mahorati, Amir Temurga bag‘ishlangan she’rlarning poetik xususiyatlari xususidagi mulohazalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Ta’lim va islohot” turkum ko’rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 17-05/208-son ma’lumotnomasi). Natijada ko’rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi izchil boyitilib, jahon va o’zbek adabiyotida Amir Temur obrazini yaratish, tarixiy haqiqat va uning badiiy talqini masalalarini yoritish vazifasi amalga oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish