Kurbanov Ozod Sayfiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tiflojurnalistika genezisining ilmiy-nazariy muammolari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2676.
Ilmiy rahbar: Muratova Nozima Faxriddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.   
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; Qurbonova Munavara, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jurnalistikaning ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan yo‘nalishini alohida tarmoq sifatida ilmiy-nazariy asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matbuot turlari orasida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning axborotni qabul qilish imkoniyatlaridan kelib chiqib, ko‘zi ojizlar uchun kontent tayyorlashda ixtisoslashgan maxsus nashrlarga qo‘yilgan inklyuziv va umumiy media talablari isbotlangan;
jurnalistika sohasida axborot uzatishdagi formatlarning kengayishi va ko‘zi ojiz media iste’molchilarning imkoniyati cheklanganlik, e’tibordan chetda qolganlik, ya’ni inklyuzivlik xususiyatlari asoslanib, “tiflojurnalistika” atamasi sohaning alohida tarmog‘i sifatida zarurligi dalillangan;
o‘zbek mediasida birinchi marta mustaqil “Tiflomedia” audiojurnali faoliyatiga asos solinib, eksperiment natijasida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ovozli ma’lumot tayyorlashning audio usullari va mezonlari ishlab chiqilgan;
ommaviy axborot vositalarida ko‘zi ojiz shaxslarga doir kontentlar tahlili asosida inklyuziv kontent tayyorlashda jurnalist etikasi, professional yondashuvlari, media tili va uslubi kabi xususiyatlar aniqlanib, inklyuziv yondashuv tamoyillari ochib berilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tiflojurnalistika genezisining ilmiy-nazariy muammolarini tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
matbuot turlari orasida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning axborotni qabul qilish imkoniyatlaridan kelib chiqib, ko‘zi ojizlar uchun kontent tayyorlashda ixtisoslashgan maxsus nashrlarga qo‘yilgan inklyuziv va umumiy media talablari isbotlanganiga doir xulosalardan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Inklyuzivlik bo‘yicha muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi seminar-treninglarda foydalangan (Milliy mass mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining 2023-yil 19-apreldagi 18-m-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur seminar-treninglarda ishtirok etgan jurnalistlar, blogerlar, jurnalistika bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar hikoyalarini OAVlarida yoritish, inklyuziv reportaj va maqolalar tayyorlash malakasi ortgan;
jurnalistika sohasida axborot uzatishdagi formatlarning kengayishi va ko‘zi ojiz media iste’molchilarning imkoniyati cheklanganlik, e’tibordan chetda qolganlik, ya’ni inklyuzivlik xususiyatlari asoslanib, “tiflojurnalistika” atamasi sohaning alohida tarmog‘i sifatida zarurligi dalillanganiga oid yangiliklardan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tiflomedia” audiojurnali faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassassi tomonidan 2023-yil 5-sentyabrdagi 006690-sonli depotentlash guvohnomasi). Natijada, o‘zbek mediasida birinchi marta ovozli formatdagi mustaqil audiojurnal uchun kontent tayyorlash tajribasi amaliyotda sinab ko‘rilgan;  
o‘zbek mediasida birinchi marta mustaqil audiojurnal faoliyatiga asos solinib, eksperiment natijasida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ovozli ma’lumot tayyorlashning audio usullari va mezonlari ishlab chiqilganiga doir xulosalardan O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvining 2024-yilning 18-iyuldagi 1/01-423-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tiflomedia” audiojurnali faoliyati Jamiyatning maxsus nashri sifatida ish boshlagan;
ommaviy axborot vositalarida ko‘zi ojiz shaxslarga doir kontentlar tahlili asosida inklyuziv kontent tayyorlashda jurnalist etikasi, professional yondashuvlari, media tili va uslubi kabi xususiyatlar aniqlanib, inklyuziv yondashuv tamoyillari ochib berilganiga oid fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Spelling audio dictionary” audiolug‘atini boyitish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassassi tomonidan 2022-yil 4-avgustda berilgan 004995-sonli guvohnoma). Natijada ko‘zi ojizlar uchun mobil ilova, audio lug‘at va brayl yozuvi kabi formatlardan iborat innovatsion amaliy ishlanma 2024-yil noyabr oyida INNOWEEK-2024 innovatsion ishlanmalar haftaligida taqdim etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish