Meyliev Salohiddin Salim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollarning asosiy gelmintozlari va ularga qarshi kurashni takomillashtirish”, 03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V127
Ilmiy rahbar: Yuldashov Nurbek Ergashovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Aktam Gafurovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Urokov Kamoliddin Xudoyberdievich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bugungi kunda qoramollarda uchraydigan asosiy gelmintoz kasalliklarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sharoitida o‘rganish. Bunda sug‘oriladigan, tog‘oldi va tog‘, cho‘l yaylov hududlari qoramollarida tarqalgan gelmintozlarni aniqlash shuningdek gelmintlar tarqalishini qoramollar zotiga bog‘liqlik darajasiga e’tibor qaratish. Qoramollarning asosiy gelmintozlariga qarshi import va mahalliy antigelmint preparatlarni sinovdan o‘tkazish hamda eng samarali antigelmint preparatlarni aniqlab, veterinariya amaliyotiga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qoramollar gelmintozlarining tarqalish darajasi turli iqlim geografik hududlarda aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar qoramollar gelmintozlarga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining hajmi va optimal muddatlarini aniqlash hamda oldini olishni ilmiy va amaliy asoslangan;
ilk bor Respublikamizning hududida qoramollarning asosiy keng tarqalgan gelmintoz kasalliklari aniqlangan;
uzoq yillardan buyon Respublikamizda qoramollar orasida deyarli uchramayotgan neoaskarioz (toxocara) kasalligi Respublikamizning 7 ta hududidagi qoramolchilik xo‘jaliklarida keng tarqalganligi aniqlangan;
ilk bor gelmintoz kasalliklarining qoramol zotiga (mahalliy 58,39%, golishtin-friz 73,40%, simmental 62,90%, aberdin-angust 74,82%) bog‘liq holda turlicha darajada tarqalishi aniqlangan;
Farg‘ona va Andijon viloyati qoramolchilik xo‘jaliklarida ko‘p yillardan buyon uchramagan paramfistomatoz kasalligi Farg‘ona viloyatida 1,04 foiz, Andijon viloyatida 1,47 foiz tarqalganligi aniqlangan;
Respublikamizning sug‘oriladigan mintaqalarida qoramollarning 68,50 foizi, tog‘oldi-tog‘ mintaqalarda 71,62 foizi hamda cho‘l-yaylov mintaqalarida 40,12 foizi umumiy gelmintozlar bilan zararlanganligi aniqlangan;
qoramollar gelmintozlariga qarshi davolash va profilaktik maqsadlar uchun 6 xil preparatlarning antigelmintik xususiyati aniqlangan;
qoramollarning nematodoz, sestodoz va trematodoz kasalliklariga qarshi kurashish uchun eng samarali albendazol 4% +oksiklozanid 7% preparati ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoramollar gelmintozlarining tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Qoramollarning oshqozon-ichak strongilyatlarini tarqalishi, dovolash va oldini olish chora-tadbirlari» (2024) tavsiyanoma tasdiqlanib amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 02/23-577-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramolchilik xo’jaliklarni ushbu kasalliklardan sog‘lomlashtirish imkoni yaratilgan.
Qoramollarning asosiy gelmintozlari va ularni Qaraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda, turli geografik-iqlim mintaqalarida tarqalish darajasini aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi fermer va aholi xonadonlaridagi qoramollarda gelmintologik tekshirishlar orqali monitoring olib borilib, joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 02/23-577-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollardan olib tekshirilgan 2073 ta namunaning 64,88 % da gelmintozlar bilan turli xil darajada zararlanganligi aniqlangan hamda qoramollarning ushbu gelmintozlarga qarshi tejamkor va yuqori samarali davolash usullari bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiyalar berilgan.
Tadqiqotlar natijasida qoramollarning asosiy gelmintoz kasalliklariga qarshi aniqlangan eng samarali antigelmint preparatlar Samarqand viloyatining Ishtixon, Toyloq tumanlarida va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi qoramolchilikga ixsoslashgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi xonadonlariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 02/23-577-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarning asosiy gelmintozlariga qarshi qo‘llanilgan antigelmint preparatning samaradorligi o‘rtacha har 1 so‘m hisobiga 8,22 so‘mni tashkil etgan.