Nabijanov Yusufjon Inomiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili ta’limida grafik organayzerlardan foydalanish texnologiyalari”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3884.
Ilmiy rahbar: Sobirova Maxbuba Yusupdjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdurahmonova Barno Muhammadjonovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini (5-7-sinflar) o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili ta’limida grafik organayzerlardan foydalanish afzalliklari, uning mantiqiy-didaktik tuzilmasi, motivatsion-qadriyatli faoliyat ekanligi, refleksiv-baholashga doir komponentlarni o‘quvchi ijodiy faoliyatida shakllantirish, mantiqiy fikrlash, loyihaviy faoliyatni ta’lim jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
ona tili darslarida grafik organayzerlar vositasida matnlarni tez va oson o‘qilishi hamda tushunilishini ta’minlash, lingvistik bilimlarni rivojlantirishning didaktik algoritmi analitik-modellashtirish (texnik vazifalarni belgilash, samaradorlikni asoslash), konstruktiv-shakllantiruvchi (axborotlar ustida ishlash, ijodiy loyihalar yaratish), korreksion-diagnostik (natijalar monitoringi), taqdimot-umumlashtirish kabi bosqichlarni korporativ moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
grafik organayzerlarni hosil qiluvchi dasturiy ta’minotlar (Kidspiration, Cmaptools, EdrawMax, EdrawMind, MindOnMap) asosida rivojlantirilgan ona tili ta’limi modelining jarayonli komponenti motivatsion (o‘quvchilar subektiv pozisiyasini qaror toptirish), mazmunli, loyihaviy-ijodiy bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi bilan maqbul adaptivligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
grafik organayzerlar (“Konsepsiya xaritalari” hamda “Aql xaritalari”)ning ona tili ta’limi sifatini oshirishdagi o‘rni loyihaviy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta sinf (5-7-sinf)larda ona tili darslarida grafik organayzerlardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili ta’limida grafik organayzerlardan foydalanish afzalliklari, uning mantiqiy-didaktik tuzilmasi, motivatsion-qadriyatli faoliyat ekanligi, refleksiv-baholashga doir komponentlarni o‘quvchi ijodiy faoliyatida shakllantirish, mantiqiy fikrlash, loyihaviy faoliyatni ta’lim jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan 2022-yili O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi nashrga tavsiya etgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-7-sinfi uchun darsliklarni yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 14-oktyabrdagi 01/11-6-817-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’limda ona tili darslarini tashkil qilishda grafik organayzerlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ona tili darslarida grafik organayzerlar vositasida matnlarni tez va oson o‘qilishi hamda tushunilishini ta’minlash, lingvistik bilimlarni rivojlantirishning didaktik algoritmi analitik-modellashtirish, konstruktiv-shakllantiruvchi, korreksion-diagnostik, taqdimot-umumlashtirish kabi bosqichlarni korporativ moslashtirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika ta’lim markazi va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Pandemiya sharoitida sifatli ta’lim sari birgalikda” nomli qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 14-oktyabrdagi 01/11-6-817-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, matnlarni tahlil qilishni takomillashtiruvchi hamda lingvistik bilimlarni oshirishga xizmat qiluvchi grafik organayzer modellarini yaratish, matnlarni tez va oson idrok etilishini ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
grafik organayzerlarning ona tili ta’limi sifatini oshirishdagi o‘rni loyihaviy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan Namangan davlat chet tillar institutida 2022/2023-yillarda bajarilgan KA 107/2022-2023 “ERASMUS+mobility program” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-iyundagi 4/17-4/4-9282-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kidspiration, Cmaptools, EdrawMax, EdrawMind, MindOnMap grafik organayzerlari dasturiy ta’minotlari asosida ona tili ta’limi modelini takomillashtirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
grafik organayzerlarni hosil qiluvchi dasturiy ta’minotlar asosida rivojlantirilgan ona tili ta’limi modelining jarayonli komponenti motivatsion, mazmunli, loyihaviy-ijodiy bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi bilan maqbul adaptivligini belgilash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali DMning 2024-yil mart va aprel oylaridagi “Minbar”, “Mahalla yangiliklari” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 20-iyundagi 01-15-422-son ma’lumotnomasi,). Natijada, Kidspiration, Cmaptools, EdrawMax, EdrawMind, MindOnMap kabi grafik organayzerlarni hosil qiluvchi dasturiy ta’minotlar asosida rivojlantirilgan ona tili ta’limi modeli ishlab chiqilib, ana shu dasturiy ta’minotlar bilan ishlash texnologiyasini qo‘llashga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.