Mamatisakov Jaxongirmirzo Jamoliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini o‘quvchilarda geologik bilimlarni rivojlantirishga tayyorlash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5055.
Ilmiy raxbar: Ahmadaliev Yusufjon Ismoilovich,  geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Furqat To‘raqulovich, pedagogika fanlar doktori (DSc), dotsent; Jonibekov Bobur Omonovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini o‘quvchilar geologik bilimlarini rivojlantirishga tayyorlash metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini o‘quvchilarda geologik bilimlarini rivojlantirishga tayyorlash modeli geologik tadqiqotlar namunalaridan foydalanishning pedagogik bosqichlarini progressiv ko‘rsatkichli metodlarga sinergetik optimallashtirish jarayoni o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida geologik bilimlarni rivojlantirish va geografiya ta’limida geografiya+toponimika+geologiya uzviyligini ta’minlash asosida o‘quvchilarni geologik axborotlar bilan ta’minlashning axborot-metodik tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini o‘quvchilarga geologik bilimlarni berish va ularni geologik dunyoqarashini shakllantirishning metodik tizimini motivatsion, kognitiv, faoliyatli mezonlariga ustuvorlik berish hamda kreativ (yuqori), reproduktiv (o‘rta) va adaptiv (past) darajali topshiriqlar asosida o‘stirish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida geologik bilimlarni rivojlantirishga tayyorlash imkoniyatlari (motivatsion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv) eksperimental faoliyatga asoslangan tizimda androgogik loyihaviy faoliyatning masofaviy shakllarini amalda faol qo‘llash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini o‘quvchilarda geologik bilimlarni rivojlantirishga tayyorlash metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida geologik bilimlarni rivojlantirish va geografiya ta’limida geografiya+toponimika +geologiya uzviyligini ta’minlash asosida o‘quvchilarni geologik axborotlar bilan ta’minlashning axborot-metodik tizimi takomillashtirilganligiga doir yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 29-iyundagi 04/11-5353-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini o‘quvchilar geologik bilimlarini rivojlantirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida geologik bilimlarni rivojlantirishga tayyorlash imkoniyatlari (motivatsion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv) eksperimental faoliyatga asoslangan tizimda androgogik loyihaviy faoliyatning masofaviy shakllarini amalda faol qo‘llash asosida aniqlashtirilganligiga oid tavsiyalar “Geomorfologiya va geologiya asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 28-iyundagi 02/01-01-58-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning natijaviy yangiliklari asosida geografiya fani o‘qituvchilarida geologik bilimlarni rivojlantirishga tayyorlash imkoniyatlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini o‘quvchilarda geologik bilimlarini rivojlantirishga tayyorlash modeli geologik tadqiqotlar namunalaridan foydalanishning pedagogik bosqichlarini progressiv ko‘rsatkichli metodlarga sinergetik optimallashtirish jarayoni o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilganligiga doir yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 29-iyundagi 04/11-5353-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini o‘quvchilar geologik bilimlarini rivojlantirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini o‘quvchilarga geologik bilimlarni berish va ularni geologik dunyoqarashini shakllantirishning metodik tizimini motivatsion, kognitiv, faoliyatli mezonlariga ustuvorlik berish hamda kreativ (yuqori), reproduktiv (o‘rta) va adaptiv (past) darajali topshiriqlar asosida o‘stirish metodikasi takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar “Geomorfologiya va geologiya asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 28-iyundagi 02/01-01-58-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning natijaviy yangiliklari asosida geografiya fani o‘qituvchilarini o‘quvchilarga geologik bilimlarni berish va ularni geologik dunyoqarashini shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish