Boltaev Abduvoxid Abdulazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2185.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori; Kasimova Zebo Xamidovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi motivatsion-qadriyatli, emotsional-irodaviy, mazmunli-jarayonli komponent-larning ijtimoiy, kommunikativ, maxsus va kognitiv kompetensiyalar, mazkur jarayonga xos axloqiy-pedagogik, etnopedagogik, samarali muloqot, tarbiyaviy funksiyalar bilan o‘zaro birligi va shartlanganligini qat’iy hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishning aksiologik yondashuvga asoslangan qadriyatli munosabatni qaror toptirish, bilimlarni ijodiylik bilan uyg‘unlashuvini qadriyatli anglash va baholash, muntazam o‘z-o‘zini rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyatini shakllantirish kabi determinantlari pedagogik aksiologiyaning pragmatiklik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish modelinining tashkiliy bloki to‘garak va trening mashg‘ulotlari jarayonida komandada ishlashni jadallashtirish, tezkor diagnostika kabi didaktik, insonparvarlik paradigmasi asosida ta’limiy muhitni yaratish, interfaol texnologiyalarning produktivliklik jihatini kengaytirish singari psixologik-pedagogik shart-sharoitlarning shaxsning aksiosferasiga ta’sir darajasi sublimatsiyasini faollashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetenlikni rivojlantirishning texnologizatsion jihatlari shaxsning nevrotik (kompensator) tip bo‘yicha rivojlanish dinamikasi barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan produktiv hayotiy va kasbiy faoliyatga undovchi kasbiy-shaxsiy o‘sish treninglarini motivatsion, chaqiriq, anglash, axborotlarni uzatish, refleksiya bosqichlariga muvofiq tashkil etish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasini motivatsion-qadriyatli, emotsional-irodaviy, mazmunli-jarayonli komponent-larning ijtimoiy, kommunikativ, maxsus va kognitiv kompetensiyalar, mazkur jarayonga xos axloqiy-pedagogik, etnopedagogik, samarali muloqot, tarbiyaviy funksiyalar bilan o‘zaro birligi va shartlanganligini qat’iy hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Odob kitobi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil  4-martdagi 01/11-02/2-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishning aksiologik yondashuvga asoslangan qadriyatli munosabatni qaror toptirish, bilimlarni ijodiylik bilan uyg‘unlashuvini qadriyatli anglash va baholash, muntazam o‘z-o‘zini rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyatini shakllantirish kabi determinantlarini pedagogik aksiologiyaning pragmatiklik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish modelinining tashkiliy blokini to‘garak va trening mashg‘ulotlari jarayonida komandada ishlashni jadallashtirish, tezkor diagnostika kabi didaktik, insonparvarlik paradigmasi asosida ta’limiy muhitni yaratish, interfaol texnologiyalarning produktivliklik jihatini kengaytirish singari psixologik-pedagogik shart-sharoitlarning shaxsning aksiosferasiga ta’sir darajasi sublimatsiyasini faollashtirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Amerikaning Ta’limda Global Hamkorlik loyihasi(GPE)ning 2022 yil yakunlari boʼyicha yakuniy hisoboti asosida “Gender va inklyuziv ta'lim” yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 4-martdagi 01/11-02/2-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda gender va inklyuziv ta’limga xos deontologik tayyorgarlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetenlikni rivojlantirishning texnologizatsion jihatlarini shaxsning nevrotik (kompensator) tip bo‘yicha rivojlanish dinamikasi barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan produktiv hayotiy va kasbiy faoliyatga undovchi kasbiy-shaxsiy o‘sish treninglarini motivatsion, chaqiriq, anglash, axborotlarni uzatish, refleksiya bosqichlariga muvofiq tashkil etish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Amerikaning Ta’limda Global Hamkorlik loyihasi (GPE) doirasida “2023-2026 yillarga moʼljallangan yo‘l Xaritasi”ning oʼqituvchilar salohiyati va malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 4-martdagi 01/11-02/2-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish