Sadibaqosev Habibullo Shodiboy o‘g‘lining
siyosiy fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy xalqaro xavfsizlik tizimida AQSh va Xitoyning o‘rni” mavzusidagi 23.00.04 - “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ss101
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich. tarix fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar:
Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor.
Karimova Nataliya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Nurimbetov Raxmatulla Ibragimovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy xalqaro xavfsizlik tizimida AQSh va Xitoy o‘rni va rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hozirgi xalqaro xavfsizlik tizimi arxitekturasining bugungi zamon talablariga to‘liq javob bermasligi, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha G‘arb va Sharq yondashuvlarining bir-biridan farq qilib, dunyo tartibotining qaytadan qutblashib borish tendensiyasini inobatga olgan holda zamonaviy xalqaro havfsizlik tizimini isloh qilish zaruriyati “konstruktiv sekyuritizatsiya” paradigmasiga ko‘ra asoslab berilgan;
Evroosiyo makonidagi xavfsizlik o‘lchovlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi global raqobat natijasida transformatsiyaga uchrayotganligi, Xitoyning xalqaro maydonda AQSh ta’sirini cheklashga qaratilgan ko‘p qutbli dunyo tartibotini qo‘llab-quvvatlash strategiyasi xalqaro munosabatlardagi kuchlar nisbatining an’anaviy kuch markazlaridan yangi kuch markazlariga o‘tkazish jarayonlariga turtki berayotganligi “Fukidid tuzog‘i” konsepsiyasi asosida isbotlangan;
bugungi dunyoni sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ziddiyat va tartibsizlik dunyosi deb hisoblaydigan AQSh realistik yondashuvlaridan farqli ravishda XXR “dunyo – bir oila” tamoyili asosida bir-birini tiyib turish, barcha millat va xalqlarning umummanfaatlarini o‘zida aks ettiruvchi idealistik qarashlarni ilgari surayotganligi Xitoyning “Tyansya” xavfsizlik mafkurasi orqali aniqlangan;
Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda AQSh va Xitoy kabi yirik kuch markazlarining o‘zaro raqobatini muvozanatlashtirish, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik istiqbollari bo‘yicha strategik mavhumlikning saqlanib qolayotganligidan kelib chiqib, mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yakdil yondashuvlarni nazarda tutuvchi “Markaziy Osiyo kollektiv xavfsizlik strategiyasi”ni ishlab chiqish taklifi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda AQSh va Xitoy kabi yirik kuch markazlarining o‘zaro raqobatini muvozanatlashtirish, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik istiqbollari bo‘yicha strategik mavhumlikning saqlanib qolayotganligidan kelib chiqib, mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yakdil yondashuvlarni nazarda tutuvchi “Markaziy Osiyo kollektiv xavfsizlik strategiyasi”ni ishlab chiqish taklifiga oid ilmiy tadqiqot xulosasi va unga tegishli tahliliy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan respublika vazirlik va idoralariga yuboriladigan axborot-tahliliy xujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi 01-18-08-08/10503-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosatini amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan omillarga oid tahliliy ma’lumotnomalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
Evroosiyo makonidagi xavfsizlik o‘lchovlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi global raqobat natijasida transformatsiyaga uchrayotganligi, Xitoyning xalqaro maydonda AQSh ta’sirini cheklashga qaratilgan ko‘p qutbli dunyo tartibotini qo‘llab-quvvatlash strategiyasi xalqaro munosabatlardagi kuchlar nisbatining an’anaviy kuch markazlaridan yangi kuch markazlariga o‘tkazish jarayonlariga turtki berayotganligi “Fukidid tuzog‘i” konsepsiyasiga oid xulosa va tahliliy ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi 01-18-08-08/10503-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boruvchi tahliliy markazlarning ilmiy-tahliliy bazasini kengaytirishga xizmat qilgan;
bugungi dunyoni sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ziddiyat va tartibsizlik dunyosi deb hisoblaydigan AQSh realistik yondashuvlaridan farqli ravishda XXR “dunyo – bir oila” tamoyili asosida bir-birini tiyib turish, barcha millat va xalqlarning umummanfaatlarini o‘zida aks ettiruvchi idealistik qarashlarni ilgari surayotganligi Xitoyning “Tyansya” xavfsizlik mafkurasiga oid xulosasi va unga tegishli tahliliy ma’lumotlardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 27-noyabrdagi 02-02/02/1/3193-son Dalolatnomasi) Natijada, mafkuraviy masalalar bo‘yicha targ‘ibot ishlarida yangicha tahliliy ma’lumotlardan foydalanish orqali ta’sirchanlik va ishonchlilikni oshirish imkonini bergan;
hozirgi xalqaro xavfsizlik tizimi arxitekturasining bugungi zamon talablariga to‘liq javob bermasligi, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha G‘arb va Sharq yondashuvlarining bir-biridan farq qilib, dunyo tartibotining qaytadan qutblashib borish tendensiyasini inobatga olgan holda zamonaviy xalqaro havfsizlik tizimini isloh qilish zaruriyati “konstruktiv sekyuritizatsiya” paradigmasiga ko‘ra asoslab berilganiga oid xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “IL-5221091507-Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqboli (O‘zbekistonning tashabbusi asosida)” nomli davlat granti loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 13-sentyabrdagi 01-04-01/2099-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, G‘arb va Sharq davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishida AQSh va Xitoy raqobati oqibatlarining ta’sirini oldini olishga oid konseptual taklif va xulosalar shakllantirishga xizmat qilgan.