Egamnazarov Bexzod Bahromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholichilik klasterlari uchun mashinalar va ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasi tarkiblarini asoslash” 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4509.
Ilmiy rahbar: Rustamov Raxmatali Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karimjon Katibovich texnika fanlari doktori, professor va Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholichilik klasterlari uchun mashinalar va ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasini tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sholichilik klasterining bosh modeli eng katta ekin maydoniga ega hududiy sholichilik klasterlaridan tashkil topgan variatsion qatorga statistik ishlov berish yo‘li bilan yaratilgan va matematik kutilishning yuqori chegarasi (2108 ha) uning ratsional er maydoni sifatida qabul qilingan;
bosh modelda sholi etishtirish uchun talab etiladigan texnika vositalarining tarkiblari va miqdorlari, texnologik xaritada belgilab qo‘yilgan operatsiyalar soni, agrotexnik mavsumlar davomiyligi va mashinalarning o‘rtacha ish unumdorligi asosida ishlab chiqilgan me’yoriy metoddan foydalangan holda aniqlangan;
ko‘chma ustaxona xodimlarining ratsional soni uning tomonidan bir birlik servis ko‘rsatishga sarflanadigan solishtirma xarajatlar minimumi mezoni asosida aniqlangan;
texnik servis obektlarining loyihalari, qurilmalari va uskunalari “TCT RICE” klasterdagi sholi kombaynlarining soni, ularni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishga doir texnologik xaritalar va tartiblarga tayangan holda tanlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sholichilik klasterlari uchun mashinalar va ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasi tarkiblarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
belgilangan er maydonlarida sholi etishtirish agrotadbirlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining tarkibi, turlari, rusumlari va miqdorlari, kombayn va traktorlarnini ta’mirlash ishlari, ularga ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasini tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar “TCT RICE” MChJ sholichilik klasteri amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 24-noyabrdagi 07/22-05/6054-son ma’lumotnomasi). Natijada sholichilik agregatlarining kundalik ish unumini 19,5 foizga ortishi, servis xarajatlarini 65 foizga kamayishi ta’minlangan;
nosoz kombaynlarni ta’mirlash jarayonining umumiy qoidalari (algoritmi), sholi kombaynlarini ta’mirlash uchun texnologik kartalar “Yuqorichirchiq Agroservis MTP” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 24-noyabrdagi 07/22-05/6054-son ma’lumotnomasi). Natijada sholi kombaynlarining buzilishlari 2-3 martaga kamayadi, yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 3-5 foizga va ta’mirlash chiqimlari 20-30 foizga tejalgan;
kombayn va traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish tartiblari, servis markazi ko‘chma ustaxonasi xodimlarining ratsional soni “Do‘stlik Agroservis MTP” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 24-noyabrdagi 07/22-05/6054-son ma’lumotnomasi). Natijada sholi kombaynlarining ish unumini 36-46 foizga va mavsumiy ishlanmasini 20-28 foizga o‘sish imkoniyatlari yaratilgan;
servis markazi ko‘chma ustaxona xodimlari sonini asoslash va ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bazasi samarasini oshirish bo‘yicha takliflar “Mingbuloq Agroservis MTP” amaliyotiga joriy etilgan (Mingbuloq Agroservis MTP tomonidan 2024-yil 17-iyuldagi berilgan dalolatnomasi) . Natijada sholi kombaynlarining ish unumini 36-46 foizga va mavsumiy ishlanmasini 20-28 foizga o‘sish imkoniyatlari yaratilgan.