Komolidinova Firuza Murodali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompression paypoq mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirish (Improving the technology for producing compression hosiery)”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3712.
Ilmiy rahbar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Petrosova Larisa Ivanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paypoq to‘quv avtomatlarining texnologik imkoniyatlaridan kengroq foydalanib hamda to‘qima tuzilishi xususiyatlaridan kelib chiqib, kompression paypoq mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolardan foydalangan holda, turli iqlim sharoitlarga mos keluvchi kompression paypoq mahsulotlarini olishning turli rapportdagi futer trikotaj to‘qima tuzilishlarini qo‘llash hisobiga resurstejamkor usuli ishlab chiqilgan;
kompression trikotaj to‘qimalari texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlarini to‘qima tuzilishi rapporti va tarkibiy elementlariga bog‘liqlik qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
kompression trikotaj to‘qimalariga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda uzilish kuchi va uzilishdagi cho‘zilish ko‘rsatkichlarini qalinligi bo‘yicha bog‘lanishlari olingan;
yangi to‘qima tuzilishlari asosida va mos xomashyo turlarini qo‘llab kompression paypoq mahsulotining yangi modelini olish usuli va to‘qima tuzilishi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paypoq to‘quv avtomatlarida kompression paypoq mahsulotlarini olish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kompression paypoq mahsulotining takomillashgan konstruksiyasi va olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi tomonidan foydali modelga patenti olingan (“Uch qismi ochiq bo‘lgan kompression paypoq mahsuloti” № FAP 2567-20.08.2024 y.). Natijada kompression trikotaj mahsulotining kompression va gigienik xususiyati yaxshilashga erishilgan;
turli rapportdagi futer trikotaj to‘qimasi asosida kompression paypoq mahsulotlarini olish usuli “Bravo original textile” MChJ va “AZIA MAX INVEST” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 05.07.2024 yildagi 03/25-1654-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga hamda xom ashyo sarfini 34% gacha kamaytirishga erishilgan, korxonalarda varikozga qarshi kompression paypoq mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.