Fayzullaev Bahodir Sayfulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «KS-4V va KU-1 turdagi kvars shishalarida radiasiya bilan qoʻzgʻatilgan xodisalar», 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1. PhD/FM181
Ilmiy rahbar: Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Jumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Ramazanov Asror Xamroevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi KS-4V va KU-1 o‘ta toza kvars shishalarida gamma-nurlar, neytronlar, aralash neytronlar va gamma-nurlar oqimi ta’sirida bo‘yalish va lyuminessensiya markazlarining hosil bo‘lish mexanizmlarini qiyosiy o‘rganish va ularning radiatsion-optik barqarorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vakuumli sharoitda etishtirilgan shishalarda (KI, KS-4V) maksimumi 665 nm bo‘lgan yangi optik yutilish markazi topilgan va ≡Al3+– M+O–Si≡ - markaz sifatida aniqlangan;
1020÷1021 m-2 flyuens intervalida KU-1 shishalarida E´-markazlar va NAK kabi nuqsonlarning samarali hosil bo‘lishi aniqlangan, bu markazlarning tashkil etuvchilari ko‘pligi bilan bog‘liq, 1021 m-2 dan katta flyuenslarda esa nuqsonlar KS-4V shishalarida samaraliroq paydo bo‘ladi, bu E´-markazlari va NAK ning vodorod ionlari tomonidan bloklanishi bilan bog‘liq va KU-1 shishalarida ularning o‘rnida ≡Si−H va ≡Si−OH bog‘lamlar holatlarining hosil bo‘lishi aniqlangan;
3614 sm-1 dagi IQ yutilish ≡Si−OH molekulyar markazlaridagi tebranishlar tufayli ekanligi aniqlangan, bu erda vodorod ≡ Si−O−Si≡ bog‘lamlarda ko‘prik kislorod bilan zaif bog‘langan, 3552 sm-1 dagi yutilish esa kuchli bog‘langan juft markazlarning ≡Si-OH tebranishlari natijasidir;
1020÷1022 m-2 neytron flyuens intervalida nurlanishdan so‘ng chiziqli kuchsiz bog‘langan konfiguratsiyalar (3666 sm-1 diapazonda) va izolyasiya qilingan OH guruhlar (3690 sm-1) 3614 sm-1 va 3552 sm-1 dagi kuchli bog‘langan tuzilmalarning qayta joylashishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
2260 sm-1 dagi yutilish OH guruhlari tarkibiga bog‘liq emasligi va ≡Si-O-Si≡ ko‘prik bog‘lanishlarining deformatsiyaviy tebranishlari bilan bog‘liqligi isbotlangan. Neytronlar oqimining 1018 sm-2 fluensdan oshishi bilan uning intensivligi pasayadi va maksimumi past chastota tomonga siljiydi, bu esa koʻprikli ≡Si–O–Si≡ bilan bog‘lanish burchagining kamayishi tufayli shisha zichligi ortishi bilan bogʻliq;
keng spektral oraliqda (200-2000 nm) qattiq jismlardagi va tolali yorug‘lik o‘tkazgichlardagi ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirida optik javobni qayd etish uchun spektrometrning o‘lchash yacheykasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: KS-4V va KU-1 turdagi kvars shishalarida radiatsiya bilan qo‘zg‘atilgan hodisalarni o‘rganish natijasida olingan natijalarga asoslanib:
KS-4V va KU-1 turdagi kvars shishalarida o‘tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (xalqaro jurnallardagi havolalar Nuclear Fusion, 2017,V.57, No 9, 092009; Acta Materialia 2023, V.255, 119097; VANT. Ser. Termoyaderniy sintez, 2023, t. 46, v. 3, C. 11-31; Journal of Modern Physics, 2014, V.5, No 12, 47743). Ilmiy natijalardan foydalanish kvars shishalaridagi ba’zi nurlanish markazlarining tabiatini izohlash imkonini bergan;
qattiq materiallarning radiatsiya ta’sirida optik reaksiyasini qayd etish uchun ishlab chiqilgan yacheyka O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida ro‘yxatga olingan (06.08 2013y. dagi № FAP 01008-son O‘zR foydali model` patenti), u ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirida xosil qilingan qilingan keng spektrli oblastda (200÷2000 nm) qattiq jismli materiallarda (kristalli, amorf jismlar) va yorug‘lik o‘tkazuvchi tolalarda optik reaksiya (optik yutilish, lyuminessensiya va Cherenkov nurlanishi) xususan, radiatsiyaviy materiallarshunoslik sohalarida mavjud optik spektrometrlar ko‘lamini kengaytirish vositasi sifatida qayd etishda optik spektrometriyada qo‘llaniladi.