Haydarov Bahtiyor Abdullajon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalagich konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini hisoblash  metodlari” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2871
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti, Namangan muhandislik qurilish instituti..
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Mansurbek Raximovich, t.f.f.d., katta ilmiy hodim, Murodov Rustam Muradovich, t.f.d., professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalagichning qo‘p qirrali qoziqchali barabanlari bo‘lgan samarali konstruksiyasini ishlab chiqish, nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijasida parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p qirrali qoziqchalari bo‘lgan paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning elektr yuritkichlari, tasmali uzatmalari dissipativ-bikrlik xususiyatlari hamda texnologik qarshiliklarni inobatga olib mashina agregatlari hisob sxemalari va dinamikasini ifodalovchi matematik modellari ishlab chiqilgan ;
qoziqchali barabanlarini yuklanishlarini va o‘tish davrini kamaytirish uchun qoziqchali barabanlar inersiya momentlarini  Jq1≤0.21kgm2; Jq2≤0.195kgm2;  Jq3≤0.19kgm2;  Jq4≤0.185kgm2; Jq5≤0.18kgm2;  Jq6≤0.175kgm2; qiymatlarda olish natijasida tozalagich mashina agregati elektr yuritgichi rotori burchak tezligi va burovchi momentini o‘zgarish qonuniyatlari olingan;
qoziqchali barabanlar burovchi momentlari oshib ketmasligi va burchak tezliklarini ortib borish tartibini saqlash uchun tasmali uzatmalar aylanma bikrlik koeffisientlarini   tartibda tanlash usuli ishlab chiqilgan;
tavsiya  etilgan ko‘p qirrali qoziqchali barabanlari bo‘lgan tozalagich tajriba nusxasida barabanlar burchak tezliklari, yuklanishlarini o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha elektrotenzometrik sxema ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalagich konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini hisoblash metodlari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalagich qoziqli baraban konstruksiyasi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining Namangan viloyatidagi “Namangan paxta teks” MChJ ga qarashli Kosonsoy paxta tozalash zavodida ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanildi (2023-yil 15-oktyabrdagi dalolatnoma). Natijada paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning samarali konstruktiv sxemasi tayyorlangan, unda 12 ta ko‘p qirrali qoziqli baraban ketma-ket joylashib, qoziqchalari ko‘p qirrali bo‘lib, 1-zonada 6 qirrali, 2-zonada 7 qirrali 3-zonada 8 qirrali qilib tayyorlangan. Natijada tavsiya qilingan yangi konstruksiyali tozalagich qo‘llash asosida, tozalash samaradorligi 6,33%ga oshganligini ko‘rsatdi, yumshok ishlash rejimi sababli chigitni shikastlanishi 0,06%ga kamayishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish