Qozoqov Saidmuxtor Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinalarining samarali konstruksiyasini yaratish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4443
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rosulov Ruzimurod Xasanovich, t.f.d., professor, Mamajanov Shavkatjon Olimjonovich, t.f.f.d., dotsent
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosi tarkibidagi yirik iflosliklarni tozalash mashinalari konstruksiyalarini takomillashtirish hamda parametrlarini aniqlash asosida tozalash samaradorligini oshirish va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani yirik iflosliklardan tozalash jarayonida paxta bo’lakchalarini tebranma harakat qilishini ta’minlovchi yangi geometrik shaklga ega bo’lgan qavariq yuzali kolosniklar ishlab chiqilgan;
qavariq yuzali kolosniklarning yuzasi bo’ylab harakatlanayotgan paxta bo’lakchalarining harakat traektoriyasini aniqlashning matematik modeli uning harakat vaqti bilan kolosniklar uzunligi asosida ishlab chiqilgan;
paxtani tozalash jarayonida chiqindilar tarkibidagi paxta bo’lakchalarining miqdori kolosniklar diametriga bog‘liq holda takrorlanmas va kombinatsiyalashgan usul yordamida 6 % ga kamayishi aniqlangan;
qavariq yuzali shaklga ega bo’lgan kolosniklarni tola va chigitga ko’rsatayotgan mexanik ta’sirini ularning joylashuviga bog‘lagan holda yakka va ko‘p pallali paxta oqimini inobatga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Takomillashtirilgan paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qavariq yuzali kolosniklar “Namangan To‘qmachi cluster” MChJ ga qarashli Namangan viloyatining “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan. (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2024-yil 20 fevraldagi 03/22-94-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan mashinaning tozalash samaradorligi 15 foizgacha oshishiga, paxta tolasi II – nav o‘rta sinfdan II – nav yaxshi sinfga o‘zgarishi hamda chiqindi tarkibiga paxta bo‘lakchalari 18-20 % dan 12-14 % kamayishiga erishilgan.