Maxsudova Nilufar Abdurasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillari paremiyalarida baholash kategoriyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD Fil/244.
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi insonning tavsifiy sifatlarini baholashni ifodalovchi paremiyalarning  tematik-ideografik,  milliy-madaniy xususiyatlari, ularda ikki xalq milliy qiyofasini aks  etishining  o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan  iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insonning xarakteri, inellektual salohiyati, yoshiga doir parametrlar bo‘yicha tavsifiy sifatlarni baholashga mo‘ljallangan ingliz va o‘zbek paremiyalari hamda ulardagi baholash vositalari tasnifidagi tafovutlarning lingvomadaniy mazmuni paremiologik birliklarni yaratgan xalqning mentaliteti, madaniyati, tarixi, jug‘rofiy joylashuvi, mamlakat iqlimi va e’tiqodi  bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi  aniqlangan;
 ingliz lingvomadaniyatida insonning tavsifiy sifatlarini mutlaqlashtirmaslik, ambivalent baholash yetakchilik qilishi paremiologik sath doirasida sabrlilik, halollik, botirlik, uyatchanlik, mehnatsevarlik singari ijobiy sifatlarni ayrim vaziyatlarda salbiy baholanishi hamda salbiy sifatlar sanalgan qo‘rqoqlik, ko‘p gapirishlik, yolg‘onchilik, nodonlik ayrim o‘rinlarda ijobiy baholanganligi dalillangan;
 o‘zbek lingvomadaniyatida uyat konsepti atrofida birlashgan andisha, or, nomus, hayo, ibo, sharm tushunchalari insonni va undagi axloqiy meʼyor va qoidalarni nazorat qiluvchi, ingliz lingvomadaniyatida “fair play” adolatli o‘yin tushunchasi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi fenomenlar ekanligi paremiologik birliklarda o‘z ifodasini topganligi isbotlangan;
 ingliz tili paremiologik olam manzarasida shaxs tavsifini baholashda individualizm va o‘zbek tilida jamoaviylikning ustuvorligi, ingliz tilida bahoni ambivalent xarakterga egaligi, somatizmlar faolligi, xalq, uy, yosh konseptlarida namoyon bo‘lishi, o‘zbek tilida esa “el” leksemasining faolligi, insonning yoshi, xarakter xususiyatlari va intellektual salohiyatini baholashni ifodalovchi paremiyalarda aks etishi dalillangan.
IV.Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari paremiyalarida baholash kategoriyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot asosida:
 insonning xarakteri, inellektual salohiyati, yoshiga doir parametrlar bo‘yicha tavsifiy sifatlarni baholashga mo‘ljallangan ingliz va o‘zbek paremiyalari hamda ulardagi baholash vositalari tasnifidagi tafovutlarning lingvomadaniy mazmuni paremiologik birliklarni yaratgan xalqning mentaliteti, madaniyati, tarixi, jug‘rofiy joylashuvi, mamlakat iqlimi va e’tiqodi  bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi xususidagi nazariy mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2018-yillarda bajarilgan OT-A1-018 “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 28-oktyabrdagi 01/10-2227-son maʼlumotnomasi). Natijada olamning paremiologik manzarasini aks ettiruvchi birliklar orqali u yoki bu xalqning milliy-madaniy xususiyatlari, mentaliteti, dunyoqarashi, milliy qadriyatlarini yoritish masalalari o‘z echimini topgan;
ingliz lingvomadaniyatida insonning tavsifiy sifatlarini mutlaqlashtirmaslik, ambivalent baholash yetakchilik qilishi paremiologik sath doirasida sabrlilik, halollik, botirlik, uyatchanlik, mehnatsevarlik singari ijobiy sifatlarni ayrim vaziyatlarda salbiy baholanishi hamda salbiy sifatlar sanalgan qo‘rqoqlik, ko‘p gapirishlik, yolg‘onchilik, nodonlik ayrim o‘rinlarda ijobiy baholanganligi dalillanganiga doir umumiy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida bajarilgan va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligini 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 21-dekabrdagi 04/9478-son maʼlumotnomasi). Natijada tadqiqot darslikni paremiyalarda baho kategoriyasi va uni o‘zbek tili paremiyalarida aks etishiga doir tahliliy materiallar bilan boyishiga xizmat qilgan;
o‘zbek lingvomadaniyatida uyat konsepti atrofida birlashgan andisha, or, nomus, hayo, ibo, sharm tushunchalari insonni va undagi axloqiy meʼyor va qoidalarni nazorat qiluvchi, ingliz lingvomadaniyatida “fair play” adolatli o‘yin tushunchasi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi fenomenlar ekanligi paremiologik birliklarda o‘z ifodasini topganligi hamda ingliz tili paremiologik olam manzarasida shaxs tavsifini baholashda individualizm va o‘zbek tilida jamoaviylikning ustuvorligi, ingliz tilida bahoni ambivalent xarakterga egaligi, somatizmlar faolligi, xalq, uy, yosh konseptlarida namoyon bo‘lishi, o‘zbek tilida esa “el” leksemasining faolligi, insonning yoshi, xarakter xususiyatlari va intellektual salohiyatini baholashni ifodalovchi paremiyalarda aks etishi dalillangani xususidagi ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “Uzbekistan: a land of multifarious geniuses”, “Complex of Imam Bukhari”, “Uzbekistan is a tolerant country” (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) nomli kitoblarni tayyorlashda samarali foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 21-dekabrdagi 02/577-son maʼlumotnomasi). Natijada tadqiqot o‘zbek milliy qiyofasidagi o‘ziga xos jihatlari, qadriyat va anʼanalari bo‘yicha xulosalar chiqarishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish