Urazbaev G‘ayrat Kenjabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. “Isajon Sulton nasri poetikasi (Hikoyalari misolida)”10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1046
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Isajon Sulton nasri poetikasini hikoyalari misolida tadqiq qilish hamda adibning badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hikoya janrining asosiy takomil va evolyusion o‘zgarishlari negizida bugungi hikoyachilikdagi yangilanishlar, uslubiy o‘ziga xosliklar, shakl va mazmun rang-barangligi, kichik janr tarkibidagi ichki bo‘linishlar Isajon Sulton poetik izlanishlari asosida isbotlangan;
adib hikoyalarida badiiy uslub, badiiy til, syujet va kompozision yangilanishlar o‘ziga xosligi, shuningdek, yozuvchi badiiy-estetik tafakkurining rivojlanishiga ta’sir qilgan ijtimoiy, ma’naviy omillar, so‘z qo‘llash mahorati, obrazlilik va obraz yaratish mahorati ochib berilgan;
yangi davr hikoyalarida shakl va mazmun birligi, falsafiy-estetik mushohada zalvori, hayot haqiqati va badiiy to‘qima uyg‘unligi, voqelikning badiiy kashfi va idroki, inson ruhiyatining davr, zamon va ijtimoiy muhit aro evrilishi Isajon Sulton ijodiy takomilida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
badiiy konflikt hamda xarakter yaratish mahorati, peyzaj, portret kabi unsurlarning asarning poetik tarkibining ajralmas qismi sifatida yozuvchi mahoratini aniqlashdagi muhim poetik mezon ekanligi, adibning ularni qo‘llashdagi individual mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Isajon Sulton nasri poetikasi borasida olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan natijalardan quyidagi davlat granti loyihalarida foydalanilgan:
Isajon Sulton hikoyalari badiiyati, yozuvchining poetik mahorati muammosini tadqiq etish hamda uning o‘zbek nasri takomilidagi ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish jarayonida olingan ilmiy natijalaridan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zRFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 27-yanvardagi 17.01/21-son ma’lumotnomasi). Natijada hikoya poetikasining badiiy obraz, portret, badiiy detal va syujet bilan chambarchas aloqadorligi hamda hikoyada syujet ko‘lamdorligi va yaxlitligini ta’minlovchi muhim vosita ekanligi, bugungi o‘zbek hikoyachiligida yangidan yangi ifoda ko‘rinishlari namoyon bo‘layotganligi haqidagi nazariy xulosalarni aniqlash imkonini bergan;
Yozuvchi hikoyalarida kompozisiyaning o‘ziga xosligi, unga mansub unsurlar, jumladan, mavzu, g‘oya, roviy nutqi, xarakter individualligi, adib mahorati va uslubining takomillashuvi kabi muammolar asoslab berilgan nazariy xulosalardan FA-A1-G 004 raqamli “Qoraqalpoqlar tasavvurida ayol timsoli: etnologik tadqiqotlar” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zRFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 27-yanvardagi 17.01/20-son ma’lumotnomasi). Natijada Isajon Sultonning hikoyanavislikda poetik mahorati o‘zbek nasridagi an’anaviy va noan’anaviy uslub shakllari, uning taraqqiyot bosqichlari, hozirgi hikoyalardagi vorisiylik xususiyatlari yoritib berilgan;
Adib hikoyalaridagi hayotiy voqelik va olamni badiiy tasavvur qilish uslubi, qahramonlar ruhiyati va xarakterlardagi samimiylik, ochiqko‘ngillilik, quvnoqlik, mardlik singari milliy qadriyatlar, adolat, hurmat, mehr-oqibat, sevgi, haqiqat kabi umuminsoniylik qirralari ochib berilganligi kabi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining amaliy ishlarida foydalanilgan (2023-yil 17-yanvardagi Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 05.22/28-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi qator ko‘rsatuv va eshittirishlarda jamiyatda axborotning globallashuvi davrida bolalar va o‘smirlar tarbiyasi muammolariga katta e’tibor qaratilishiga ilmiy asos bo‘lgan.