Yusupova Gulchehra Yuldoshovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining modellashtirishga oid kompetensiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6689.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy bir martalik kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Nargiza Baxtiyorbekovna, texnika fanlari doktori, professor; Eminov Aziz G‘ulomovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining modellashtirishga oid kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashni modellashtirish jarayoni ta’lim vositalari va didaktik talablarni individuallashtirish, raqamli texnologiyalar sohasidagi kompetensiyalardan foydalanish va talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishiga ustuvorlik berish, shuningdek, ularning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
pedagogika OTM da bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash modeli modellashtirishga oid kompetensiyalarni rivojlantirish shart-sharoitlarini aniqlash, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirishning modul prinsipi, motivatsion, analitik, kommunikativ, texnik va pedagogik ko‘nikma malakalarning shakllanish dinamikasini kuzatish asosida takomillashtirilgan;
modellashtirishga oid kompetentlikni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari zamonaviy kompyuterli loyihalash tizimlaridan modulli o‘qitishda aks (teskari) aloqaning interaktivligini hisobga olgan holda foydalanish, didaktik sintezlash va didaktik-metodik materiallarni takomillashtirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash samaradorligi kasbiy kompetentlikni takomillashtirishni modellashtirish va prognozlash, aralash o‘qitish, baholashning adekvat mezonlari va metodik zaxiralarni tajribada sinash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining modellashtirishga oid kompetentligini takomillashtirish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
 bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashni modellashtirish jarayonini ta’lim vositalari va didaktik talablarni individuallashtirish, raqamli texnologiyalar sohasidagi kompetensiyalardan foydalanish va talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishiga ustuvorlik berish, shuningdek, ularning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Informatika va raqamli texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida berilgan 635784-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning informatika va raqamli texnologiyalarini o‘qitishga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan shart-sharoitlar yaratilgan;
pedagogika OTM da bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash modelini modellashtirishga oid kompetensiyalarni rivojlantirish shart-sharoitlarini aniqlash, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirishning modul prinsipi, motivatsion, analitik, kommunikativ, texnik va pedagogik ko‘nikma va malakalarning shakllanish dinamikasini kuzatish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Axborot tizimlari” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida berilgan 606061-son nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining ta’lim sohasida raqamli bilim va kompetensiyalari darajasini oshirish imkonyatlari 13 % oshirilgan;
 modellashtirishga oid kompetentlikni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari zamonaviy kompyuterli loyihalash tizimlaridan modulli o‘qitishda qayta aloqaning interaktivligini hisobga olgan holda foydalanish, didaktik sintezlash va didaktik-metodik materiallarni takomillashtirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Informatika va raqamli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida berilgan 635784-son nashr guvohnomasi). Natijada, informatika o‘qitish metodikasini takomillashtirish va o‘qituvchilarning ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli moslashish kompetentligini 13% rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash samaradorligini kasbiy kompetentlikni takomillashtirishni modellashtirish va prognozlash, aralash o‘qitish, baholashning adekvat mezonlari va metodik zaxiralarni tajribada sinash asosida takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar “Axborot tizimlari” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida berilgan 606061-son nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini modellashtirishga o‘rgatishning metodik ta’minotini yaxshilash, ularning zamonaviy ta’lim talablariga tayyorligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish