Babaeva Maxfuza Abduvaitovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minotni yaratish orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish (7-8-sinf)”, 13.00.06 – Raqamli talim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
         Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2965.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljahon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Xolmurod Abdullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 7-8-sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishning integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minot yaratish va joriy etish metodikasiga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini integrativ yondashuv asosida rivojlantirishning pedagogik-didaktik imkoniyatlari o‘qitishning elektron ta’lim resursini yaratish talablarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga adaptiv moslashtirish hamda interfaol jadval, raqamli elektron resurslar, amaliy topshiriqlar kabi didaktik materiallarni oddiydan murakkabga qarab izchil kiritib borish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minotni yaratish orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish modeli elektron ta’lim resurslarga qo‘yiladigan pedagogik, didaktik, psixologik talablar mazmunini shakllantiruvchi axborot bazalari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda o‘z o‘zini boshqarish, web dasturlash bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan komponentlarni ijtimoiy buyurtma ehtiyojlariga maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuvga asoslangan dasturiy ta’minot asosida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi dars-o‘qituvchi, o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi - elektron o‘quv materiallari, o‘quvchi-pedagogik texnologiya, o‘quvchi – tayanch kompetensiyalar komponentlari orasidagi integrativ yaxlitlikni ta’minlash hamda axborotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan ijodiy-ishchan muhit yaratish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minotni yaratish orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi nazariy, amaliy va integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda o‘qitish samaradorligi dinamikligini ta’minlash  hamda baholash mezonlari obektivligini qiyosiy o‘rganishga izchil ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minot yaratish orqali tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini integrativ yondashuv asosida rivojlantirishning pedagogik-didaktik imkoniyatlari o‘qitishning elektron ta’lim resursini yaratish talablarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga adaptiv moslashtirish hamda interfaol jadval, raqamli elektron resurslar, amaliy topshiriqlar kabi didaktik materiallarni oddiydan murakkabga qarab izchil kiritib borish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i asosida berilgan 438176 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minot yaratish orqali tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minotni yaratish orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish modeli elektron ta’lim resurslarga qo‘yiladigan pedagogik, didaktik, psixologik talablar mazmunini shakllantiruvchi axborot bazalari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda o‘z o‘zini boshqarish, web dasturlash bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan komponentlarni ijtimoiy buyurtma ehtiyojlariga maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i asosida berilgan 438176 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minot yaratish orqali tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
integrativ yondashuvga asoslangan dasturiy ta’minot asosida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi dars-o‘qituvchi, o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi - elektron o‘quv materiallari, o‘quvchi-pedagogik texnologiya, o‘quvchi – tayanch kompetensiyalar komponentlari orasidagi integrativ yaxlitlikni ta’minlash hamda axborotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan ijodiy-ishchan muhit yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i asosida berilgan 438176 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, integrativ yondashuvga asoslangan dasturiy ta’minot asosida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
integrativ yondashuv asosida dasturiy ta’minotni yaratish orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi nazariy, amaliy va integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda o‘qitish samaradorligi dinamikligini ta’minlash  hamda baholash mezonlari obektivligini qiyosiy o‘rganishga izchil ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i asosida berilgan 438176 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni integrativ yondashuvga asoslangan dasturiy ta’minot asosida o‘qitish samaradorligini aniqlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish