Avazova Durdona Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Bakieva Xilola Sapaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kenjaeva Muhayyo Abdumuradovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kasbiy-metodik rivojlantirishga yo‘naltirilgan, o‘z-o‘zini faollashtirishning tarkibiy tamoyillarining integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash hamda ta’lim subektlari qayta aloqasini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga tayyorlash jarayoni pedagogik komponentlarning amaliyot bilan bog‘liqlik darajasini oshirisha, tarbiya va rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillaridan foydalanish hamda mavjudlik, intensiv ijodkorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturlariga intensiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga tayyorlash samaradorligi motivatsion-kreativ, kognitiv-jarayonli bosqichlar uzlyuksizligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik mikromuhitni shakllantirish hamda baholash mezonlarining mazmunini istiqboldagi natijadorlik proporsionalligiga bevosita bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishda tayyorlash metodikasi an’anaviy kommunikativ va interaktiv metodlarning rivojlantiruvchi-faol elementlarini tahliliy aniqlash hamda ta’lim sohasiga mos mantiqiy topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirishga oid natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kasbiy-metodik rivojlantirishga yo‘naltirilgan, o‘z-o‘zini faollashtirishning tarkibiy tamoyillarining integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash hamda ta’lim subektlari qayta aloqasini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili-o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi ”11/3.1”-sonli qaroriga asosan berilgan 2024/254U-405 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga tayyorlash imkoni kengaytirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga tayyorlash jarayoni pedagogik komponentlarning amaliyot bilan bog‘liqlik darajasini oshirisha, tarbiya va rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillaridan foydalanish hamda mavjudlik, intensiv ijodkorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturlariga intensiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Ona tili-o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi ”11/3.1”-sonli qaroriga asosan berilgan 2024/254U-405 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga tayyorlashning pedagogik komponentlari, ilmiy metodik asoslarini tizimlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga tayyorlash samaradorligi motivatsion-kreativ, kognitiv-jarayonli bosqichlar uzlyuksizligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik mikromuhitni shakllantirish hamda baholash mezonlarining mazmunini istiqboldagi natijadorlik proporsionalligiga bevosita bog‘lash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili-o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi ”11/3.1”-sonli qaroriga asosan berilgan 2024/254U-405 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga tayyorlash orqali o‘qish savodxonligini rivojlantirish diagnostikasi shakllantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishda tayyorlash metodikasi an’anaviy kommunikativ va interaktiv metodlarning rivojlantiruvchi-faol elementlarini tahliliy aniqlash hamda ta’lim sohasiga mos mantiqiy topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Ona tili-o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi ”11/3.1”-sonli qaroriga asosan berilgan 2024/254U-405 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘qitishda an’anaviy kommunikativ metodlarning elektron didaktik vositalar bilan uzviy aloqasini ta’minlash samaradorligi oshgan.