To‘xtaeva Fazilat Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3929.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov Azam Anvarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limni raqamli transformatsiyasi sharoitida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini elementlari (raqamli hissiy intelekt, muloqat, huquq, identifikatsiya, foydalanish, savodxon) hamda komponentlarini  (raqamli savodxonlik, raqamli yaratuvchi, raqamli hamkorlik) belgilanish asosida kasbiy raqamli kompetensiyani transformatsion, progmatik, kompetentlik kabi rivojlanish bosqichlari aniqlangan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasining tuzilmaviy modeli raqamli muhitdan muvozanatli foydalanish, ta’limni gummanitarlashtirish orqali boshqariluvchi  raqamli ta’lim muhitini loyihalashda “Blum” toksonomyasidan foydalanish, ta’lim oluvchining kognitiv faoliyatiga yoʻnaltirilgan germenevtik, konnektivizim, tizimli, madaniy yondashuvlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi ta’lim oluvchining kognitiv divirigent va insurgent fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan raqamli muhtidan foydlanish orqali faol tajriba bosqichiga olib boruvchi “Kolb” sikliga ustuvorlik berish, “Hybrid learning” texnologiyasiga qaratilingan individual yondashuvlar asosida interaktiv (micro lerning, digital instant feedback, peer learning, question based learning) metodlari asosida takomillashtirilgan;
 bo‘lajak professional ta’lim pedagogining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mezonlari (motivatsion, kognitiv, konstruktiv - kollobrativ, refleksiv), darajalari (reproduktiv (past), produktiv (o‘rta), kreativ (yuqori) ni aniqlashtirish orqali “case based” muvozanatliligi, “project based” kompetentlik darajasini aniqlashga qaratilgan uslubiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari:
ta’limni raqamli transformatsiyasi sharoitida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini elementlari (raqamli hissiy intelekt, muloqat, huquq, identifikatsiya, foydalanish, savodxon) hamda komponentlarini  (raqamli savodxonlik, raqamli yaratuvchi, raqamli hamkorlik) belgilanish asosida kasbiy raqamli kompetensiyani transformatsion, progmatik, kompetentlik kabi rivojlanish bosqichlari aniqlanganligi hamda bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasining tuzilmaviy modeli raqamli muhitdan muvozanatli foydalanish, ta’limni gummanitarlashtirish orqali boshqariluvchi  raqamli ta’lim muhitini loyihalashda “Blum” toksonomyasidan foydalanish, ta’lim oluvchining kognitiv faoliyatiga yoʻnaltirilgan germenevtik, konnektivizim, tizimli, madaniy yondashuvlarni qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim? Fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 356-son buyrugʻi, 356-042 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy kompetentlikni samarali rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi ta’lim oluvchining kognitiv divirigent va insurgent fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan raqamli muhtidan foydlanish orqali faol tajriba bosqichiga olib boruvchi “Kolb” sikliga ustuvorlik berish, “Hybrid learning” texnologiyasiga qaratilingan individual yondashuvlar asosida interaktiv (micro lerning, digital instant feedback, peer learning, question based learning) metodlari asosida takomillashtirilganligi hamda bo‘lajak professional ta’lim pedagogining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mezonlari (motivatsion, kognitiv, konstruktiv - kollobrativ, refleksiv), darajalari (reproduktiv (past), produktiv (o‘rta), kreativ (yuqori) ni aniqlashtirish orqali “case based” muvozanatliligi, “project based” kompetentlik darajasini aniqlashga qaratilgan uslubiy ta’minot ishlab chiqilganligiga oid xulosalar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim? Fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 356-son buyrugʻi, 356-042 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada pedagogik tajriba sinov ishlarining sifat ko‘rsatkichini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish