To‘xtasheva Nodira Qahramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika kolleji o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirishda o‘quv amaliyotlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb – hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.48.01.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda o‘quv amaliyotlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika kollejlarida o‘quv amaliyotlari jarayonida musiqiy faoliyat turlarini amalga oshirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy muhit va ijodiy hamkorlikni yaratish asosida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa xodimlarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish samaradorligini ta’minlovchi zamonaviy didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
pedagogika kollejlarida o‘quv amaliyotlarini amalga oshirishning innovasion ta’lim tamoyillari (kompetensiyaviylik, faoliyatga yo‘nalganlik, tizimlilik, kontekctlilik, vapiativlik, reflekcivlik) va musiqiy faoliyatli yondashuv asosida o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
o‘quv amaliyotlari jarayonida o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi intonasion-semantik tahlil qilish, individual intonasiya vositalarini (melodik intonasiya, garmonik intonasiya, ritmik intonasiya) qo‘llash va musiqiy modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish samaradorligini baholash metodikasi o‘quvchilarning ijodiy faollik darajalarini hisobga olgan holda mustaqil topshiriqlarni tiplarga bo‘lish va reproduktiv-ijodiy turdagi vazifalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika kolleji o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda pedagogik amaliyotlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
pedagogika kollejlarida o‘quv amaliyotlari jarayonida musiqiy faoliyat turlarini amalga oshirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy muhit va ijodiy hamkorlikni yaratish asosida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa xodimlarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish samaradorligini ta’minlovchi zamonaviy didaktik ta’minoti takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalaridan asosida “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishining “Bolalarning musiqiy ta’limi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023yil 25avgustdagi 391-son ma’lumotnomasi). Natijada “Musiqa rahbari” kasbi bo‘yicha pedagogika kolleji “Bolalarning musiqiy ta’limi” fanini o‘qitish o‘quv-didaktik jihatdan ta’minlangan;
pedagogika kollejlarida o‘quv amaliyotlarini amalga oshirishning innovasion ta’lim tamoyillari (kompetensiyaviylik, faoliyatga yo‘nalganlik, tizimlilik, kontekctlilik, vapiativlik, reflekcivlik) va musiqiy faoliyatli yondashuv asosida o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish modeli takomillashtirilganligi hamda o‘quv amaliyotlari jarayonida o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi intonasion-semantik tahlil qilish, individual intonasiya vositalarini (melodik intonasiya, garmonik intonasiya, ritmik intonasiya) qo‘llash va musiqiy modellashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflari asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishining “Bolalarning musiqiy ta’limi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023yil 25 avgustdagi 391-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika kollejlarida mutaxassislarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish samaradorligini baholash metodikasi o‘quvchilarning ijodiy faollik darajalarini hisobga olgan holda mustaqil topshiriqlarni tiplarga bo‘lish va reproduktiv-ijodiy turdagi vazifalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalari asosida pedagogika kollejlari uchun “Xalq musiqa ijodiyoti” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023yil 25-avgustdagi 391-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika kollejlarida pedagogik amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.