Ibragimova Iroda Artikmashrabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umiimiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Poetik tafakkuming lisoniy reprezentatsiyalashuvi (XX asr o‘zbek she’riyati misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1544.
Ilmiy rahbar: Rozikova Gulbahor Zaylobidinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi poetik tafakkur lisoniy reprezentatsiyalashuvini XX asming ikkinchi yarmida yashab ijod etgan Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf, Faxriyor kabi ijodkorlar asarlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olamning lisoniy va individual lisoniy manzarasi, til va tafakkur munosabati, poetik matn, kognitiv poetika yuzasidan jahon va o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari umumlashtirilgan, poetik matnlarning boshqa matn turlaridan farqli xususiyatlari; individual lisoniy manzara alohida olingan shaxslarning kognitiv, mental, psixologik va lingvistik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi; poetik matnlarda reprezentativ, referentativ, konativ, estetik, ekspressiv-informativ, emotiv kabi funksiyalar faol qo‘llanishi va bevosita bu funksiyalar poetik tafakkurning lisoniy reprezentatsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan;
poetik matnlarda shoir “men”ining aks etishi, ya’ni Faxriyor ijodida o‘xshatishlar, o‘ziga xos she’riy uslub yetakchilik qilishi; Shavkat Rahmon ijodida lisoniy vositalarning o‘z tagma’nosiga egaligi; Rauf Parfi uslubiga xos xususiyat uning ijodida tovushlar, so‘zlar, jumlalar takroriga, bo‘g‘inlar uyg‘unligiga, dunyoni ranglar vositasida ifodalashga e’tibor qaratilgani pragmatik va kongnitiv asoslarda isbotlangan;
individual-muallif olamining tasviriga xos eng muhim tarkibiy qismi badiiy konsept yozuvchi yoki shoir ongida uning tajribasi, voqelik haqidagi bilimi, o‘ziga xos his-tuyg‘ulari, g‘oyalari, hayotiy ma’lumotlari asosida shakllanadigan ma’lum bir psixik borliq sifatida namoyon bo‘lishi ijodkorlar asarlaridagi muhabbat, vaqt va tog‘ konseptlari asosida dalillangan;
poetik tafakkurning lisoniv vositalar orqali ifodalanishi Shavkat Rahmon, Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va Faxriyor asarlarida qo‘llangan poetik metaforalar, okkazional va noodatiy birikmalar zamonaviy lingvistik ilmiy-nazariy va amaliy qarashlar asosida tahlillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
olamning lisoniy va individual lisoniy manzarasi, til va tafakkur munosabati, poetik matn, kognitiv poetika yuzasidan jahon va o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari umumlashtirilgan, poetik matnlarning boshqa matn turlaridan farqli xususiyatlari; individual lisoniy manzara alohida olingan shaxslarning kognitiv, mental, psixologik va lingvistik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi; poetik matnlarda reprezentativ, referentativ, konativ, estetik, ekspressiv-informativ, emotiv kabi funksiyalar faol qo‘llanishi va bevosita bu funksiyalar poetik tafakkurning lisoniy reprezentatsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan xulosa va tavsiyalardan 2019-2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 11-iyuldagi 04/1-1816-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron lug‘at kognitiv poetikaga oid ma’lumotlar va zaruriy tushunchalar bilan boyitilgan;
poetik matnlarda shoir “men”ining aks etishi, ya’ni Faxriyor ijodida o‘xshatishlar, o‘ziga xos she’riy uslub yetakchilik qilishi; Shavkat Rahmon ijodida lisoniy vositalarning o‘z tagma’nosiga egaligi; Rauf Parfi uslubiga xos xususiyat uning ijodida tovushlar, so‘zlar, jumlalar takroriga, bo‘g‘inlar uyg‘unligiga, dunyoni ranglar vositasida ifodalashga e’tibor qaratilgani pragmatik va kongnitiv asoslarda isbotlangan xulosalardan 2021-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104474. “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 11-iyuldagi 04/1-1817-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari loyiha doirasida yaratilgan elektron platforma va uning mobil ilovasining yangi ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
individual-muallif olamining tasviriga xos eng muhim tarkibiy qismi badiiy konsept yozuvchi yoki shoir ongida uning tajribasi, voqelik haqidagi bilimi, o‘ziga xos his-tuyg‘ulari, g‘oyalari, hayotiy ma’lumotlari asosida shakllanadigan ma’lum bir psixik borliq sifatida namoyon bo‘lishi ijodkorlar asarlaridagi muhabbat, vaqt va tog‘ konseptlari asosida dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 17-iyul kungi “Bedorlik” nomli eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 8-avgustdagi 04-36-924-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirish yosh avlodni xalqimizning buyuk moddiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.