Kozieva Iqbol Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «O‘zbek va rus tillaridagi antroponimlarning leksik-semantik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2257.
Ilmiy rahbar: Kilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Gafurov Baxtiyor Zokirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillarida antroponimik birliklarning leksik-semantik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va rus tillaridagi antroponimlarning leksik-semantik mohiyati har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy xususiyatlari, sintagmatik va paradigmatik munosabatlari, milliy-madaniy jihatlari, o‘tmish tarixi, etnografiyasi, ajdodlarining turmush tarzi, diniy-falsafiy qarashlari, e’tiqodi, orzu-armonlari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi asoslangan;
qiyoslanayotgan tillardagi antroponimik birliklarning  leksik-semantik xususiyati, etimologiyasi va yasalish usullari kategoriyalash, individualizasiyalash, tavsiflovchi motivlar vositasida qizlar ismining tabiiy obektlar (23 ta), uy-ro‘zg‘or va maishiy buyumlar (6 ta), istak va orzular (21 ta), diniy tushuncha va tasavvurlar (6 ta) kabi semantik guruhlari; yigitlar ismining esa ijobiy xislat, istak va orzular (25 ta), yovvoyi hayvonlar (17 ta) singari semantik guruhlari negizida  shakllanishi dalillangan;
har ikkala til antroponimlari har ikki jins vakillariga mansubligi, struktur-grammatik shakliga ko‘ra sodda, yasama va qo‘shma turlarining leksik va semantik o‘xshashliklar bilan bir qatorda, apellyativ birlikning antroponimga o‘tishi jarayonida rus tilidagi ot, sifat, fe’l va sifatdoshning kishi ismiga ko‘chish holatlari, o‘zbek tili antroponimlarida esa tarkibi ot, sifat, son, fe’l va uning turli shakllarining ismga aylanish xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek va rus tillaridagi antroponimik birliklarning funksional vazifalari kishining yashash manzili, etnik qatlami, tana tuzilishi, kasbi-kor, mavqe, mansab, unvon, ish qurollari nomlarini nutqiy jarayonlarda voqelantirish hamda kogerentligini ta’minlash bilan bog‘liq ekspressiv-emostional xususiyatlar bilan shartlanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus tillaridagi antroponimlarning leksik-semantik xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natija va xulosalar asosida:
o‘zbek va rus tillaridagi antroponimlarning leksik-semantik mohiyati har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy xususiyatlari, sintagmatik va paradigmatik munosabatlari, milliy-madaniy jihatlari, o‘tmish tarixi, tili, etnografiyasi, ajdodlarining turmush tarzi, diniy-falsafiy qarashlari, e’tiqodi, orzu-armonlari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020- yillarda bajarilgan OT-F1-030 “Oʻzbek adabiyoti tarixi” nomli koʻp jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-apreldagi 04/1-999-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikki tilda ham ismlar jins kategoriyasini aks ettirishi va ikki tilda ham har ikki jins vakillariga mansub ismlar mavjudligi bilan bogʻliq qarashlar loyiha huquqiy asoslarining boyish imkonini bergan;
qiyoslanayotgan tillardagi qizlar ismining semantik guruhlari tabiiy obektlar 23 ta // uy-ro‘zg‘or va maishiy buyumlar 6 ta // istak va orzular 21 ta // diniy tushuncha va tasavvurlar 6 ta; yigitlar ismining semantik guruhlari esa ijobiy xislat, istak va orzular 25 ta // yovvoyi hayvonlar 17 ta nomlarini anglatuvchi so‘zlardan shakllangan antroponimlarning leksik-semantik xususiyati, etimologiyasi va yasalish usullari kategoriyalash, individualizastiyalash, tavsiflovchi motivlar orqali namoyon bo‘lishigaga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-martdagi 578/02-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va rus antroponimlarining chog‘ishtirma tahlili ularni shakllantirishning grammatik usullari, leksik va semantik o‘xshashliklari, antroponimlarini shakllantirishning morfologik usullarini aks ettirishga xizmat qilish imkoniyatlari ochib berilgan;
har ikkala til antroponimlari har ikki jins vakillariga mansubligi, struktur-grammatik shakliga ko‘ra sodda, yasama va qo‘shma turlarining leksik va semantik o‘xshashliklar bilan bir qatorda, apellyativ birlikning antroponimga o‘tishi jarayonida rus tilidagi ot, sifat, fe’l, sifatdoshning kishi ismiga ko‘chish holatlari, o‘zbek tili antroponimlarida esa tarkibi ot, sifat, son, fe’l va uning turli shakllari ismga aylanish xususiyatlariga doir nazariy va amaliy materiallardan Buxoro shahridagi Rus madaniy markazida maktab, lisey va kollej o‘qituvchilari uchun “Leksiko-semanticheskoe issledovanie antroponimov v uzbekskom i russkom yazikax” seminar-mashg‘ulot tashkil qilishda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniy markazining 2023-yil 10-fevraldagi 02-10-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar ishtirokchilari o‘zbek va rus tillaridagi antroponimlarning leksik-semantik xususiyatlari borasida batafsil bilimga va tegishli ma’lumsotlarga ega bo‘lishgan;
o‘zbek va rus tillaridagi antroponimik birliklarning funksional vazifalari, ularning yashash manzili, etnik qatlami, tana tuzilishi, kasbi-kor, mavqe, mansab, unvon, ish qurollari nomlarini nutqiy jarayonlarda voqelantirish hamda kogerentligini ta’minlashdagi ishtiroki ekspressiv-emostional xususiyatlar bilan shartlanganligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Diyor”  ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 5-apreldagi 01-09-95-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi kuchaytirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish