Xurramov Olmos Uralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek nasrida Bobur va boburiylar obrazi talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.(PhD)/Fil.4575.
Ilmiy rahbar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Meliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qahramonov Qurdosh, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek nasrida Bobur va boburiylar obrazini talqin etish tamoyillarini belgilash, janr va tarixiylik, tarixiy haqiqat va badiiy talqin mutanosibligi, ijodkor poetik mahorati masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi o‘zbek adabiyotida tarixiylik tamoyilining o‘rni, joriy adabiy jarayonda namoyon bo‘lish yo‘sinlari, adabiy tur va janr talablariga ko‘ra farqli jihatlari kabi belgi-sifatlari yaxlit adabiy jarayon kontekstida ochib berilgan;
o‘zbek tarixiy romanining shakllanish jarayonlari xronologiyasi yoritilib, ularda epik ko‘lamning o‘ziga xosligi aniqlangan, shuningdek, epik turda badiiy obrazni yuzaga keltiradigan tarixiy, badiiy psixologik omillar asoslangan;
romanning an’anaviy (“Valter-Skottcha”) ijtimoiy-tarixiy, biografik va ma’rifiy tiplari tasniflanib, ushbu tasniflar P.Qodirov, X.Sulton romanlari misolida asoslangan va kichik epik janrlarda tarixiylik tamoyilini badiiy aks ettirish, syujet qurilishi, badiiy obraz negizida namoyon bo‘lish xossalari aniqlangan;
Bobur va boburiylar obrazining o‘zbek tarixiy nasri, xususan, tarixiy hikoya, qissa va roman janrlari rivojida tutgan o‘rni hamda ahamiyati misollar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek nasrida Bobur va boburiylar obrazi talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
o‘zbek tarixiy romanining xronologik shakllanish jarayonlari yoritilib, ularda epik ko‘lamning o‘ziga xosligi, epik turda badiiy obrazni yuzaga keltiradigan tarixiy, badiiy psixologik omillari asoslangani, o‘zbek tarixiy romanining xronologik shakllanish jarayonlarining yoritilishi, ularda epik ko‘lamning o‘ziga xosligi, epik turda badiiy obrazni yuzaga keltiradigan tarixiy, badiiy psixologik omillarga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-sentyabrdagi 04/1-2533-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek tarixiy romanchiligi takomili xususiyatlariga oid materiallar bilan boyitilgan;
tarixiy shaxslar faoliyatini badiiy asarlarda tasvirlashda ijodkorning badiiy mahoratini, badiiy shartlilik va badiiy to‘qimaning o‘rnini ko‘rsatgani, tarixiy shaxslar obrazini badiiy tasvirlashda tarixiy voqealarning eng muhimlari, hatto kichik detallar orqali qahramonning ruhiy olamini ochib berishda ijodkorning o‘ziga xosligini namoyon etgani, tarixiy romanning an’anaviy (“Valter-Skottcha”), biografik va ma’rifiy tiplari belgilaniga oid xulosalar P.Qodirov, X.Sulton romanlari misolida asoslangani va kichik epik janrlarda tarixiylik tamoyilining badiiy aks ettirish, syujet qurilishi, badiiy obraz negizida namoyon bo‘lish xossalariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga bajarilgan F3-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 4-sentyabr 04/1-2250-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada tarixiy romanning “Valter-Skottcha”, biografik, va ma’rifiy tiplariga doir ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
Bobur va boburiylar saltanatining insoniyat tamaddunining tadrijiy takomilida tutgan o‘rni va ularning badiiy adabiyotdagi siymosini  tadqiq etilishiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Qismat” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlasda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-sentyabrdagi O‘z\R-06-28-868-son ma’lumotnomasi). Natijada Bobur va boburiylar obrazining badiiy talqinida tarixiy manbalarning ahamiyati va tarixiy haqiqatga qanchalik muvofiq, shuningdek, tafovut jihatlari tarixiy manbalar asosida qiyosiy yo‘sinda faktlarga asoslangan ma’lumotlar bilan ko‘rsatuv ilmiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish