Alimardanov Elyor Ilxom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm dialektal zonasida o‘zbek va turkman shevalarining o‘zaro ta’siri (kontaktologik aspektda)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2806.
Ilmiy rahbar: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Norboeva Shukurjon Xayitbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Xorazm dialektal zonasidagi o‘zbek va turkman shevalarining o‘zaro ta’siri, shu muammo ichida ulardagi fonetik, morfologik, leksik moslik va farqlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili va shevalarining taraqqiyot xususiyatlarida til kontaktlari alohida o‘ringa ega bo‘lib, Xorazm dialektal zonasidagi o‘zbek-turkman til kontaktining yetakchi masalasi – til (sheva) kontakti ilk bor ochib berilgan;
Xorazm dialektal zonasidagi o‘zbek-turkman kontakti mavjud areallar, ulardagi aholi tarkibi, miqdori haqidagi ma’lumotlar aniqlangan va ularning izoglossalar tizimi belgilangan, bu arealdagi aholi ijtimoiy hayotining tilda (shevada) namoyon bo‘lishi asoslangan;
Xorazm dialektal zonasidagi ikki til(sheva)ga xos til qonunlarining amal qilishi, fonetik-fonematik yaqinlik, leksik-semantik, morfologik va morfonologik xususiyatlar bilan bog‘liq lingvistik jarayonlar aniqlangan;
Xorazm dialektal zonasida ikki til (sheva) amal qiladigan arealdagi oraliq shevalarning o‘zbek tili va turkiy tillar taraqqiyotida o‘rni belgilangan hamda ularning lingvistik xususiyatlariga oydinlik kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm dialektal zonasidagi o‘zbek va turkman shevalarining o‘zaro aloqasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
o‘zbek tili va shevalarining taraqqiyot xususiyatlarida til kontaktlari alohida o‘ringa ega bo‘lib, Xorazm dialektal zonasidagi o‘zbek-turkman til kontaktining yetakchi masalasi – til (sheva) kontakti ilk bor ochib berilganligi hamda Xorazm dialektal zonasidagi o‘zbek-turkman kontakti mavjud areallar, ulardagi aholi tarkibi, miqdori haqidagi ma’lumotlar aniqlangan va ularning izoglossalar tizimi belgilangan, bu arealdagi aholi ijtimoiy hayotining tilda (shevada) namoyon bo‘lishi asoslanganligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2024-yil 21-oktyabrdagi 826-son ma’lumotnomasi). Natijada xizmat ko‘rsatish obektlariga nom qo‘yish jarayonini engillashtirish, muqobillarini topishda manba bo‘lib xizmat qilgan.
Xorazm dialektal zonasidagi ikki til(sheva)ga xos til qonunlarining amal qilishi, fonetik-fonematik yaqinlik, leksik-semantik, morfologik va morfonologik xususiyatlar bilan bog‘liq lingvistik jarayonlar aniqlanganligi Xorazm dialektal zonasida ikki til (sheva) amal qiladigan arealdagi oraliq shevalarning o‘zbek tili va turkiy tillar taraqqiyotida o‘rni belgilangan hamda ularning lingvistik xususiyatlariga oydinlik kiritilganligiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 25-iyundagi 01/6-1684-son ma’lumotnomasi). Natijada platformadagi turkiy adabiy tillar bilan birga shevalarga xos bo‘lgan tarixiy frazemalarning aks etishi ushbu elektron dasturning boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish