Usenov Sultan Xalqnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istondagi “Iyshan qal’a” tarixiy-madaniy yodgorligi tarixi (XVIII-XX asrlar)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:.B.2024.1. PhD/Tar1825
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Kurbanova Zemfira Ibragimovna, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Xudaybergenov Komiljon, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istondagi “Iyshan qal’a” tarixiy-madaniy majmuasining vujudga kelishi hamda umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XIX asrning boshiga kelib qoraqalpoqlar orasida ma’naviy hayotida Islom dinining ahamiyati ortib, eshonlik institutiga alohida rol berilishi, eshonlarning islom dinining targ‘ibotchiligidan tashqari, odamlar orasida ko‘plab ijtimoiy va ijtimoiy muammolarni echishda hal qiluvchi va tajovuzkor kuchlarga qarshi xalqni birlashtiruvchi qatlamga aylanganligi ochib berilgan;
XVIII-XIX asrlarda Imom eshon mozori joylashgan hududda masjidlar, madrasalar va boshqa diniy muassasalarni o‘z ichiga olgan majmuaning shakllanishi qoraqalpoq eshon va xo‘jalar tomonidan maktab va madrasalarni ham ochilishiga turtki bo‘lib, XIX asrning o‘rtalariga kelib, asosan, Xiva va Buxoro madrasalarida ta’lim olgan yosh qoraqalpoqlarning o‘z vatanlarida o‘qishi uchun qulay sharoit yaratganligi asoslangan;
“Iyshan qal’a”ning diniy markaz bo‘lishi barobarida Janubiy Orolbo‘yi mintaqasi hudud tabiiy sharoiti va suv yo‘llari mavjudligi bois XIX asr oxiriga kelib Orol dengizi aholisining keng savdo-sotiq aloqalariga tortilishi, shaharlararo savdo aloqalari rivojlanishiga turtki bo‘lgan holda jamiyatning iqtisodiy jihatdan barqarorlashishiga olib kelganligi dalillangan;
Oktyabr to‘ntarilishidan so‘ng Amudaryo bo‘limida sobiq mustamlakachilar va chor amaldorlarning qo‘nim topishi ortidan kurash maydoniga aylanib qolishi, mahalliy aholining harbiy amaliyotlar davomida “Iyshan qal’a”ga yashirinishi nodir tarixiy-madaniy majmua – “Iyshan qal’a” binolarining qattiq shikastlanishi barobarida o‘lkaning ma’naviy markazi sifatida ahamiyatini ham yo‘qotganligi ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqotning natijalarining ilmiy ahamiyati tadqiqot materiallari va xulosalaridan Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati, shahar va qishloqlar tarixiga oid umumlashtiruvchi asarlar hamda ilmiy-ommabop kitoblarni yozishda qoraqalpoqlarning ma’naviy madaniyati tarixini yozish, muzeylar, kutubxonalar, xalq madaniyatini saqlash va rivojlantirish markazlarining amaliy ishlarida, turizm sanoatini rivojlantirishda, shuningdek, turli xil ta’lim muassasalarida maxsus kurslarni tayyorlashda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: ishning xulosalari xavfsizlik choralari, ta’mirlash-tiklash ishlari va Qoraqalpog‘istonning tarixiy, madaniy va tabiiy yodgorliklaridan oqilona foydalanish mahalliy hokimiyat organlarining kichik biznes va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni tashkil etish, notijorat sektorni moliyalashtirishning noanʼanaviy shakllarini, ijtimoiy-madaniy xizmatlar va turizmni rivojlantirish orqali mahalliy byudjetlarni to‘ldirishning yangi usullarini joriy etishga xizmat qiladi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: “Iyshan qal’a” tarixiy-madaniy majmuasining XVIII–XX asr boshida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotda tutgan o‘rnini belgilash, tadqiq etish mobaynida olingan ilmiy natijalar asosida:
“Iyshan qal’a” yodgorligi toʻg‘risidagi ma’lumotlar, Imom eshon xizmatlari haqidagi tarixiy materiallar, Qumo‘zak eshonning nevarasi “Xan Maxsum” faoliyati toʻg‘risida tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan materiallar Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati muzeyi eksponatlarida foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligining 2024-yil 7- iyun' №2-03/1300 ma’lumoti). Ushbu tarixiy materiallar Respublikamiz muzeylariga tashrif buyurgan chet el fuqorolarining asl tariximiz toʻg‘risidagi qarashlarining shakllanishida, ayniqsa, yoshlarimizning tarixiy meroslarga munosabatlari asosida ularda vatanparvarlik hissisini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Iyshan qal’a” tarixiy-madaniy majmuasi XIX-XX asrlardagi Qoraqalpog‘istonda diniy va madaniyat rivojlanishning asosiy mezonlari sifatida, meʼmoriy ko‘rinish hosil qilishi, madaniy merosning eng muhim jihati bo‘yicha saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish natijalardan Ichanqal’a tarixiy-madaniy yodgorligini saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2024-yil 7- iyun' №01-03/03-308 ma’lumoti). Natijada davlat muhofazasiga olingan meʼmoriy yodgorliklarni saqlash va rekonstruksiya qilish xarajatlarini ichki turizm hisobiga yo‘naltirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.
“Iyshan qal’a” tarixiy majmuasi maydoning tashkil topishi, qurilishi jarayonlari, asoschisi Atag‘ulla eshon Imom eshon o‘g‘li haqida ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani hokimiyati tomonidan xalqaro turistik yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayonida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani hokimiyati 2024-yil 7- iyun' №01-362 ma’lumoti). Natijada, Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani hududida joylashgan “Iyshan qal’a” tarixiy-madaniy majmuasi xalqaro turistik yo‘nalish xaritaga kiritildi.
Oktyabr to‘ntarilishidan so‘ng Amudaryo bo‘limida sobiq mustamlakachilar va chor amaldorlarning qo‘nim topishi ortidan kurash maydoniga aylanib qolishi, mahalliy aholining harbiy amaliyotlar davomida “Iyshan qal’a”ga yashirinishi nodir tarixiy-madaniy majmua – “Iyshan-qal’a” binolarining qattiq shikastlanishi barobarida o‘lkaning ma’naviy markazi sifatida ahamiyatini ham yo‘qotganligi bilan bog‘liq natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani hokimiyatiga berildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani hokimiyati 2024-yil 7- iyun' №01-362 ma’lumoti). Natijada, Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani hududida joylashgan “Iyshan qal’a” tarixiy-madaniy majmuasi xalqaro turistik yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar paketi ishlab chiqilgan.