Rajabova Dinora Shavkatovnaning falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abdulla Boltaev materiallarining O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati (Xorazm vohasi misolida)»,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:. B2023.1.PhD/Tar1327
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Rahmonova Yulduzxon Madirimovna, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Matkarimova Sadoqat Maksudovna, Tarix fanlari doktori (DSc), dos.
Xudayberganov Kamiljan, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdulla Boltaev tomonidan yozilgan ilmiy merosni tadqiq etish va O‘zbekiston tarixining ajralmas qismi bo‘lgan Xorazm tarixiga oid yangi materiallarni ilmiy muomalaga kiritish mazkur tadqiqotning maqsadini tashkil etadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotda ilk bora A.Boltaev materiallaridagi ma’lumotlar izchil ilmiy tahlil qilinganligi va ulardagi ma’lumotlar arxiv hujjatlari ma’lumotlari, turli manbalarda keltirilgan matnlar bilan qiyosiy tahlil qilinganligi hamda ularga muayyan aniqliklar kiritilganligi, ularning ko‘pchiligi bugungi kunda saqlanib qolmaganligi bois ushbu hujjatlar muhim ilmiy qimmatga ega ekanligi ochib berilgan.
A.Boltaev daftarlaridagi ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish asosida, Xiva xonligida xon hokimiyati yosh xivaliklar talab qilgan zamonaviylashtirish siyosatiga qarshi bo‘lganligi, Asfandiyorxon bu borada ham Rossiya imperiyasi hukumati, ham Junaidxon bilan hamkorlikda ish yuritib, “mustabid xon” tuzumini saqlab qolishga harakat qilganligi borasidagi eski qarashlar haqiqatga zid ekanligi, xon hokimiyati ham mamlakatda zamonaviylashtirish siyosatini o‘tkazishga harakat qilganligi (Bosh vazir Islomxo‘ja faoliyati), ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar xonlik fuqarolarining katta qismi mamlakat siyosiy – boshqaruv tizimida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari isbotlangan.   
A.Boltaev esdaliklari asosida Xiva xonligidagi iqtisodiy – ijtimoiy tizimida XIX asr birinchi choragi va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy hayot sohalarida o‘zgarishlar yaqqol ko‘rinib, muayyan o‘sish kuzatilganligi, buni xususan, rus tadqiqotchilari (jumladan, O.A.Shkapskiy kabilar) ma’lumotlari ham to‘la tasdiqlashi, ammo sovet davri tadqiqotlarida o‘zlarining hokimiyatini zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘rnatilganligini oqlash uchun xususan, Xiva xonligi og‘ir zulmdan ezilgan dehqonlarining sovet hukumatidan yordam so‘raganligi borasidagi sovet hukumati rahbari V.I. Lenin fikrlari bu davr umuman qoloqlik va og‘ir zulm davri bo‘lganligi borasidagi qarashlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi dalillangan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligida ijtimoiy – iqtisodiy hayot, ilm-fan va madaniyat sohalarining inqirozi, xonlikning qoloqlik girdobiga tushib qolganligi borasidagi rus-chor hukumati va sovet hukumati amaldorlari qarashlari, ularning xonlik aholisiga nisbatan savodsiz, qoloq, madaniyasiz deb baho berganliklari asossiz ekanligi tadqiqot davomida A.Boltaevning  asarlarini tahlil qilish asosida dalillangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: A.Boltaev materiallari orqali Xorazm vohasi tarixini yangicha yondoshuvlar asosida o‘rganilishi va tarixiylik, xolislik, tizimlilik, usullari asosida yoritilishi mazkur muammoga oid metodologik yondashuvlar, nazariy xulosalarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy muomalaga kiritilmagan manbalar asosida tayyorlangan tadqiqot ishi Xorazm vohasining XVII-XX asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganish holati va muammolari haqidagi ilmiy tasavvurlarni kengaytirishga imkon beradi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati O‘zbekiston tarixi bo‘yicha maxsus kurs, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, media mahsulotlar tayyorlash, shuningdek davlat dasturlari va ilmiy-amaliy loyihalarning bajarilishi bilan ahamiyatga ega bo‘ladi. Arxiv hujjatlari, o‘rganilgan manbalar O‘zbekistonning XVII-XX asrlar davri oralig‘idagi tarixini yaratishda yordamchi materiallar bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Mavjud arxiv xujjatlari va ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari tizimlashtirilib, dissertatsiyada yangi uslubiy va nazariy yondashuvlar asosida A.Boltaev materiallarini tahlil qilingan;
Mazkur tadqiqot orqali tarixiy-qiyosiy tahlil tamoyillari asosida mavzu yuzasidan yangi ilmiy qarashlar va yondashuvlar ilgari surilgan;
Tadqiqotning ilmiy natijalari asosida tarixchi mutaxassislar tayyorlash, innovatsion g‘oyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: A.Boltaev materiallarining O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati (Xorazm vohasi misolida) mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
A.Boltaev ilmiy merosida jamlangan Xiva xonligi va XXSR tarixiga oid rasmiy hujjatlarida aks etgan Xiva xonligi ijtimoiy-siyosiy hayoti va davlat boshqaruviga oid yangi materiallardagi Xorazm vohasi iqtisodiyoti asosini tashkil etgan yo‘nalishlar, Xorazm vohasi etnik tarkibi va etnografiyasi, Xiva xonligi va XXSR davrida ta’lim tizimi faoliyati, Xorazm adabiy muhiti va san’ati xususidagi ma’lumotlardan, Xorazm Ma’mun akademiyasi tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda foydalanilgan. (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023 yil 6 iyuldagi 95/2-23-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalardan xalq tafakkurida tarixiy ongning shakllanishi va mustahkamlanishiga, mamlakatimiz tarixini o‘rganishga qaratilgan ilmiy ko‘nikma va yondashuvlar bo‘yicha malakaga ega bo‘lishga, tarix sohasidagi bilimlarini oshirishga imkon yaratgan;
Sovet davridagi Xiva xonligining XX asr boshlari siyosiy tarixi va XXSR davlatidagi “yosh xivaliklar” faoliyati masalasidagi noxolis baho va fikrlar, ilmiy haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan qarashlarning mavjudligi hamda ularni qayta ko‘rib chiqish zarurati borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy Meros vazirligi tizimida amalga oshirilgan turli tadbirlarda foydalanilgan hamda Xivadagi “Ichan-Qal’a” muzey-qo‘riqxonasida ekspozisiyalarni boyitishda, xorijiy va mahalliy sayyohlarga ekskursiyalar o‘tkazishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy Meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2023 yil 14 iyun 04-06/1983-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar, xalqimizning ma’naviy ildizlarini mustahkamlashda va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda hamda ekspozisiyalarda qo‘llanishi natijasida sayyohlarning muzeyga qiziqishlarini orttirishga xizmat qilmoqda;
A.Boltaev qo‘lyozma asarlaridagi Xiva xonligi va XXSR davridagi Xorazm vohasi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixi borasidagi aniq ilmiy mulohazalar, fikrlar, xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Mavzu” va “Tarixiy savol” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 4 iyuldagi 02-31-1042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Xiva xonligining siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy tarixiga oid A.Boltaevning kundaliklarida keltirilgan ma’lumotlar tarix fanini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, xalqimizning ma’naviy ildizlarini mustahkamlashda va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish