Naimova Aziza Muxammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): « Badiiy nasrda tarixiy inversiya nazariyasi va poetikasi (ingliz va o‘zbek nasri misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3535.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammedovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qurbonova Nodira Roziqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy nasrda tarixiy inversiya hodisasi va poetik xususiyatlarining ingliz hamda o‘zbek romanlari misolida universal va oʻziga xosliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek nasrida tarixiy inversiya badiiy asar strukturasini tashkil qilgan epik matn maydonida yo tugun, yo echim sifatida asarning syujet va kompozisiyasini uyushtirib kelishi, ijodkorning olam tuzilishi haqidagi tasavvuri va dunyoqarashini badiiy xarakterlar orqali aks ettirish vositasi, o‘ziga xos adabiy-estetik kategoriya sifatida undan har bir yozuvchi o‘z ijodiy niyati va yaratayotgan asarining g‘oyaviy konsepsiyasidan kelib chiqqan holda foydalanishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek badiiy nasrida tarixiy inversiyaning kelajak, abadiylik, kelajak zamoni esxatologik va murakkab tarkibli turlari uning meta-rivoyat, metafiksatsiya va mifopeya adabiy hikoya qilish texnikasi va janrlari bilan o‘zaro sintezlashtirilgan variantlarda ifodalanib kelishi asoslangan;
tarixiy inversiya arxetip, aynizamonlik va esxatologizm singari badiiy hodisalar bilan uyg‘unlashib, mifopeya, tarixiy, maishiy, zamonaviy spekulyativ fantastika janrida yaratilgan apokaliptik va post-apokaliptik ruhdagi nasr namunalari badiiy strukturasida tush, bashorat, mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, xayol, xotira kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi dalillangan;
adabiy matnda davr holati hamda obrazlar ichki dunyosini ifodalashda asosiy texnika vazifasini vaqt konsepsiyasi bajarishi va badiiy vaqt muammosining o‘rin almashinuv holatini tarixiy inversiya hodisasidan tashqari, xarakterologik, anaxronizm, kompozision, fleshbek, flesh-forvard, analepsiya, retrospeksiya, prospeksiya kabi badiiy asar tarkibidagi ko‘rinishlar orqali voqelanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek badiiy nasrida tarixiy inversiya nazariyasi va poetikasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek nasrida tarixiy inversiya badiiy asar strukturasini tashkil qilgan epik matn maydonida yo tugun, yo echim sifatida asarning syujet va kompozisiyasini uyushtirib kelishi, ijodkorning olam tuzilishi haqidagi tasavvuri va dunyoqarashini badiiy xarakterlar orqali aks ettirish vositasi, o‘ziga xos adabiy-estetik kategoriya ekanligi hamda undan har bir yozuvchi o‘z ijodiy niyati va yaratayotgan asarining g‘oyaviy konsepsiyasidan kelib chiqqan holda foydalanishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 25-maydagi №17.01/76-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyotida mustaqil janrlar sifatida baholangan roman, qissa, hikoyalar ijtimoiy hayotni, jamiyat va inson ongi taraqqiyotini aniq, xronologik aspektda, ba’zan prospeksiya yoki retrospeksiya usullarida tarixiy inversiya vositasida aks ettirilishi, bashariyat va muayyan millat o‘tmishini haqiqat yoxud badiiy to‘qima sintezida ifodalashi asoslanishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy nasrida tarixiy inversiyaning kelajak, abadiylik, kelajak zamoni esxatologik va murakkab tarkibli turlari uning meta-rivoyat, metafiksatsiya va mifopeya adabiy hikoya qilish texnikasi va janrlari bilan o‘zaro sintezlashtirilgan variantlarda ifodalanib kelishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 13-martdagi 693/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek nasridagi tarixiy inversiya, zamonlararo sayohat, vaqtning noan’anaviy o‘lchamlarda bo‘lishi, uning metafizik qonunlarga bo‘ysunmagan holatda mavjudligi, bu vaziyatda bashorat – sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldindan ko‘ra bilish yoki o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish kabi muammolar ko‘rib chiqilgan asarlarni g‘oyaviy-badiiy jihatdan kompleks tahlil qilishning uslubiy yo‘llari aniqlangan;
tarixiy inversiya arxetip, aynizamonlik va esxatologizm singari badiiy hodisalar bilan uyg‘unlashib, mifopeya, tarixiy, maishiy, zamonaviy spekulyativ fantastika janrida yaratilgan apokaliptik va post-apokaliptik ruhdagi nasr namunalari badiiy strukturasida tush, bashorat, mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, xayol, xotira kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-martdagi 02-09-66-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlarning o‘ziga xos spesifikasini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy inversiya hodisasining ingliz va o‘zbek nasrida qo‘llanishiga doir mulohazalar teletomoshabinlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga, teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materialning mazmuni mukammallashishiga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga xizmat qilgan.