Giyasova Umida Erkinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarga ingliz tilini o‘qitish (ESP) metodikasini takomillashtirish (fizika va informatika yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped754.
Ilmiy rahbar: Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Djumabaeva Djamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini malakasini oshirish kurslarida Blended learning texnologiyalari vositasida fizika, informatika yo‘nalishi tinglovchilariga sohaga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari ehtiyojlarga yo‘naltirilgan lingvodidaktik maqsadlarni individual ta’lim traektoriyasi bilan  didaktik moslashuvchanligini konsentrlash  asosida takomillashtirilgan;
pedagog kadrlar malakasini oshirish kurslarida tinglovchilarga ingliz tilini o‘qitish mazmuni maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan til ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy, mazmunli, amaliy-texnologik, kvalimetrik-korreksion komponentlarini lingvistik ta’limnining “yangi arxitekturasi”ning produktivligi empriklik darajasini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
malaka oshirish kurslarida tinglovchilarga ingliz tili o‘qitish metodikasi intensiv-metodik xarakterdagi mustaqil ta’lim kontentlarini andragogik imkoniyatlariga muvofiq integrativ-intensiv loyihalash orqali takomillashtirilgan;  
malaka oshirish jarayonlarida tinglovchilarning ingliz tili bo‘yicha kompetentlik darajasini baholash texnologiyalari sohaga yo‘nalgan til ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-metodik, dinamik-korreksion bosqichlari indikatorlarini kasbiy-kommunikativ ehtiyojlarga diskursiv aloqadorligi, barqarorligi va dinamikligining amaliy yo‘nalganligini ta’minlash asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarga ingliz tili o‘qitish (ESP) metodikasini takomillashtirish (fizika va informatika yo‘nalishlari misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
malaka oshirish jarayonining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari ehtiyojlarga yo‘naltirilgan lingvodidaktik maqsadlarni individual ta’lim traektoriyasi bilan  didaktik moslashuvchanligini konsentrlash  asosida takomillashtirish bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-son Qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzlyuksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-maydagi 02/14-820-son ma’lumotnomasi). Natijada uzlyuksiz malaka oshirish tizimida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
pedagog kadrlar malakasini oshirish kurslarida tinglovchilarga ingliz tilini o‘qitish mazmuni maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan til ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy, mazmunli, amaliy-texnologik, kvalimetrik-korreksion komponentlarini lingvistik ta’limnining “yangi arxitekturasi”ning produktivligi empriklik darajasini qat’iy belgilashga oid  takliflardan Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan Davlat ta’lim talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-maydagi 02/14-820-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kurslari “Amaliy xorijiy til” modulining ESP (English for Specific Purposes) asosidagi mazmuni va metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
malaka oshirish kurslarida tinglovchilarga ingliz tili o‘qitish metodikasi intensiv-metodik xarakterdagi mustaqil ta’lim kontentlarini andragogik imkoniyatlariga muvofiq integrativ-intensiv loyihalash orqali takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy ishlanmalar MB OT 2019-23 - qayd raqamli «Zamonaviy AKTdan foydalangan holda pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-uslubiy ta’minlash»  loyihasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-maydagi 02/14-820-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish kurslarining axborot-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonlarida tinglovchilarning ingliz tili bo‘yicha kompetentlik darajasini baholash texnologiyalari sohaga yo‘nalgan til ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-metodik, dinamik-korreksion bosqichlari indikatorlarini kasbiy-kommunikativ ehtiyojlarga diskursiv aloqadorligi, barqarorligi va dinamikligining amaliy yo‘nalganligini ta’minlash asosida  takomillashtirishga oid takliflardan Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan Davlat ta’lim talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-maydagi 02/14-820-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini chet tillari bo‘yicha kompetentligini baholash mazmuni va indikatorlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish