Kaytarov Voxid Raimkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining depozit operasiyalarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (iqtisodiyot fanlari)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Iqt2359
Ilmiy rahbar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent xalqaro universiteti, DSc. 22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Norov Akmal Ruzimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Salaev Rasul Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining depozit operasiyalarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chakana mijozlar uchun yangi raqamli servislarni joriy qilish, ilovalarni ishlash tezligini oshirish va depozit xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish kanallaridan foydalanishni faollashtirish yo‘li bilan chakana depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirish asoslandi;
tranzaksiyalar tahlili asosida depozit xizmatlarini individuallashtirish, Open API texnologiyasi yordamida mijozlarning moliyaviy ehtiyojlari talablariga mos keladigan depozit mahsulotlarini taklif qilish yo‘li bilan depozitlarning investision jozibadorligini oshirish asoslandi;
tijorat banklarida depozit va kreditlar o‘rtasida yuzaga keladigan transformasiya riskini pasaytirish maqsadida bank kreditlari bilan depozit foizlari o‘rtasida 1 foizga 0,25 foiz kabi to‘g‘ri proporsionallik o‘rnatish taklif etildi;
tijorat banklarini kompleks transformasiya qilish jarayonida bank depozitlari hajmi o‘zgarishining bank barqarorligiga ta'siri bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi empirik baholash modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining depozit operatsiyalarini transformatsiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chakana mijozlar uchun yangi raqamli servislarni joriy qilish, ilovalarni ishlash tezligini oshirish va depozit xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish kanallaridan foydalanishni faollashtirish yo‘li bilan chakana depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirishga doir taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyatlariga joriy etilgan (ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2024 yil 27 sentyabrdagi 57-son dalolatnomasi). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda chakana depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 17,4 foizga oshirishga erishildi.
tranzaksiyalar tahlili asosida depozit xizmatlarini individuallashtirish, Open API texnologiyasi yordamida mijozlarning moliyaviy ehtiyojlari talablariga mos keladigan depozit mahsulotlarini taklif qilish yo‘li bilan depozitlarning investision jozibadorligini oshirishga doir taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyatlariga joriy etilgan (ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2024 yil 27 sentyabrdagi 57-son dalolatnomasi). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda 2023 yilda 2022 yilga nisbatan muddtli depozitlarning hajmi 8,6 foizga oshgani holda, muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi ulushi 8,5 foizli punktga oshdi.
tijorat banklarida depozit va kreditlar o‘rtasida yuzaga keladigan transformasiya riskini pasaytirish maqsadida bank kreditlari bilan depozit foizlari o‘rtasida 1 foizga 0,25 foiz kabi to‘g‘ri proporsionallik o‘rnatishga doir taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyatlariga joriy etilgan (ATB “O‘zsanoat-qurilishbank”ning 2024 yil 27 sentyabrdagi 57-son dalolatnomasi). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda kreditlar foizining bir foizga oshishi uzoq muddatli depozitlari foizini 0,25 foizga oshirishi hamda uzoq muddatli depozitlari foizining bir foizga oshishi esa umumiy depozitlar hajmini o‘rtacha 177,6 mlrd.so‘mga oshirishi ekonometrik strukturaviy vektor avtoregressiya model orqali aniqlandi.
tijorat banklarini kompleks transformasiya qilish jarayonida bank depozitlari hajmi o‘zgarishining bank barqarorligiga ta'siri bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi empirik baholash modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyatlariga joriy etilgan (ATB “O‘zsanoatqurilish-bank”ning 2024 yil 27 sentyabrdagi 57-son dalolatnomasi). Natijada, “O‘zsanoat-qurilishbank” ATBda umumiy depozitlari hajmi 95 foiz ehtimollik bilan optimal ssenariy ko‘rsatkichlari 19788 trln.so‘mni tashkil qilib, 2024 yil yanvar oyiga nisbatan 43,4 foizga oshishi prognoz qilindi.