Ergasheva Xusnida Esonalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysida neft sanoatining shakllanishi va rivojlanishi (1917-1991 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1140
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Soipova Kamola Davlyatalievna, tarix fanlari doktori, dotsent, Babadjanov Xasan Baxtiyorovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1991-yillarda Farg‘ona vodiysida neft sanoatining shakllanilishi va rivojlanishi tarixini tahlil etish, neft sanoati infratuzilmasini o‘rganish, neft sanoatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash, bu sohaning mamlakat iqtisodiyotiga va boshqa sohalarga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshlarida mavsumiy ishga moslashtirib qurilgan Oltariq (Vannovskiy)neftni qayta ishlash korxonasi sovet hokimiyati o‘rnatilgach doimiy ravishda ishlashga o‘tkazilganligi, II-jahon urushi yillarida ishlab chiqarish texnologiyasi yuqori bo‘lgan Batumi neftni qayta ishlash korxonasini Oltariq (Vannovskiy) neftni qayta ishlash korxonasiga qo‘shib yuborilishi bilan mahsulotning sifati va hajmi oshganligi biroq, urushdan keyingi yillarda Batumi neftni qayta ishlash zavodining ko‘chirib ketilishi Oltariq (Vannovskiy) neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ta’sir etganligi sababli yangi texnologiyalar bilan jihozlangan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining qurilishiga asos bo‘lganligi dalillangan;
mamlakat xalq xo‘jaligida er osti boyliklarini ko‘proq qazib olish ishlarini rejalashtirilishi, tarkibida oltingugurt kam bo‘lgan Farg‘ona vodiysida qazib olingan neftni mamlakatning boshqa sanoat shaharlari (Ural, Sibirdagi korxonalarga) jo‘natilganligi hamda tarkibida oltingugurt ko‘p bo‘lgan Ural, Sibir neftining O‘rta Osiyoga keltirilganligi, uni qayta ishlash talabi yuqori bo‘lganligi sababli XX asr 50-yillarida vodiyda neftni qayta ishlash korxonasi qurilganligi, (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi), bu erda Buxoro va Turkmanistonda qazib olingan neft ham qayta ishlanganligi aniqlangan;
1950-yillardan vodiyda neft qazib olishni texnologik avtomatlashtirilib, texnologiyalarni pult orqali boshqarish yo‘lga qo‘yilsa-da, biroq, neft qazib olish rejasini haddan oshirilishi neft zahiralarini kamayishiga hamda Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyondagi kichik neft konlaridagi sodir bo‘lgan avariya holatlari 1970-yillarga kelib neft qazib olish hajmi pasayib ketishga olib kelganligi aniqlangan;
neft sanoati muhim tarmoq hisoblanib, mamlakat xalq xo‘jaligida xizmat qiluvchi soha bo‘lganligi bois dastlab kadrlarning 75 foizi boshqa millat vakillari bo‘lganligi, sovet hokimiyati o‘rnatilgan yillarda ham bu 65-70 foizni tashkil etganligi, 1960-yillarga kelib sohada mahalliy millat vakillaridan iborat kadrlar 30 foizni, 1990-yillarda 67 foizni tashkil etganligi hamda 1950-yillardan rahbar lavozimlariga mahalliy millat vakillari qo‘yilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xuloca va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
XX asr boshlarida mavsumiy ishga moslashtirib qurilgan Oltariq (Vannovskiy)neftni qayta ishlash korxonasi sovet hokimiyati o‘rnatilgach doimiy ravishda ishlashga o‘tkazilganligi, II-jahon urushi yillarida ishlab chiqarish texnologiyasi yuqori bo‘lgan Batumi neftni qayta ishlash korxonasini Oltariq (Vannovskiy) neftni qayta ishlash korxonasiga qo‘shib yuborilishi bilan mahsulotning sifati va hajmi oshganligi biroq, urushdan keyingi yillarda Batumi neftni qayta ishlash zavodining ko‘chirib ketilishi Oltariq (Vannovskiy) neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ta’sir etganligi sababli yangi texnologiyalar bilan jihozlangan Ferg‘ona neftni qayta ishlash zavodining qurilishiga asos bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanildi.(O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 2-maydagi 02-06-595-son ma’lumotnomasi.)
 mamlakat xalq xo‘jaligida er osti boyliklarini ko‘proq qazib olish ishlarini rejalashtirilishi, tarkibida oltingugurt kam bo‘lgan Farg‘ona vodiysida qazib olingan neftning mamlakatning boshqa sanoat shaharlari (Ural, Sibirdagi korxonalarga) jo‘natilganligi hamda tarkibida oltingugurt ko‘p bo‘lgan Ural, Sibir neftining O‘rta Osiyoga keltirilganligi, uni qayta ishlash talabi yuqori bo‘lganligi sababli XX asr 50-yillarida vodiyda neftni qayta ishlash korxonasi qurilganligi, (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi), bu erda Buxoro va Turkmanistonda qazib olingan neft ham qayta ishlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanildi.(O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 2-maydagi 02-06-595-son ma’lumotnomasi.) Bu teletomoshabinlarda Farg‘ona vodiysida neft sanoatining shakllanishi va rivojlanishi aholi farovonligini oshishiga sabab bo‘lishi, soha tarixini o‘rganish, sanoatning boshqa tarmoqlarini rivojlanishidagi o‘rni haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon berdi.
1950-yillardan vodiyda neft qazib olishni texnologik avtomatlashtirilib, texnologiyalarni pult orqali boshqarish yo‘lga qo‘yilsa-da, biroq, neft qazib olish rejasini haddan oshirilishi neft zahiralarini kamayishiga hamda Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyondagi kichik neft konlaridagi sodir bo‘lgan avariya holatlari 1970-yillarga kelib neft qazib olish hajmi pasayib ketishga olib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Vodiy neft va gaz ishlab chiqarish boshqarmasining tarixiy xujjatlar fondini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanildi. (O‘zbekneftgaz aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 19-avgustdagi №03-18-8-721-son ma’lumotnomasi.)
neft sanoati muhim tarmoq hisoblanib, mamlakat xalq xo‘jaligida xizmat qiluvchi soha bo‘lganligi bois dastlab kadrlarning 75 foizi boshqa millat vakillari bo‘lganligi, sovet hokimiyati o‘rnatilgan yillarda ham bu 65-70 foizni tashkil etganligi, 1960-yillarga kelib sohada mahalliy millat vakillaridan iborat kadrlar 30 foizni, 1990-yillarda 67 foizni tashkil etganligi hamda 1950-yillardan rahbar lavozimlariga mahalliy millat vakillari qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Vodiy neft va gaz ishlab chiqarish boshqarmasining tarixiy xujjatlar fondini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanildi. (O‘zbekneftgaz aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 19-avgustdagi №03-18-8-721-son ma’lumotnomasi.) Taqdim etilgan ma’lumotlardan Farg‘ona vodiysidagi neft sanoatining rivojlanish bosqichlari, neft sanoatining mamlakat iqtisodiga, sanoatning boshqa sohalariga ta’sirini o‘rganish mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish