Kalonov Muxiddin Baxritdinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobil` transporti korxonalarida harajatlar hisobini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt161.

Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamadiyarov Dilshod Uralovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasining Soliq Akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` transporti korxonalarida harajatlar hisobini takomillashtirish yuzasidan ilmiy, uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

avtomobil` transporti korxonalarida yonilg‘idan samarali foydalanish,  saqlanayotgan va ishlab chiqarishga berilgan yoqilg‘i nazorati hamda hisobini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

ombordagi, haydovchilar javobgarligidagi yoqilg‘i sarfi bo‘yicha kamomadlarni to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish usullari, avtomobil` transporti korxonalarida saqlanayotgan yoqilg‘i bo‘yicha hisob yuritishni takomillashtirish maqsadida hisob yuritish tizimi taklif etilgan;

xizmatlar tannarxini pasaytirish va hisobni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida avtomobil` shinalari va akkumulyatorlarni hisobdan chiqarish tartibini ishlab chiqilgan va amaliyotga foydalanish uchun tavsiya etilgan;

avtomobil` transporti korxonalarida asosiy vositalarni guruhlash va ularga eskirish hisoblash usullari  bo‘yicha  tavsiya ishlab chiqilgan, jumladan yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan avtomobillar uchun ishlab chiqarish usulida amortizatsiya hisoblash tartibi ishlab chiqilgan;

avtomobil` transporti korxonalarida harakatdagi tarkibning amortizatsiya normasi amaliyotdagi bilan to‘g‘ri kelmasligi, avtomobillarning ayrimlariga soliq kodeksining 144-moddasida amortizatsiya normasi belgilanmaganligi sababli, muammo chiqayotganligi asoslanib, soliq kodeksiga amortizatsiya normalari bo‘yicha takliflar berilgan;

avtomobil` transporti korxonalarida ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlashdagi kal`kulyasiya moddalariga “qaytarilgan chiqindilar” moddasini kiritish va uning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridan chegirish asosida ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini kamaytirish usuli bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

avtomobil` transporti korxonalarida omborida va haydovchilar javobgarligida bo‘lgan yoqilg‘i sarfidan kelib chiqib, o‘rganishlar asosida tabiiy kamayish normasi taklif etilgan;

avtomobil` turlari bo‘yicha shinalarning bosib o‘tgan me’yori miqdoriga to‘g‘ri keladigan eskirish qiymati asosida hisobdan chiqarish usuli taklif etilgan;

avtomobil` transporti sohasida asosiy vositalardan unumli foydalanish maqsadida ularni “faol asosiy vositalar” hamda “nofaol asosiy vositalar”ga guruhlash taklif etilgan;

avtomobil` transporti sohasi xizmatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kal`kulyasiya moddalari bo‘yicha guruhlash asosida tannarxini aniqlash tartibi tavsiya etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

avtomobil` transporti korxonalarida xarajatlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

avtomobil` transporti korxonalarida yoqilg‘idan samarali foydalanish,  saqlanayotgan va ishlab chiqarishga berilgan yoqilg‘i nazorati hamda hisobini takomillashtirish, avtomobil` transporti korxonalarida saqlanayotgan hamda haydovchilar javobgarligidagi yoqilg‘i sarfi bo‘yicha kamomadlarni to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish usullari taklifi O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi soxasidagi avtotransport korxonalari va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligining 2017 yil 12 iyuldagi 24-son bayonnomasi hamda 2017 yil 13 iyuldagi 3/2594-son dalolatnomasi asosida). Buning natijasida amaliyotda qo‘llanilgan va tarmoq korxonalarida hisob ishlarida chalkashliklar bartaraf etilib, 5,3 foiz iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;

tarmoqda avtoshinalaridan foydalanishni takomillashtirish, akkumulyatorni hisobdan chiqarish va tannarxdan chegirish tartibi O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi soxasidagi avtotransport korxonalari va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligining 2017 yil 12 iyuldagi 24-son bayonnomasi hamda 2017 yil 13 iyuldagi 3/2594-son dalolatnomasi asosida). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida, xizmatlar tannarxi pasaytirilishi 2,6 foizni tashkil etgan;

avtomobil` transporti korxonalarida kursatilgan xizmatlar tannarxini aniklashdagi kal`kulyasiya moddalariga “qaytarilgan chiqindilar” moddasini kiritish va uning kiymatini ishlab chikarish xarajatlaridan chegirish asosida kursatilgan xizmatlar tannarxini pasaytirish usuli buyicha takliflar ishlab chikilib O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi soxasidagi avtotransport korxonalari va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligining 2017 yil 12 iyuldagi 24-son bayonnomasi hamda 2017 yil 13 iyuldagi 3/2594-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida xizmatlar tannarxi pasayishi va korxona daromadi oshishi hisobiga motor moyiga ketadigan xarajatlarni 4,2 foizga tejab qolingan;

avtomobil` transporti korxonalarida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibi, amortizatsiya normasi taklif etilgan. Ushbu takliflar ishlab chikilib O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi soxasidagi avtotransport korxonalari va tashkilotlari faoliyatiga joriy kilingan (O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligining 2017 yil 12 iyuldagi 24-son bayonnomasi hamda 2017 yil 13 iyuldagi 3/2594-son ma’lumotnomasi) Buning natijasida 2,6 foiz iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;

avtotransport xizmatlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini kal`kulyasiya moddalari bo‘yicha guruhlash va tannarxini aniqlashga doir tavsiyalar xamda yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi avtotransport korxonalarida yoqilg‘i hisobini takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  tizimidagi ayrim tarmok korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy kilingan (Moliya Vazilikning 2017 yil 11-sentyabrdagi 38-sonli majlis bayoni hamda 12 sentyabrdagi  YoT 17-02-35/493-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 3,2 foiz iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish