Xusanov Qaxramon Nishonovchining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Transformatsiyalash jarayonida korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Qarshibaev Jasur Xazratqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Mansurov Mansur Alisherovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Transformatsiyalash jarayonida korxonalarni moliyaviy barqarorligini ta’minlashni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy va amaliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli texnologiyalar (smart hisoblagichlar, IoT dasturlari) asosida investisiyalarning qaytarilishini baholashda iste’mol ma’lumotlarini tahlil qilish va iste’molga asoslangan xarajat modellarini tatbiq etish asosida yo‘qotishlarni qisqartirish taklif etilgan;
gaz ta’minoti tizimida xarajatlarni optimallashtiruvchi aktivlar boshqaruvi modeliga ESG ko‘rsatkichlarini qo‘llash orqali takomillashtirish evaziga gaz ta’minoti tizimida operatsion samaradorligini oshirish taklif etilgan;
korxona faoliyatining moliyaviy holatini monitoring qilish uchun yangi axborot tizimlari yoki ausorsing xizmatlaridan foydalanishda moliyalashtirish, hisobot yuritish va tahlil qilish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali moliyaviy nazoratni kuchaytirish va barqarorlikni ta’minlash asoslangan;
modellarni tadqiq qilish va jamoatchilik ishtirokida investisiya loyihalarini amalga oshirish orqali gaz ta’minoti sohasida moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash taklif etilgan;
gaz ta’minoti korxonalaridagi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida tarmoqning samaradorligi va texnik holatini hisobga oluvchi modelini infratuzilmani yangilash yoki texnik uskunalarni modernizatsiya qilish xarajatlari faoliyat samaradorligi bilan bevosita bog‘lanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transformatsiyalash jarayonida korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
raqamli texnologiyalar (smart hisoblagichlar, IoT dasturlari) asosida investisiyalarning qaytarilishini baholashda iste’mol ma’lumotlarini tahlil qilish va iste’molga asoslangan xarajat modellarini tatbiq etish asosida yo‘qotishlarni qisqartirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60 sonli Farmonining 2-ilovasi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining III-Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini ta’minlash yo‘nalishining 22-maqsadi 73-band, 74-band va 75-bandlarida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan (Taraqqiyot strategiyasi markazining 11-sentyabr 2024-yildagi 457-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, 2023-yil davomida gaz ta’minoti tizimidagi o‘rta va past bosimli gaz tarmoqlarida metan tashlanmalarini qisqartirish bo‘yicha “EcoCarbonSevices ” MChJ va “Gas Green Asia ” MChJlar bilan hamkorlikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyani o‘zlashtirish doirasida 235 mln kub metr yo‘qotishlarni qisqartirishga hamda yillik 3,5 mln tonna CO2 ekvivalent miqdorida atmosferaga issiqxona gazlari tashlanmasini kamaytirishga erishildi.
gaz ta’minoti tizimida xarajatlarni optimallashtiruvchi aktivlar boshqaruvi modeliga ESG ko‘rsatkichlarini qo‘llash orqali takomillashtirish evaziga gaz ta’minoti tizimida operatsion samaradorligini oshirishga doir taklifi “Hudugazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Hudugazta’minot” AJning 27-sentyabr 2024-yildagi 04-57/135 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Hudugazta’minot” AJning operatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha 2023-yilda belgilangan chora-tadbirlar doirasida operatsion xarajatlarni 300,1mlrd so‘mga qisqarishi ta’minlandi.
korxona faoliyatining moliyaviy holatini monitoring qilish uchun yangi axborot tizimlari yoki ausorsing xizmatlaridan foydalanishda moliyalashtirish, hisobot yuritish va tahlil qilish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali moliyaviy nazoratni kuchaytirish va barqarorlikni ta’minlashga doir taklifi “Hudugazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Hudugazta’minot” AJning 27-sentyabr 2024-yildagi 04-57/135 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xaridlar jarayonini avtomatlashtirish orqali moddiy-texnik resurslar xaridlari bo‘yicha xarajatlar 18,1 mlrd so‘mga optimallashtirildi.
modellarni tadqiq qilish va jamoatchilik ishtirokida investisiya loyihalarini amalga oshirish orqali gaz ta’minoti sohasida moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60 sonli Farmonining 2-ilovasi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining III-Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini ta’minlash yo‘nalishining 22-maqsadi 73-band, 74-band va 75-bandlarida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan (Taraqqiyot strategiyasi markazining 11-sentyabr 2024-yildagi 457-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, xususiy tadbirkorlik subektlariga bozor shartlari asosida gaz ta’minoti funksiyalarini (SUGni saqlash va tashish) berish orqali xarajatlar 4,5 mlrd so‘mga qisqartirildi.
gaz ta’minoti korxonalaridagi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida tarmoqning samaradorligi va texnik holatini hisobga oluvchi modelini infratuzilmani yangilash yoki texnik uskunalarni modernizatsiya qilish xarajatlari faoliyat samaradorligi bilan bevosita bog‘lanishiga doir taklifi “Hudugazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Hudugazta’minot” AJning 27-sentyabr 2024-yildagi 04-57/135 sonli ma’lumotnomasi). Natijada hududlardagi gaz tarmoqlarini ta’mirlash va yangi quvurlarni qurish uchun 279 mlrd so‘m, yirik hududlar uchun elektron hisoblagichlarni xarid qilish va ishga tushurishga 88 mlrd so‘m, filiallar moddiy texnik bazasini kuchaytirish uchun 23,1 mlrd so‘m, elektron topo xarita va atributiv ma’lumotlarni raqamlashtirish uchun 4,7 mlrd so‘m hamda tashkiliy-texnik tadbirlar uchun 2,2 mlrd so‘m yo‘naltirilishga erishildi.