Ubaydullaeva Umida Abdushukur qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostoni terminlarining lingvo-kognitiv tahlili”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam:B2022.4.PhD/Fil2844.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Ixtiyor Rizoqulovich filologiya fanlari doktori, dotsent; Hamidov Abdumalik Kironovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida qo‘llanilgan terminlarni aniqlash, mavzuiy guruhlar asosida ma’lum bir tizimga solish, lisoniy-kognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
doston tilidagi terminlarni sintaktik parallelizm, emotsional gaplar, ritorik so‘roq gaplar, inversiya, ellipsis, antiteza singari sintaktik figuralarni hosil qilishdagi ishtiroki, sintaktik usuldan badiiy nutqning ta’sirchanligini oshirishda foydalanilganligi aniqlangan;
“Layli va Majnun” dostonida aniqlangan 778 ta terminning 491 tasi (63 foizi) hozirgi o‘zbek adabiy tilida asl yoki fonetik o‘zgarishga uchragan holatda uchrashi, shulardan faqat 37 tasi (7 foizi) o‘zbek tilining besh jildlik izohli lug‘atida termin maqomida berilganligi dalillangan;
rikob, tufrog‘, giyo kabi ot- terminlar,  chekib o‘q, uylanmak, ovla singari fe’l-terminlar, bir, ikov, yuz, ming kabi son-terminlarning erkalash, o‘xshatish, ta’kid, kuchaytirish singari lingvo-kognitiv xususiyatlari aniqlangan;
genetik xususiyatiga ko‘ra doston tilidagi terminlarning 15% (119 ta) o‘z qatlamga,  85% (659 ta) o‘zlashma qatlamga, xususan, anjum, barq, zirnix, balabala, ajal, a’do, xafaqon, davot kabi arabcha, bazmgoh, marg, kishvar, kamand, parhez, ustod, jigar, bihisht kabi fors-tojikcha terminlar ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostoni terminlarining lingvo-kognitiv tahlilidan olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
doston tilidagi terminlarni sintaktik parallelizm, emotsional gaplar, ritorik so‘roq gaplar, inversiya, ellipsis, antiteza singari sintaktik figuralarni hosil qilishdagi ishtiroki, sintaktik usuldan badiiy nutqning ta’sirchanligi aniqlangan o‘rinlardan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 22-dekabrdagi 508/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning terminlarning etimologiyasi, yasalishi, o‘zga tillardan o‘zlashishi, terminologiyaning boyish manbalari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
“Layli va Majnun” dostonida aniqlangan 778 ta terminning 491 tasi (63 foizi) hozirgi o‘zbek adabiy tilida asl yoki fonetik o‘zgarishga uchragan holatda uchrashi, shulardan faqat 37 tasi (7 foizi) o‘zbek tilining besh jildlik izohli lug‘atida termin maqomida berilganligi aniqlangan o‘rinlardan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 22-dekabrdagi 508/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning terminlarning etimologiyasi, yasalishi, o‘zga tillardan o‘zlashishi, terminologiyaning boyish manbalari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
rikob, tufrog‘, giyo kabi ot- terminlar,  chekib o‘q, uylanmak, ovla singari fe’l-terminlar, bir, ikov, yuz, ming kabi son-terminlarning erkalash, o‘xshatish, ta’kid, kuchaytirish singari lingvo-kognitiv xususiyatlari haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi ijodkorlari tomonidan 2023-yil 24-dekabrda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-yanvardagi 01-07/3-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni tilidagi terminlar bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratilgan;
genetik xususiyatiga ko‘ra doston tilidagi terminlarning 15% (119 ta) o‘z qatlamga,  85% (659 ta) o‘zlashma qatlamga, xususan, anjum, barq, zirnix, balabala, ajal, a’do, xafaqon, davot kabi arabcha, bazmgoh, marg, kishvar, kamand, parhez, ustod, jigar, bihisht kabi fors-tojikcha terminlar ekanligi ochib berilgan ekanligi to‘g‘risidagi xulosalardan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2024-yil 27-martdagi 502-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan platformaning o‘z va o‘zlashgan qatlam terminlariga oid yangi manbalar bilan boyitilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish