Raxmanov Botir Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryo etnografizmlarining lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1199.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ermatov Ixtiyor Rizoqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasining chekka qishloq hududlarida yashovchi aholi nutqidagi etnografizmlar, etnografik maqol, matal, aytim hamda noyob so‘z va iboralarni yig‘ish, turlarga ajratish, ma’nosini izohlash hamda ularning lingvomadaniy birlik sifatidagi talqinini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnografizmlar ma’lum bir xalq, elat, shuningdek, mahalliy aholi qatlamining etnik o‘ziga xosliklari, mental dunyosi, qadriyatlari, urf-odat va an’analari, kasb-kori hamda turmush-tarzini aks ettiruvchi muhim lug‘aviy vosita ekanligi Surxon vohasi etnografik leksikasining lingvomadaniy jihatdan ochib berilgan;
Surxondaryo etnografik leksikasiga xos bo‘lgan jolaq, jovg‘an, talqon, qovurmach, qur, ko‘moch, shishak kabi etnografizmlar qadimgi turkiy tilda, adabiy tilda mavjud bo‘lmagan yoki boshqa nom bilan atalgan holda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asarida, elqada, kiyit, qo‘noq shaklida qardosh xalqlar tilida faol uchrashi dalillangan;
dialektal etnografizmlar ma’lum bir hududga xos sheva vakillarining milliy xoslangan leksikasi hisoblanadi. Shunga ko‘ra etnografizmlarnig mohiyati o‘sha xalq etnomadaniyatida mavjud bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, an’analar hamda turmush-tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan narsa-hodisalarning nomlari asosida ochib berilgan;
mental-madaniy konsept Surxon vohasi etnomadaniyatining mahalliy xoslanganlik belgisi hisoblanadi. Shuningdek, hududiy aholining o‘ziga xos tafakkuri va dunyoqarashini ifodalovchi hamda mahalliy aholiga xos mental belgilarning boshqa etnosdan farqini ko‘rsatuvchi jihatlar etnografik xususiyatga ega maqol, matal, aytim va iboralarda yaqqol namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo etnografizmlarining lingvomadaniy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
etnografizmlar ma’lum bir xalq, elat, shuningdek, mahalliy aholi qatlamining etnik o‘ziga xosliklari, mental dunyosi, qadriyatlari, urf-odat va an’analari, kasb-kori hamda turmush-tarzini aks ettiruvchi muhim lug‘aviy vosita ekanligi Surxon vohasi etnografik leksikasining lingvomadaniy tadqiqi asosida ochib berilganligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 9-noyabrdagi 01/10-2350-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron platformaning urf-odat va an’ana, qadriyat, madaniyat bilan bog‘liq voha etnografiyasiga doir didaktik materiallar bilan boyishiga erishilgan;
Surxondaryo etnografik leksikasiga xos bo‘lgan jolaq, jovg‘an, talqon, qovurmach, qur, ko‘moch, shishak kabi etnografizmlar qadimgi turkiy tilda, adabiy tilda mavjud bo‘lmagan yoki boshqa nom bilan atalgan holda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asarida, elqada, kiyit, qo‘noq shaklida qardosh xalqlar tilida faol uchrashi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 02-iyuldagi 04/1-1735-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning xalq etnomadaniy merosi, jonli so‘zlashuv tili, etnik o‘ziga xos leksik birlik va birikmalar bilan boyishi ta’minlangan;
mental-madaniy konsept Surxon vohasi etnomadaniyatining mahalliy xoslanganlik belgisi hisoblanadi. Shuningdek, hududiy aholining o‘ziga xos tafakkuri va dunyoqarashini ifodalovchi hamda mahalliy aholiga xos mental belgilarning boshqa etnosdan farqini ko‘rsatuvchi jihatlar etnografik xususiyatga ega maqol, matal, aytim va iboralarda yaqqol namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Janub ovozi”, “Til-millat ko‘zgusi” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-oktyabrdagi 01-02/56-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan holda ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan.