Tuxtaeva Nilufar Achilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7923.
Ilmiy rahbar: Ikromxonova Feruza Ikromxonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna Andijon davlat pedagogika instituti, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Axmedova Maloxat Ergashevna Toshkent amaliy fanlar universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning kasbiy faoliyatga aloqador didaktik imkoniyatlari leksik birliklardan foydalanish, amaliyotga implementatsiya, maqsadli deontologik muomala hamda tilning semiotik xususiyatlari, obektlarning lingvistik belgi funksiyasi assimetriyasini inobatga olish asosida takomillashtirilgan;
lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik modeli Scamper texnologiyasi vositasida tilning leksik va frazeologik sathida lingvistik qobiliyatlarni birlikda va ko‘plikda namoyon etish, Scamper texnologiyasi bo‘yicha matnni vaziyatga qarab o‘zgartirish (adaptatsiyalash) hamda o‘quv va kognitiv faoliyat, nutq grammatikasini qamrab olgan darajali topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi tahliliy, tanqidiy sintetik va ijodiy fikrlarning yaxlitligini loyihalash, til me’yorlariga rioya qilish, interfaol va ko‘rgazmali vositalardan foydalanish hamda she’riy matnni yoddan aytish, ifodali o‘qish va syujetda aks etgan nutq tiplariga adekvat munosabat bildirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodi Scamper texnologiyasidagi xususiylikdan umumiylikka va umumiylikdan xususiylikka o‘tishni umumlashtirish, verbal fikrlash, tahlil qilish, qiyoslash, aqliy operatsiyalarni bajarish hamda raqamli va o‘yinli o‘qitish jarayonlarini ongli va ijodiy gradatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning kasbiy faoliyatga aloqador didaktik imkoniyatlarini leksik birliklardan foydalanish, amaliyotga implementatsiya, maqsadli deontologik muomala hamda tilning semiotik xususiyatlari, obektlarning lingvistik belgi funksiyasi assimetriyasini inobatga olish asosida takomillashtirilga oid tavsiyalar “Teaching integrated language skills: Classroom language, classroom investigation, material design, planning for teaching and learning (Teacher’s book)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i, 166-259-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning kasbiy faoliyatga aloqador didaktik imkoniyatlarini kengaytirish imkonini bergan;
lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik modelini Scamper texnologiyasi vositasida tilning leksik va frazeologik sathida lingvistik qobiliyatlarni birlikda va ko‘plikda namoyon etish, Scamper texnologiyasi bo‘yicha matnni vaziyatga qarab o‘zgartirish (adaptatsiyalash) hamda o‘quv va kognitiv faoliyat, nutq grammatikasini qamrab olgan darajali topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Teaching integrating language skills: Classroom language, classroom investigation, material design, planning for teaching and learning (Student’s book)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 166-259-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, maxsus ishlab chiqilgan mashqlar tipologiyasi darsliklar, nazariy va amaliy materiallar talabalarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini tahliliy, tanqidiy sintetik va ijodiy fikrlarning yaxlitligini loyihalash, til me’yorlariga rioya qilish, interfaol va ko‘rgazmali vositalardan foydalanish hamda she’riy matnni yoddan aytish, ifodali o‘qish va syujetda aks etgan nutq tiplariga adekvat munosabat bildirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Teaching integrated language skills: Classroom language, classroom investigation, material design, planning for teaching and learning (Teacher’s book)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i, 166-259-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda elektron resurs, nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini Scamper texnologiyasidagi xususiylikdan umumiylikka va umumiylikdan xususiylikka o‘tishni umumlashtirish, verbal fikrlash, tahlil qilish, qiyoslash, aqliy operatsiyalarni bajarish, matnni transkripsiyalash hamda raqamli va o‘yinli o‘qitish jarayonlarini ongli va ijodiy gradatsiyalash asosida takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalardan “Teaching integrating language skills: Classroom language, classroom investigation, material design, planning for teaching and learning (Student’s book)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, nashr guvohnomasi raqami 302-1281). Natijada, talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodlari takomillashtirilgan.